• AQSH
  • Xitoy
  • Rossiya
  • Fransiya
  • Germaniya
  • Buyuk Britaniya
  • Hindiston
  • Yaponiya
  • Qozog‘iston
  • O‘zbekiston
  • Global ishsizlik ko’rsatkichlari va uning kelib chiqish sabablari




    Download 64,91 Kb.
    bet5/10
    Sana15.02.2024
    Hajmi64,91 Kb.
    #157399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan-fayllar.org

    2.Global ishsizlik ko’rsatkichlari va uning kelib chiqish sabablari.
    Koronavirus pandemiyasi dunyoda millionlab odamlarning ishsiz qolishiga sababchi bo‘lmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ish soatlarining qisqarishi oqibatida jahonning turli mamlakatlarida norasmiy iqtisodda faoliyat yuritadigan 1,6 mlrd ishchi daromadsiz qolish xavf ostida. Ta’kidlanicha, 2020 yilning ikkinchi choragi mehnat bozori uchun kutilganidan ko‘ra ayanchliroq kelishi, ushbu davrda 300 mlndan ortiq ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin.

    2020 yilning ikkinchi choragida barcha mintaqalarda ish soatlarining keskin qisqarishi kutilmoqda. Yevropa va Markaziy Osiyoda birinchi chorakda ish soatlari 3 foizga, ikkinchi chorakda esa deyarli 13 foizga qisqarishi mumkin.


    «Gazeta.uz» jahon mamlakatlarida ishsizlik bo‘yicha holat qanday ekani va davlatlar bu bo‘yicha qanday choralar qo‘rayotganini o‘rganib chiqdi.

    AQSH

    Koronavirus oqibatida AQSHda ishsizlar soni 40 mln kishiga yaqinlashib qoldi, ishsizlik bo‘yicha ariza topshirganlar soni 39 mln dan ortgan. Bu ko‘rsatkichlar «Buyuk tushkunlik» davriga qaraganda ancha yuqori.


    G‘aznachilik kotibi Stiven Mnuchin AQSH uchun joriy yilning ikkinchi choragi birinchi choragidan ham qiyinroq bo‘lishini kutish kerakligini aytgan edi. «Bu iqtisodiy inqiroz Amerika biznesining aybi emas, bu amerikalik ishchilarning aybi ham emas va bu virusning aybidir», — dedi Mnuchin.
    Mamlakat aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollardan olishdi. Shuningdek, har bir yosh bola uchun (17 yoshdan kichik bo‘lgan) qo‘shimcha 500 dollar berildi.

    Xitoy

    Xitoy hukumati haprel oyida ishsizlik 6 foizga teng bo‘lganini e’lon qilgan edi. Economist Intelligence Unit va Societe Generale mutaxassislari ushbu ko‘rsatkich 10 foizga yaqin ekanligini taxmin qilishmoqda.


    Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi brokerlik kompaniyasi tahlilchilari tomonidan 24 aprelda e’lon qilingan hisobotda mamlakatdagi ishsizlik 20 foiz atrofida ekani, 70 mln kishi ishini yo‘qotgani aytilgan. Lekin keyinchalik ushbu hisobot kompaniya saytidan olib tashlangan.
    Yanvar va fevral oylarida 2,3 mln kishi ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini olishgan, deyiladi Inson resurlari va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlarida. Shu vaqtning o‘zida, 5 mlnga yaqin ishchilar o‘z ishlaridan ayrilishgan, deya ta’kidlaydi mutaxassis Den Vang.

    Rossiya

    Aprel oyida Rossiya Federatsiyasida 800 mingdan ortiq kishi ishsiz bo‘lib qolgan, umumiy ishsizlar soni 4,3 mln kishiga yetgan. Mehnat vazirligi tahlillariga ko‘ra, pandemiya tugashiga qadar mamlakatdagi ishsizlar soni 6 mln kishiga yetishi mumkin.


    Koronavirus pandemiyasi ortidan aprel oyi Rossiyada ishlanmaydigan oy deb e’lon qilingan edi. Pandemiya inqirozi sababli ishsiz qolgan aholini qo‘llab-quvvatlash uchun ishsizlik bo‘yicha nafaqaning maksimal miqdorini eng kichik ish haqi darajasigacha ko‘tardi (12 ming rubl atrofida). Moskva shahri va Moskva viloyatida nafaqa miqdori nisbatan yuqoriroq qilib belgilangan (19,5 va 15,5 ming rubl).
    Oqibatda, aprel oyida Aholi bandligi xizmatida rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,3 mln kishiga yetgan. Mart oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 80 foizga oshgan, ya’ni 727 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan. 1,1 mln nafar kishi nafaqa olgan. Mamlakat mehnat vazirligi tahlillariga ko‘ra, rasman ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar soni 2,5 mln kishiga yetishi mumkin.

