Turkiy davlatlar tashkiloti davlati asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili




Download 448.19 Kb.
bet3/3
Sana28.05.2023
Hajmi448.19 Kb.
#66346
1   2   3
Bog'liq
Uzbekistan\'s GDP
Qoraqalpog\'iston 1
2.2. Turkiy davlatlar tashkiloti davlati asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yil 3-oktabrda turkiyzabon davlatlar tomonidan tuzilgan tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilotga bugunki kunda 5 ta davlat a’zo hisoblanadi. Bular: Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikasi, Turkiya va O’zbekiston Respublikasi. 2 ta davlat esa kuzatuvchi maqomiga egadir: Vengriya va Turkmaniston . Ushbu maqolada ushbu yetti davlat iqtisodiyoti asosiy ko’rsatkichlari, YaIM va uning o’sish sur’ati, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM qiymati va uning yillik o’sish sur’ati tahrir qilinadi.





Rasm 1. Turkiy davlatlar tashkiloti davlatlar YaIM 2010-yilga nisbatan o’sish sur’ati va o’rtacha yillik o’sish (foizda)


YaIM ning joriy qiymati bo’yicha qiymati bo’yicha Turkiy davlatlar tashkiloti ichida Turkiya yaqqol ustunlikka ega hisoblanadi. O’zbekiston 7 davlat ichida YaIM qiymati bo’yicha 4-o’rinda tursa ham, ammo birgina 2020-yilda YaIM qiymati bo’yicha, yetakchi Turkiyadan 12 barobar past ko’rsatkichga ega bo’lgan. Yuqoridagi diagrammada ushbu davlatlar YaIM ning 2020-yilgi joriy qiymati va harid qobiliyati bo’yicha (PPP) boyicha qiymatlari 2010-yilga nisbatan o’sish sur’atlari hisoblangan. O’zbekiston 2020-yilda YaIM ning joriy qiymati 60 mlrd AQSh dollariga va ushbu qiymat 2010-yilga nisbatan 20% oshgan hisoblanadi,. Eng yuqori o’sish esa Turkmanistonga tegishli bo’lib u deyarli 100%ga o’sgan.


Harid qobiliyati pariteti (PPP) bo’yicha hisoblangan YaIM miqdorini tahlil qiladigan bo’lsak, so’nggi 10 yil ichida Turkiya eng katta o’sishga erishgan mamlakat hisoblanadi. O’zbekiston esa 2010-yilda PPP bo’yicha YaIM qiymati 156 mlrd AQSh dollaridan 2020-yilda 265 mlrd AQSh dollariga erishgan, yoki 2010-yilga nisbatan o’sish 69% ni tashkil etgan.
YaIM ning o’rtacha o’sish darajasi bo’yicha ko’rsatkichlar aks ettirilgan. Unda barcha davlatlarda o’rtacha o’sish darajalari o’rtacha pasayish tendensiyasiga ega ekanligini, Bu yerda yana bir asosiy e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan narsa bu COVID-19, pandemiya davrida deyarli barcha davlatlarda 2018-2020 yillar davomida yuz bergan YaIM qiymatidagi pasayishdir.




2010

2011

2012

2013

2015

2015

2016

2017

2018

2019

2020

O’zbekiston

7,60

7,53

7,10

7,30

6,87

7,22

5,93

4,40

5,35

5,71

1,71

TDT da o’rtacha ko’rsatkich

5,45

6,96

4,09

7,22

5,33

4,24

2,85

4,53

4,18

4,15

-2,76

Jadval 1. YaIM ning o’sish darajasi O’zbekiston va TDT da o’rtacha 2010-2020


O’zbekistonning YaIM o’sish hajmi qiymati Turkiy davlatlar tashkiloti o’rtacha ko’rsatkichidan nisbatan yuqori hisoblanadi. Ayniqsa, pandemiya davrida deyarli barcha davlatlar YaIM o’sish hajmida manfiy ko’rsatkichga erishgan bo’lsa O’zbekiston 1.71 % o’sish qayd etdi. 2010-2020-yillar davomida o’rtacha o’sish ko’rsatkichi esa 6.07 foizni tashkil etdi.



