|
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan bajargan esse mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda mulkchilik shakllarini o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganish, shu bilan birgalikda, mulkchilik munosabatlariga xos bo`lgan muammoli topshiriqni misol keltirish
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 23,3 Kb. | | #252370 |
Bog'liq Esse O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD Al- XORAZMIIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan bajargan
ESSE
Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda mulkchilik shakllarini o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganish, shu bilan birgalikda, mulkchilik munosabatlariga xos bo`lgan muammoli topshiriqni misol keltirish.
Bajardi: Aminjonov Boburbek
Tekshirdi: Rustamovich G’ulom
Toshkent-2024
Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda mulkchilik shakllarini o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganish, shu bilan birgalikda, mulkchilik munosabatlariga xos bo`lgan muammoli topshiriqni misol keltirish.
1.Kirish.
Iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Usbu mavzuda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulkchilik shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari, hamda 2017-2021 yillarda davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish, xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi.
2.Asosiy qism.
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
-sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv;
- texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish iqtisodiy munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar-bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliyiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi.
Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi.
Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shularning yig‘indisi jamiyatning asosini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol ro‘l o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida ro‘li bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya Ishlab chiqarish usuli Asos Ishlab chiqarish munosabatlari Ishlab chiqarish vositalari Mulkchilik, ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol va boshqa munosabatlar Siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy Ishlab chiqaruvchi kuchlar Ishchi kuchi Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. «Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt-ikki asr oldin kiritilgan bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
isoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. Ular o‘rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperatsiya-bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
- ko‘plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning yo‘qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;
- bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
- birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi. Manufaktura-bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qo‘l mehnatiga va qo‘l mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.
Xulosa
Men bu esse yozish jarayonida zamonaviy iqtisodiyotda mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan birgalikda, mulkchilik munosabatlariga xos bo‘lgan muammolarni ham tahlil qildim. Mulkchilik shakllari, ya'ni davlat, xususiy, jamoa va aralash mulkchilik, har birining o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari mavjud.
Davlat mulkchiligi asosan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda, masalan, mudofaa, energetika va transport infratuzilmasida ustunlik qiladi. Bunday mulkchilik shakli barqarorlikni ta'minlasa-da, ko‘pincha samarasizlik va byurokratik to‘siqlar bilan yuzma-yuz keladi. Xususiy mulkchilik esa bozor mexanizmlarining samarali ishlashiga turtki bo‘ladi, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va raqobatni oshiradi. Ammo, bu shakl ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirishi va monopoliyalar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Jamoa mulkchiligi ko‘proq qishloq xo‘jaligi va kooperativlarda uchraydi. Ushbu shakl jamoa manfaati uchun ishlaydi, lekin boshqaruvda ziddiyatlar va samaradorlik masalalari paydo bo‘lishi mumkin. Aralash mulkchilik esa davlat va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini o‘z ichiga oladi, bu esa umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga yordam beradi.
Mulkchilik munosabatlaridagi muammolarni o‘rganishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni ko‘rib chiqish muhimdir. Masalan, davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan sohalarda xususiy sektorning erkin ishlay olmasligi, investorlarning qiziqishini pasaytiradi. Shu bilan birga, xususiylashtirish jarayonida mulklarning adolatsiz taqsimlanishi jamiyatda noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu sababli, mulkchilik shakllarini mukammal tarzda boshqarish va ulardagi muammolarni yechish uchun davlatning roli va bozor mexanizmlarini muvozanatda saqlash juda muhimdir. Umuman olganda, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta'minlash uchun mulkchilik munosabatlarini kompleks tarzda boshqarish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 01.01.2020.
2. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni. 29.06.2018. https://xs.uz/uz/post/
3. Xorijiy davlatlar soliq tizimi. http://portal.guldu.uz/download-edfiles-7179.doc
4. Soliq maʼmuriyatchiligini tashkil etishning ilgʻor xorij tajribasidan mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishda foydalanish istiqbollari.https://cyberleninka.ru/article/n/
5. https://lex.uz/docs/-4674902
6. https://soliq.uz/page/
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan bajargan esse mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda mulkchilik shakllarini o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganish, shu bilan birgalikda, mulkchilik munosabatlariga xos bo`lgan muammoli topshiriqni misol keltirish
|