|
-rasm. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar12. Jadval talaba tomonidan tayyorlandi
|
bet | 4/9 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 106,33 Kb. | | #135388 |
Bog'liq IQTISIDIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHIDA TURLI XIL OQIMLARNING RO\'LI12-rasm. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar12. Jadval talaba tomonidan tayyorlandi.
Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlaming, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan, tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik, iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni bevosita savdo jarayonida mahsulot yaratilmasligi, faqat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda (tashish, qadoqlash, saralash, saqlash) qiymatning ko’payishi ma’lum bo’lib qoldi. Ulaming fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g'oyani olg’a surdilar. Ulaming vakili bo'lgan F. Kene mashhur Iqtisodiy jadval asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Bu asarda F. Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro’y beradi, tovarlaming qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. U qo’shimcha qiymat dehqonlaming qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi13.
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K. Menger, F. Vizer, Bem-Baverk va b.) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan bin A. Marshall bo’lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog’lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri keynschilik maktabidir. 1936-yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi14.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar12. Jadval talaba tomonidan tayyorlandi
|