Rasm 2.Turkiy davlatlar tashkiloti davlatlar aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM qimati 2010-yilga nisbatan o’sish sur’ati va o’rtacha yillik o’sish (fozida)


Aholi jon boshga YaIM mos keluvchi YaIM miqdorida yuqori o’rinlarda Vengriya, Qozog’iston va Turkiya yetakchi hisoblanadi. O’zbekistonning ko’rsatkichlari past hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich 2010-yilda 1742 AQSh dollar bo’lgan bo’lsa, 2020-yilda kelib 1751 AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston o’zining eng yuqori ko’rsatkichiga esa 2014-yilda (2628 AQSh dollari) erishgan hisoblanadi. O’zbekistondan oldinda turuvchi Ozarbayjondan farqi birgina 2020-yilda 2500 dollar atrofida, yetakchi Vengriya bilan farq esa 142229 dollarni tashkil etgan.




2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

TDT O'rtacha

7367

8543

8753

9448

9400

7882

7184

7740

8118

8244

7807

O’zbekiston

1742

2051

2268

2420

2628

2754

2705

1917

1597

1784

1751

Jadval 2. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM miqdori 2010-2020 yillar (AQSh dollarida)
Quyidagi jadvalda (Jadval 2) esa TDT davlatlarida o’rtacha aholi jon boshiga mos keluvchi YaIM miqdori va O’zbekiston ko’rsatkichlari o’zaro taqqoslangan. O’zbekiston ushbu ko’rsatkich bo’yicha Turkiy davlatlar tashkilotidan o’rtacha 4marta kichik hisoblanadi.
Turkiy davlatlar tashkilotida yetakchilar Turkiya, Vengriya va Qozog’iston hisoblanadi. Yetakchi davlatlar va qolgan davlatlar orasidagi farqlar juda katta hisoblanadi.

