Inventarizatsiya va uning natijasini rasmiylashtirish
Korxonada mavjud bo„lgan mulklar saqlanishini ta‟minlash, ular nazoratini
yaxshilash maqsadida yuritilayotgan hisob ma‟lumotlarining nechoglik haqiqiyligi,
to „g„riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o„tkaziladi. Korxonadagi
mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari,
tayyor mahsulot, tovar, pul m ablaglari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi.
Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday
majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar kiradi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi m a‟lumotlar albatta, haqiqiy
ma‟lumotlar asosida aks ettirilgan bo‟lishi lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham
korxona inventarizatsiyasi o„tkazilmog„i shartdir.
Inventarizatsiya korxona mablag„ini tekshirib, ro„yxatga olish va olingan m
a‟lumotlami hisob m a‟lumotlari bilan taqqoslash demakdir. Yoki inventarizatsiya
xo„jalik m ablaglari va ularning tashkil topish manbalari, xo„jalik jarayonlarini
buxgalteriya hisobi hujjatlariga asosan qayta ro„yxatdan olkazishdir.
Korxonalarda asosan 1-oktabrdan kevin inventarizatsiya o„tkaziladi, bunga sabab
yillik hisobot ma‟lumotlari haqiqiyligini ta‟minlashdir. Ammo quyidagi holatlarga
ham e‟tibomi qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir marta, yirik asosiy
vositalarni 3 yilda bir marta, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi
naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik hamma faoliyatlarida o„z aksini
topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya o„tkazish muddati va obyekti
ko„rsatilgan ro„yxat ham korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil
boshiga tuziladi. Bu ro„yxatga binoan, korxonada doimo amalivotda bo„ladigan
inventarizatsiya komissiya a ‟zolari tarkibi ham tuzilgan bo‟ladi. Yuqoridagi
malumotlarni aks ettirilgan inventarizatsiya o„tkazish ro„yxati korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya olkazish haqidagi ro„yxat bo„yicha
10
amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa quyidagi hollarda olkaziladi:
-moddiy javobgar shaxs o„zgarganda; moddiy javobgarlikning brigade usulida;
-50 % brigada a‟zolari o„zgarganida;
-brigada boshlig„I o„zgarganida;
- yong„in, tabiiy ofatlar ro„y berganda, ular tugatilgan zahoti;
-o„g irlik haqida m a‟lumot olingan zahoti;
-mulkchilik shakli o„zgarganda;
-inventarizatsiya o„tkazilishi haqida moddiy javobgarlik brigada a ‟zolaridan ariza
olinganda;
- boyliklar buzilishi aniqlanganda;
- boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;
-asosiy vositalar ijarasi ro„y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi);
-korxona tugatilayotganda.
Inventarizatsiyani yuqoridagi o„tkazish tartibiga ko„ra turga bolishdan tashqari,
quyidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish
mumkin. M ablaglarning qancha qismini inventarizatsiya qilishigako‟ra ikki xil
to‟liq va qisman boiadi:
To‟liq inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi qayta ro„yxatdan
o‟tkaziladi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‟tkazilishi shart (yillik hisobot
tuzilishidan oldin).
Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining m a‟lum bir qismigina
inventarizatsiya obyekti bo„lishi bilan ahamiyatlidir.
Inventarizatsiyaning qanday turi o„tkazilayotganligidan qat‟iy nazar, uni o„tkazish
haqida korxona rahbarining buyrug„i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi
rekvizitlar aks ettirilgan bo„lishi lozim:
-buyruq tartib raqami;
- korxona nomi; buyruq yozilgan muddat;
-inventarizatsiya o„tkazilishi lozim bo„lgan bo„lim;
-inventarizatsiya obyekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyat);
11
-inventarizatsiyaning boshlash va tugatish muddatlari;
-inventarizatsiya o„tkazish sababi;
-inventarizatsiya hujjatlarining buxgalteriyaga topshirish muddati;
-rahbarning ismi va imzosi;
-korxona muhri.