    Fransiya

    Fransiyada xususiy sektordagi 10,2 mln ishchi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu xususiy sektordagi har ikkinchi ishchi degani.


    Mamlakatning mehnat vaziri Myurel Penikoning aytishicha, mehmonxona, restoranlar hamda qurilish sohasidagi deyarli 90 foiz ishchilar ishsiz qolishgan. 60 foiz kompaniyalar faoliyati to‘xtab qolgan.
    Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan «qisman bandlik» dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ishchilarning oyligi o‘rniga davlat tomonidan belgilangan pul mablag‘i to‘lanadi. U amaldagi ishchi oyligining 84 foiziga teng bo‘ladi. «Barcha vaziyatlarda, barcha ishchilarga soatiga kamida 8,03 yevro to‘lanadi», — deya ta’kidladi Peniko.

    Germaniya

    Aprel oyida Germaniyada ishsizlar soni 373 ming nafarga oshib, ishsizlik ko‘rsatkichlari 5,8 foizga teng bo‘ldi. Mart oyida bu ko‘rsatkich 5 foiz atrofida edi.


    Ishchilar va ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hukumat Kurzarbeit dasturini ishga tushirdi. Aprel oyi oxiriga kelib ushbu dastur bo‘yicha 10 mln dan ortiq odamlar ko‘mak olishmoqda. Bu mamlakat ishchilarining 20 foizidan sal ko‘proq qismidir.
    Dasturga ko‘ra, ish soatlari kamida 10 foizga qisqaradi, kompaniyalarga oylik maoshlarni to‘lash uchun qisman subsidiyalar beriladi, ishchilar oylik maoshlarining 60−70 foizini olishadi va kompaniyalarga boshqa imtiyozlar beriladi.

    Buyuk Britaniya

    KPMG tahlillariga ko‘ra, karantin davomida Britaniyada ishsizlik darajasi 9 foizga yaqinlashishi mumkin. Hozirda bu ko‘rsatkich 4 foiz atrofida.


    Aprel oyi natijalariga ko‘ra, Britaniyada ishsizlik bo‘yicha imtiyoz so‘rab murojaat qilganlar soni 2,1 mln kishiga yetgan. Bir oy davomida ushbu imtiyozlarni olishga ariza topshirganlar soni deyarli 70 foizga o‘sgan, ya’ni aprel oyida 865 500 kishi ushbu masala bo‘yicha murojaat qilgan.
    Hukumat tomonidan vaqtida qo‘llangan choralar 8 mln kishining ishini saqlab qoldi. 1 mln atrofidagi kompaniyalarda hukumat ishchilar oylik maoshining 80 foizini to‘lab bermoqda.
    Lekin, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 4,7 mln o‘zini o‘zi band qilgan ishchilar ushbu yordamga murojaat qila olishmaydi. Bu sohadagi ishchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur faqat iyun oyidan ishga tushadi. Ushbu dasturlar norasmiy iqtisod sektorlarida ishlayotganlarni hisobga olmaydi, chunki barcha ishtirok etuvchilar soliq organlarida ro‘yxatga olingan bo‘lishlari kerak.

    Hindiston

    Butun mamlakat hududi bo‘ylab kiritilgan karantin choralari sababli, Hindistonda 120 mlndan ortiq kishi ishsiz qolgan. Ulardan ko‘pi kichik savdogarlar va kunlik mehnat qiladigan ishchilardir.


    Ma’lumotlarga ko‘ra, Mart oyida 8,7 foizga teng bo‘lgan ishsizlik ko‘rsatkichi aprel oyida 23,5 foizgacha ko‘tarilib ketgan. 3 may holatiga ko‘ra esa, bu ko‘rsatkich 27,1 foizga teng bo‘lgan.

    Yaponiya

    Yaponiyada ishsizlik ko‘rsatkichlari ko‘plab mamlakatlarga nisbatan sekin oshmoqda. Mart oyida bu ko‘rsatkich 2,5 foizga teng edi, umumiy ishsizlar soni 1,76 mln atrofida. 2019 yil shu vaqtdagiga nisbatan ishsizlar soni 20 ming nafarga ko‘paygan.


    Biroq asosiy muammo ish bo‘yicha vakansiyalar ochilishi so‘nggi uch yil ichida eng past ko‘rsatkichda bo‘lib turibdi.

    Qozog‘iston

    Qozog‘istonda ikki oydan beri amal qilayotgan favqulodda holat davomida rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 50 ming nafarga ortib, umumiy 170 ming kishini tashkil etmoqda.


    Aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hukumat 4,6 mln kishiga 42,5 ming tenge (100 dollardan) miqdoridagi bir marotabalik to‘lov o‘tkazib bergan edi. Ulardan 2,9 mln nafariga ushbu to‘lovlar ikkinchi oyga ham uzaytirildi. To‘lov olish bo‘yicha 8 mln kishi ariza topshirgan bo‘lsa, 3 mln kishiga rad javobi berilgan.

