Iqtisodiyot universiteti Soliq va soliqa tortish yo`nalishi 4-kurs talabasi Rasulova Dildoraning Audit fanidan tayyorlagan Taqdimoti




Download 1,3 Mb.
bet1/3
Sana14.05.2024
Hajmi1,3 Mb.
#231456
  1   2   3
Bog'liq
Audit ishining sifatini nazorat qilish

Iqtisodiyot universiteti Soliq va soliqa tortish yo`nalishi 4-kurs talabasi Rasulova Dildoraning Audit fanidan tayyorlagan Taqdimoti.


Fan o`qituvchisi: Sherimbetov Inomjon.

Mavzu: Audit ishining sifatini nazorat qilish.

  • Reja:
  • Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.
  • Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.
  • Tashqi nazorat.

Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o’tkazish va professional xizmat ko’rsatish chogida audit standartlari va O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun qo’llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar tizimidan iborat.
Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish printsiplari va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur.
Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, jo-riy va keyingi nazorati ta’minlashi lozim.
Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish va litsenziyalash bosqichmda bajariladi.
Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish.
Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning yetarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.
Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obektivlik, musta-qillik, professionallik, kompetentlilik) auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligiga; sifat standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazoratga; sifatni nazorat q-ilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishiga asoslanadi.
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy auditorning assistentlar ishlari ustidan nazorati, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, va boshqalar.
Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, auditning tashkiliy-ahloqiy printsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining bosh-qa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.

Download 1,3 Mb.
  1   2   3




Download 1,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyot universiteti Soliq va soliqa tortish yo`nalishi 4-kurs talabasi Rasulova Dildoraning Audit fanidan tayyorlagan Taqdimoti

Download 1,3 Mb.