Korxonalarda inventarizatsiya o„tkazish haqidagi buyruqlar bajarilishi ustidan
nazoratni ta‟minlash maqsadida «Inventarizatsiya o „tkazish haqida buyruqlar
bajarilishini nazorat kitobi» nomli kitob yuritiladi. Undagi rekvizitlar
quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiyaning boshlanish muddati,
tugatish muddati, inventarizatsiya o„tkaziladigan korxona, ombor, sex, bo„lim
nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruqning tartib raqami va
muddati, inventarizatsiya komissiyasi a‟zolarining ismi-sharifi, buyruqning
olinganligini tasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi,
inventarizatsiya o„tkazish muddati (buyruqqa ko„ra, haqiqatda), tugatilish muddati
(buyruqqa ko‟ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari haqida belgi va
ma‟lumotlar, dastlabki natija (muddat, yetishmovchilik, ortiqcha
summalar),so„nggi natijalar (muddat, yetishmovchilik ortiqcha summalar), natijalar
tasdiqlangan muddat yetishmovchilikbo„yicha qabul qilingan tadbir muddati,
yetishmovchilikni qoplash, ishni tergov organlariga berish, belgi qo„yish qatori.
Buyruqni olib, u olinganligi haqida ro„yxatga imzo chekkan komissiya a‟zolari,
belgilangan obyektga borganlaridan so„ng inventarizatsiya boshlashdan
oldininventarizatsiyamuddatiga, kirim va chiqim hujjatlari yoki moddiy boyliklar
va pul mablag'larning harakati haqida hisobotlaming oxirgilarini olishlari shart.
Inventarizatsiya komissiyasining rahbari hisob reyestrlari (hisobotlari) ilova
qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo„yadi. Bu hujjatlar
buxgalteriyada inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo„yicha moddiy
boyliklar qoldig'ini hisoblashga asos bo„ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni
keltirish bo„yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilish uchun
ishonchnomaga ega bolgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim.
Inventarizatsiya o„tkazish tartibi 0„zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi
12
Milliy Standartining 19-sonli «Inventarlashni tashkil etish va o „tkazish» nomli
standartida ketirilgan. Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy
majburiyatlaming haqiqiy holati haqidagi m alum otlar inventarizatsiya vozuvi
yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo'lmagan miqdorda
rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya a‟zolari inventarizatsiya
obyektlarining oxirgi qoldiqlarini to'liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya
ma‟lumotlarini o„z vaqtida va to„g„ri rasmiylashtirishlari lozim.
Korxonalarda inventarizatsiya qilinayotgan mulklaming haqiqiy qoldiglari
o‟lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham korxona rahbari
inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini
ta‟minlash shart-sharoitlarini yaratishi zarur. Bunday shart-sharoitlarga yordamchi
ish kuchlari tortish va oMchash asboblari hamda ulami texnik sozligini ta‟minlash
kabilar kiradi.
Korxonalaming tovar-moddiy zahiralari inventarizatsiya qilmayotganda. ular mol
yetkazib beruvchilar omborlarida saqlanayotgan bo‟lsa, tanlov usulida tekshirish
ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklaming ba‟zi birlarigina
olchanishi,sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy
boylikning hammasi inventarizatsiyadan o „tkazilishi shart boladi.
