Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar va uning turlari




Download 64,91 Kb.
bet2/10
Sana15.02.2024
Hajmi64,91 Kb.
#157399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan-fayllar.org

1. Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar va uning turlari.

Ishsizlik — mehnat bozorida talabga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi.
Ishsizlik jamiyatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotiga ta'sir ko'rsatadigan va mamlakat iqtisodiyotiga ham, iqtisodiy jarayonning barcha ishtirokchilariga ham ta'sir ko'rsatadigan jiddiy va keng ko'lamli hodisadir.
O‘zi qanday odam ishsiz sanaladi? Ishsizlik — ishlash layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning ish topa olmasligi. Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma'lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ya'ni bu yerda illatli doira paydo bo‘ladi: ishsizlar ko‘payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko‘payadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi bo‘lmasa.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan holati tushuniladi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta`rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda — ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e`tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta`minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e`tirof etiladi.
Ma’lumot uchun mamlakatimizda 2021-yilda ish so‘rab mehnat organlarga murojat qilganlar soni 552640 nafar, shulardan ishga joylashtirilganlar 183498, kasbga o‘rgatilganlar 78546, jamoat ishlariga jalb etilgalar 128634, ishsiz deb e’tirof

Ishsizlik mamlakat uchun milliy mahsulot va milliy daromadning yo'qolishiga olib keladi. Agar iqtisodiyot ishlamoqchi va ishlashni istagan har bir kishiga yetarli ish o'rinlarini yarata olmasa, potentsial tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish butunlay yo'qoladi. Mahsulotlar ishlab chiqarilmaganda ishsizlikning iqtisodiy xarajatlari namoyon bo'ladi. Yalpi milliy mahsulotning (YaMM) haqiqiy hajmi va yaratilishi mumkin bo'lgan, ammo ishlab chiqarilmagan potentsial o'rtasidagi farq odatda Yalpi ichki mahsulot hajmining orqada qolishi deb nomlanadi.


Fuqaroning ish bilan band bo`lmasligining asosiy ikkita sababi bo`lishi mumkun: o`z hohishiga ko`ra va majburiy(noiloj) band bo`lmaslikdir.
Ishsizlikning kelib chiqishida quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi.
  • Davomiyligi(uzoq yoki qisqa muddatli)


  • Insonning mehnat qilishga munosabati (ixtiyoriy majbutiy)


  • Faydo bo`lish xususiyatiga ko`ra (tarkibiy, siklik, friksion, davriy)


  • Tarqalish joyi (mintaqaviy, milliy)


  • Namoyon bo`lish xususiyati (ochiq, yopiq)




Download 64,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 64,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar va uning turlari

Download 64,91 Kb.