    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil qildi.


    Hisobotga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida, 9,7 foiz bilan Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan. Ishsizlik bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (7,8 foiz) aniqlangan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida ham 9,4 foizni tashkil etgan edi.
    Mamlakatda aholini qo‘llab-quuvatlash uchun turli xil choralar e’lon qilindi. O‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilindi. Karantin davrida 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlandi, ularning soni hozirda 600 ming kishini tashkil etmoqda.
    Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ijtimoiy sohaga jami 294 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Bunda, 60 mlrd so‘m kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga; 100 mlrd so‘m band bo‘lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasiga; 70 mlrd so‘m ijtimoiy nafaqalarga; 50 mlrd so‘m shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun ishsiz, kam ta’minlangan, oilalarga; 11 mlrd so‘m «Toshkent metrooliteni» va «Toshshahartransxizmat» xodimlariga ish haqi to‘lash uchun, 2 mlrd so‘m «O‘zavtotransservis» va «Toshshahartransxizmat» transport xarajatlarini qoplashga va 1 mlrd so‘m gumanitar yordamni olib kelishi bilan bog‘liq Mudofaa vazirligi xarajatlari uchun ajratilgan.
    Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo’lib, u mеhnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mеhnatga bo’lgan taklif va talablarni qondirish yo’llarini ochib bеradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qayеrdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mеhnatda qatnashish yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mеhnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mеhnatda qatnashishini ko’rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichdir. Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponеntlar bilan chеklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bеvosita yuzaga kеlgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy xususiyati hisoblanadi. Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo’lar ekan, uni quyidagicha ta’riflash mumkin.
    Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kеlmaydigan o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq, ularga ish haqi yoki mеhnat daromadi kеltiradigan faoliyatdir. Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modеli mos kеladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib bеradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talabehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum etadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko’rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bеrgan bo’lsalar, kеyingi paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to’g’risida tobora ko’proq gapirilayotganligi bеjiz emas. Aholining ish bilan bandlik kontsеptsiyasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib bеradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo’lgan ob’еktiv jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qo’yiladi. Bu o’z navbatida muayyan davr mobaynidagi qo’yilgan maqsadlarga erishishning rеal imkoniyatlari bilan chеklanmaydi. Ish bilan bandlik ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos turli ko’rinish va shakllarda namoyon bo’ladigan o’ziga xos hodisadir. Ibtidoiy jamoa tuzumi jamiyat a’zolarining ish bilan to’liq bandligiga asoslangan edi. Uning boisi ishlab chiqaruvchi kuchlarning past darajada rivojlanganligida edi. Quldorlik va fеodal formatsiyalar asosan qullar va krеpostnoylarning ish bilan majburiy bandligiga asoslangan bo’lib, quldorlar va krеpostnoylar ishlamasdan hayot kеchirar edilar. Doirasida inson huquqiy jihatdan erkin bo’lgan va yollanma xodim sifatida namoyon bo’ladigan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan kapitalistik tuzumda ish bilan band bo’lmagan aholi mavjud bo’lishi muqarrardir. Bunday ish bilan band bo’lmaslik tabiiy va noiloj ishsizlik shaklida bo’ladi. Sotsializm sharoitida 21 to’liq («yalpi») ish bilan bandlik e’lon qilingan bo’lib, bu esa kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga majburligi bilan mustahkamlangan edi. Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan xodimlar, o’quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o’zini o’zi mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan fuqarolar kiritilgan.
    Aholining ish bilan bandlari: a) pul bilan to’lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdеk o’z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar; b) kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bеmorlarga qarab turuvchilar; yillik mеhnat ta’tili yoki dam olish kunlarida, o’z ish joyidan tashqarida ta’lim olganlar; ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan holda mеhnat ta’tilida bo’lgan va boshqa shunga o’xshash sabablar bilan vaqtincha ishda bo’lmaganlar; v) oilaviy yoki xususiy kichik korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslardan tashkil topadi. Ish bilan band bo’lgan aholiga ikki guruh fuqarolar kiradi: 1. Ko’ngilli ravishda ish bilan band bo’lmagan, er-xotindan birining, ota-onasi va boshqalarning mablag’lari hisobiga yashaydigan fuqarolar. 2. Noilojlikdan ish bilan band bo’lmagan xodimlar kiradi. Ular, o’z navbatida: a) mustaqil ravishda ish qidirayotganlar; b) ish bilan band etishga ko’maklashuvchi Markazlar yordamida ish qidirayotgan va rasmiy maqomga ega bo’lgan holda ishsizlik yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o’z ichiga oladi.


    Download 64,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 64,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Global ishsizlik ko’rsatkichlari va uning kelib chiqish sabablari

    Download 64,91 Kb.