Ko„p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda
inventarizatsiya komissiya a‟zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish
vedomostlariga m a‟lumotlami aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki olchash oxiriga
borganda ushbu vedomostlar m a‟lumotlari umumlashtirilib, jami ko„rsatkichlar
inventarizatsiya ro„yhatida aks ettiriladi.O lchash dalolatnomalari, texnik hisoblash
va tortish vedomostlari inventarizatsiya ro„yxatiga ilova qilinishi shart. Korxona
mulklarining haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy
javobgar shaxsning qatnashishi lozim.Inventarizatsiya dalolatnomalari va
inventarizatsiya ro„yhatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va
yozuvmashinalari orqali toldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni toldirishda o„chirib
yozishlar va bo'yashlarga yo„l qo„ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan
tovar moddiy boyliklari va boshqa obyektlari inventarizatsiya yozuvlarida aks
13
ettiriladi. Inventarizatsiya obyektlari u analitik hisobi ro„yhati bo„yicha
inventarizatsiya ro„yxatiga tartib raqami, oichov birligi, miqdorida aks ettirilib
boriladi.Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to„g„ri
yozuv aks ettiriladi va bu komissiya a‟zolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi
bilan tasdiqlanadi. Agarda inventarizatsiya yozuvi va ro„yxatlarida, solishtirma
vedomostlarida bo„sh qatorlar bo‟lsa, chiziq tortilishi kerak. Bu bilan qo„shimcha
yozuvlar orqali inventarizatsiya m a‟lumotlari haqiqatdan chetlanishining oldi
olingan boiadi.
Inventarizatsiyaning rasmiylashtirilishi bilan bog‟liq inventarizatsiya
dalolatnomasi va inventarizatsiya ro„yhatini inventarizatsiya komissiya
a‟zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari
kerak.Hisob va inventarizatsiya malum otlari solishtirma vedomostlarida
taqqoslaniladi.Ortiqcha yoki yetishmovchiliklami miqdor va qiymat ko„rinishida
aks ettirish shu solishtirma vedomostlarida amalga oshiriladi.Korxona
mulklarining inventarizatsiyasida qollaniladigan hujjatlar ro„yhati quyidagilardan
iborat: .asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona asosiy vositalarining
inventarizatsiya ma‟lumotlarini rasmiylashtirishdaqollaniladi. Aktivlar joylashgan
o‟rni hamda saqlanishiga, moddiy javobgar shaxslar bo„yicha alohida bir nusxada
toldirilib, komissiya a‟zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi,
so„ngra buxgalteriyaga topshinladi; .inventarizatsiya yorlig„i. Ushbu hujjat ishlab
chiqarish sharoitlariga ko„ra inventarizatsiya komissiyasi a‟zolari korxona
omborlaridagi xom ashyo, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklami
darhol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro„yxatida aks ettira
olmaganlarida qo„llaniladi. Inventarizatsiya yorlig'i komissiya a‟zolari tomonidan
to„ldirilib, hisoblangan Tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan yerida
saqlanadi; .tovar-moddiy boyliklarining inventarizatsiya ro„yxati. Korxonadagi
xomashyolar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalami haqiqatdagi
qoldig„ini aks ettirishda qo‟llanilib,moddiy boyliklar joylashgan o„rni, o„rnatilgan
moddiy javobgarligi bo„yicha alohida tuziladi. Inventarizasiya ro„yxati komissiya
a‟zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so„ng, solishtirma
14
vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi; .jo„natilgan tovarlar
inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga jo „natilgan
tovarlar haqiqiy qiymatini aniqlashda qollaniladi. To„lash muddati o „tib ketgan va
toiash muddati yetmagan jo„natilgan tovarlar bo„yicha alohida bir nusxadan
to„ldirilib, komissiya a‟zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiradilar. mas‟ul
saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya
ro„yxati. Ushbu inventarizatsiya ro„yxati ma‟sul saqlashga olingan (berilgan) tovar
moddiy boyliklaming haqiqiy qiymatini aniqlashda qo„llaniladi. Inventarizatsiya
ro'yxati bir nusxada to„ldirilib komissiya a‟zolari, moddiy javobgar shaxs imzo
chekkanlaridan so„ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga
yuboriladi.Yo„ldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu
dalolatnoma inventarizatsiya mobavnida yo„lda bo„lgan mahsulotlar hamda
tovarlaming haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va
tovarlar yo„lda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada
to„ldirilib, komissiya a‟zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, korxona
buxgalteriyasiga topshinladi.Inventarizatsiya shakllar ko„rinishidagi
inventarizasiya dalolatnomalari ro„yxatlari o„rniga buxgalteriya jurnal-order
vedomostlari shaklida qo„llanilishi mumkin.
