• Amaliyot rahbari: Shayzakov Bekzod. Toshkent 2022
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
  • Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo
  • Iqtisodiyot fakulteti




    Download 448.19 Kb.
    bet1/3
    Sana28.05.2023
    Hajmi448.19 Kb.
    #66346
      1   2   3
    Bog'liq
    Uzbekistan\'s GDP
    Qoraqalpog\'iston 1

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
    MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT FAKULTETI
    MINTAQAVIY IQTISODIYOT YOʻNALISHI


    AMALIYOT HISOBOTI

    BAJARDI: RU-19 guruhi talabasi
    Egambergenov Asadbek
    Amaliyot rahbari: Shayzakov Bekzod.


    Toshkent 2022
    Mundarija:

    1. Kirish: Markaz faoliyati bilan tanishuv:………………………………3

    2. Amaliyot davomida bajarilgan ishlar:

    2.1. Dengizga chiqish imkoniyati yo'q rivojlanayotgan mamlakatlar tahlilini o’rganish..……………..7
    2.2. Turkiy davlatlar tashkiloti davlati asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili ………………………………15
    3. Xulosa:……………………………………………………………….. 19


    Kirish
    Mamlakatimizda uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jiddiy tizimli muammolarni hal etish, aholining munosib hayot kechirishini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va ijtimoiy soha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatida ishonib topshirilgan tarmoq yoki sohani uzoq muddatli rivojlantirish to‘g‘risida tasavvur mavjud emas, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘zga tashlanmayapti. Bundan tashqari, tayyorlanayotgan hujjatlar loyihalarini sifatli va har tomonlama ekspert-tahliliy o‘rganishni ta’minlashga, ularning ehtimoliy oqibatlarini baholashga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
    Ayrim vazirliklar va idoralarning faoliyatida aholi va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha ehtiyojlarini hisobga olmagan holda idoraviy va sohaviy manfaatlarni ilgari surishda namoyon bo‘layotgan eskicha yondashuvlar saqlanib qolinmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning rolini oshirish maqsadida, 03.10.2019 yildagi Prezident qaroriga asosan:
    Iqtisodiy tadqiqotlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etilgan.
    Bundan tashqari quyidagilar Markazning vazifasi etib belgilangan:

    • chuqur o‘rganilgan, shu jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan amaliyotlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishlari, xususan, iqtisodiyot, moliya, tadbirkorlik va ijtimoiy sohada boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

    • iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muhim tizimli muammolarni global va mintaqaviy xavf-xatarlar ta’sirini hisobga olgan holda hal qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini joriy etish;

    • davlat organlari va tashkilotlarining resurslari va mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini hal qilish yoki ustuvor strategik vazifalarni amalga oshirishning eng maqbul yo‘llarini topish uchun samarali safarbar etish, birlashtirish va ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish;

    • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiy modellashtirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash orqali ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat chora-tadbirlarining ssenariylari va natijalarini tahlil qilish;

    • hududlarni kompleks rivojlantirish masalalarini o‘rganish, respublika mintaqalarining raqobatdagi ustunligi, shuningdek, mavjud salohiyati, resurslari va zaxiralaridan samarali foydalanishdan kelib chiqqan holda ularni rivojlantirish va ixtisoslashtirishga strategik yondashuvlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    • ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan tashabbuslar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga ta’sirini baholashni tashkil etish, ularni tuzatish bo‘yicha takliflar berish;

    • iqtisodiyotga nisbatan boshqaruv yukini maqbullashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

    • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasiga ekspert, axborot-tahliliy va boshqa texnik yordam materiallarini umumlashtirish va ularni samarali amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni isloh qilish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;

    • mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ommaviy axborot vositalari, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda ochiq muhokama qilishni tashkil etish;

    • ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy ilmiy markazlar va ekspertlar bilan hamkorlik qilish va ushbu sohadagi davlat siyosatining samarali chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar kiritish.

    Bundan tashqari prezidentimizning “Ijtimoiy-Iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifat va rolini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi” nomli13.08.2021 yildagi 5223-sonli qarorlariga binonan :

    • hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish;

    • joylarda mavjud resurslar bazasini o‘rganish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda tumanlar kesimida aholi orasida so‘rovlar o‘tkazib borish;

    • O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi jarayonlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganib borish hamda mazkur yo‘nalishlarda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni vakolatli idoralarga taqdim etib borish;

    • sanoatda klasterlar faoliyatini rivojlantirib borish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish orqali ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqib, vakolatli idoralarga taqdim etib borish;

    • zamonaviy axborot texnologiyalari va idoralararo integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlariga dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan biznes tahlillarni taqdim etib borish;

    • O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazib borish.

    Hozirda Markazning Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida hududiy bo’limlari mavjud.

    Rasm 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tuzilmasi



    Download 448.19 Kb.
      1   2   3




    Download 448.19 Kb.