• E`tiboringiz uchun rahmat!
  • Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi




    Download 1,3 Mb.
    bet3/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #231456
    1   2   3
    Bog'liq
    Audit ishining sifatini nazorat qilish

    Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi:
    Mustaqillik. Qoida va amallar barcha pog’onalar xizmatchilarining mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o’z mijozlarining ro’yxatini tarqati-shi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’grisidagi arizani imzolashlarini talab qilishi mumkin.
    Xizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni oldindan, o’z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib rejalashtirishi kerak.
    Konsultatsiyalar. Qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari texnik masalalar bo’yicha bilimdon va obro’li kishilardan yordam olishga intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin.
    Nazorat.Qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda o’rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat amallarini o’rnatishi uchun javobgarligi, audit o’tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo’yicha muayyan majburiyatlarni, bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga taqdim qilishi mumkin.
    Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni o’rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo’yicha bilim darajasi yaxshi, o’rtacha yoki o’rtacha bo’lgan kollej bitiruvchisi yuritishi mumkin).
    Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining xizmatchilari o’z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun yetarli bilimlarga egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o’z malakasini oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko’rsatish uchun sharoitlar yaratishi mumkin.
    Xulosa
    Auditorning kasb etikasi bugungi kunda “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi qonunning 4-moddasida auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida quyidagicha yoritilgan:
    Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir
    Auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan xoli bo’lishi va o’zining obro’sini tushiradigan faktlarga yo’l qo’ymasligi kerak.
    Auditorlik tashkiloti mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, auditorlik xizmatlari ko’rsatishni rad etishi kerak.
    Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg’araz bo’lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to’qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o’zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro’siga salbiy ta’sir ko’rsatadigan holatlarga yo’l qo’ymasligi kerak.
    Auditor ushbu Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega bo’lishi hamda kasbiy bilim va ko’nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlari ko’rsatish uchun yetarli bo’lgan darajada saqlab turishi kerak.
    Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko’rsatish jarayonida o’zlariga ma’lum bo’lib qolgan ma’lumotlarni o’ziga auditorlik xizmatlari ko’rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o’zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

    E`tiboringiz uchun rahmat!


    Download 1,3 Mb.
    1   2   3




    Download 1,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi

    Download 1,3 Mb.