6
bermaydigan shakllarini ishlatish ta‟qiqlanadi. Hozirgi davrda korxonalar o„z
buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng
foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlami hamma standartlar
talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga
ruxsat etilgan.
O „zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda ba‟zi hujjatlar
qat‟iy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob
yuritish tartibi hamda ulardan fbydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va
tegishli boshqarmalar tomonidan belgilanadi.Qat‟iy hisobda turgan blankalar
o„matilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, mas‟ul
xodimning arizasi bilan ham tasdiqlanishi zarur. Blankalarda m a‟lumotlar aks
ettirilishining ahamiyati shundaki, almashgan bor xo'jalik jarayoni ro'y
berganligining isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta‟minlaydi va
yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati,
tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. Hujjatdagi m a‟lumotlardan foydalanib
korxona, muassasa,tashkilotlar faoliyati o„rganiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va
tegishli xulosalar chiqarilib, ular asosida chora-tadbirlar belgilanadi, tegishli qonun
qoidalar qabul qilinadi va hayotga tatbiq etiladi.