• Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyi-dagilar vositasida amalga oshiriladi
  • Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega: Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.
  • Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi




    Download 1,3 Mb.
    bet2/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #231456
    1   2   3
    Bog'liq
    Audit ishining sifatini nazorat qilish

    Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.
    Asosiy auditor audit o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilib va yo’naltirib turishi lozim.
    Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi.
    Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq javobgardir.
    YOrdamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari lozim bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.
    Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati
    Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyi-dagilar vositasida amalga oshiriladi:
    • Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturi- ning asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
    • Tashkiliy-axloqiy auditorlik printsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga professional xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini yo’lga qo’ygan) auditor, yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi;

    • Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan o’tkazish.

    Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega:
    • Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.
    • Sifatni umumiy nazorat qilish.

    Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi:
    Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi.
    Nazorat.
    Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda (adekvat) ish tutish uchun xo’jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng muammoli masalalarini bilish.
    Tekshirish.
    Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning yetarliligi va auditorlik tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish

    Download 1,3 Mb.
    1   2   3




    Download 1,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi

    Download 1,3 Mb.