Xulosa
Ushbu amaliyot davri uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tanlandi. Markaz 03.10.2019 yildagi Prezident qaroriga asosan qayta tashkil etilgan hisoblanadi. Markaz bugunki kunda bir nechta yo’nalishlarda ish olib boradi va bir nechta vazifalar yuklangan hisoblanadi. Ammo umumlashitirilgan holda, markaz iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning har birida amaliy-tahliliy ish olib borish,ushbu sohadagi muammolarni hal etishda turli yechimlarni izlab topish, xorij tajribasini o’rganish va tadqiq etish, so’nggi ilmiy yangiliklarni joriy etish, turli sohalar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun strategiyalar, dasturlarni ishlab chiqish, alohida O’zbekiston mintaqalarni iqtisodiy holatini tahlil etish va ularni rivojlantirish uchun dasturlar ishlab chiqish, iqtisodiy sohalar uchun keladigan takliflar va murojaatlarni o’rganish va tahlil etish va so’ngida ushbu ishlar yuzasidan tahlilarni, yangiliklarni xalqimizga taqdim etishdir. Hozirda markazning Respublikmizning 6 ta viloyatida hududiy bo’linmalari mavjud. Amaliyot davomida turli bo’limlar faoliyati o’rganildi, amaliyotchi uchun mustaqil tadqiqot mavzulari topshirildi. Amaliyot davomida quyida mavzularda tadqiqot o’tkazildi. Hozirda ushbu markaz “Global Go To Think Tank Index Report 2019” reytingini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 63 tadqiqot va tahlil instituti orasida 10-o‘rinni egallagan. 
Amaliyot jarayonida biz jamoa bo’lib bir nechta loyihalar ustida ishladik. Men jamoa tarkibida yuqoridagi 2 ta loyiha bo’yicha ishtirok etdim.
1. Ma`lumki ancha yillardan beri O’zbekiston Respublikasi JST(Jahon Savdo Tashkiloti) ga kirish bo’yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu jarayonda kirish shartlarini belgilashda mamlakatimizga maksimal foydali bo’ladigan shartlarni tanlash eng muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli JST ga a`zo bo’lgan davlatlar tajribasini o’rganish juda muhim hisoblanadi. Amaliyot jarayonida Jahon savdo tashkilotining Dengizga chiqish imkoniyati yo'q mamlakatlar uchun bergan xalaqro savdoni oshirish hisoboti o’rganib chiqlidi. O’rganish jarayonida mamlakatimiz uchun berilgan savdo takliflari va xulosalari ko’rib chiqlib tadbiq qilish kerak bo’lgan loyihalar belgilandi. Berilgan xulosalardan yordamida mamlakatimiz tashqi savdosini rivojlantirish uchun strategiya ishlab chiqish mumkin. Shuningdek parallel ravishda qo’shni Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning JST ga a`zo bo’lish tajribasi, qanday shartlar asosida a`zo bo’lgani hamda bu mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta`sir qilgani bo’yicha ma`lumotlar ko’rib chiqildi.
3.Turkiy davlatlar tashkiloti davlati asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili
Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yil 3-oktabrda turkiyzabon davlatlar tomonidan tuzilgan tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilotga bugunki kunda 5 ta davlat a’zo hisoblanadi. Bular: Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikasi, Turkiya va O’zbekiston Respublikasi. 2 ta davlat esa kuzatuvchi maqomiga egadir: Vengriya va Turkmaniston . Ushbu maqolada ushbu yetti davlat iqtisodiyoti asosiy ko’rsatkichlari, YaIM va uning o’sish sur’ati, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM qiymati va uning yillik o’sish sur’ati tahrir qilindi. Barcha ma’lumotlar bazasi jahon banki(world bank) guruhi ma’lumotlari yordamida shakllantirildi. Xulosalar o’rnida shuni ta’kidlash kerakki ushbu tashkilotda Turkiya Respublikasi yaqqol ustunlikka ega hisoblanadi. Bundan tashqari Vengriya va Qozog’iston ko’rsatkichlarini ham alohida ta’kidlash zarurdir. Ushbu tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar ichidagi eng e’tiborga sazovor ma’lumot bu yetakchi mamlakatlar va ko’rsatkichlari bo’yicha pastroqda turgan davlatlar orasidagi farq. Masalan birgina 2020-yilda Turkiya va O’zbekiston YaIM I orasidagi farq 17 barobarni, yetakchilar Vengriya va Turkiya orasidagi farq esa 4 barobarni tashkil etgan. YaIM yillik o’sish sur’ati bo’yicha esa boshqa davlatlar ichida O’zbekiston eng yaxshi ko’rsatkichga ega hisoblanadi. Ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davrida deyarli barcha mamlakatlar YaIM o’sish hajmida manfiy ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa birgina O’zbekiston 1.7 foiz ko’rsatkich bilan o’sishga erishdi. Bu yerda aholi soni bo’yicha esa ushbu davlatlar ichida Turkiya 84 million va O’zbekiston 34 million bilan yetakchidir. Qolgan davlatlar aholisi esa 20 millionga ham yetmasligini ta’kidlash zarur.Aholi jon boshiga YaIM ko’rsatkichlari bo’yicha esa, Vengriya, Qozog’iston va Turkiya yetakchiligini takidlash lozim. Yetakchi Vengriyada 2020-yilda aholi jon boshiga YaIMda ko’rsatkichi 16 ming dollarga yetganligi, Qozog’istonda esa 9 ming va Turkiyada esa 8.5 ming dollar atrofida bo’lganligini keltirish mumkin.
Download 448.19 Kb.
1   2   3




Download 448.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turkiy davlatlar tashkiloti davlati asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili

Download 448.19 Kb.