Asosiy vositalaming tugallanmagan ta‟mirlash ishlari inventarizatsiya
dalolatnomasi bino, inshoot, texnik-ta‟minot vositalari,asbob-uskunalar va boshqa
asosiy vositalaming obyektlarini tugallanmagan kapital ta‟mirlash ishlari
inventarizatsiyani o „tkazishda qo„llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi
asosida bir nusxada to„ldirilib, komissiya a ‟zolari, moddiy javobgar shaxslar
tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Kelgusi davr xarajatlarining inventarizatsiya dalolatnomasi korxonalar kelgusi davr
xarajatlari hisobi yuritiladigan schyot ma‟lumotlarini tekshirish asosida tuzilib,
imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Pul mablaglari inventarizatsiya dalolatnomasi kassadagi naqd pullar haqiqiy
miqdorini aniqlash maqsadida o„tkazilayotgan inventarizatsiya ma‟lumotlarini aks
ettirishda qoilaniladi. Komissiya a ‟zolari qimmatbaho qog„ozlar, limitlashtirilgan
15
chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki
nusxada to„ldiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a ‟zolari va moddiy
javobgar shaxs imzo chekadi hamda bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi,
ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Moddiy javobgar shaxs o„zgarayotganda o„tkaziladigan inventarizatsiya shakli uch
nusxada toidiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy
javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi. Ushbu
hujjat qimmatbaho qog‟ozlar va qat‟iy hisobdagi hujjatlar haqiqiy miqdorini
aniqlash maqsadida o„tkaziladigan inventarizatsiya m a‟lumotlarini
rasmiylashtirishda qoilaniladi. Qat‟iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin
talonlari, yo„l chiptalari va boshqalar misol bo„ladi.
Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada to„ldirilib, birini saqlash uchun
buxgalteriyada, ikkinchisi esa qimmatbaho qog„ozlami qat‟iy hisobdagi blankalari
moddiy javobgar bo„lgan shaxsda qoladi.
Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar, mol
yetkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish
inventarizatsiya m a‟lumotlarini rasmiylashtirishda qollaniladi. Dalolatnoma bir
nusxada, tegishli schyot m a‟lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari
aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a‟zolari tomonidan imzo bilan
tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshinladi.
Ma‟lumotnoma buxgalteriya hisobi tegishli sintetik schyotlar bo„yicha alohida
rasmiylashtiriladi. Ushbu m a‟lumotnoma korxonadagi debitorlik va kreditorlik
qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo„lgan turli korxonalar, tashkilotlardan
olinadi.Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirishda qollanib, bir nusxada to„ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan
muddatgacha saqlanadi. Solishtirma qaydnoma hisob m a‟lumotlaridan
chetlashishlar aniqlangan Tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirish uchun qo„llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada
rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Korxona xo„jalik mulklari inventarizatsiya m a‟lumotlari va anilqlangan natijalari
16
yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach. korxona rahbari tasdig„idan so„ng,
buxgalteriya schyotlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida quyidagilar aniqlanadi:
-hisob va inventarizatsiya m a‟lumotlari teng;
-hisob m a‟lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma‟lumotlar
yuqoriligi (ortiqcha xo„jalik m ablaglari aniqlanishi);
-hisob m a‟lumotlari ko„rsatkichlari yuqoriligi (xo'jalik mulklari
yetishmovchiligining aniqlanishi).
Buxgalteriya hisobida sodir bolayotgan jarayonlar o„sha vaqtning o„zidayoq
maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari
deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo„jalik
jarayonlarining hujjatlaslitirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan
har bir op-Inventarizatsiya shakllar ko„rinishidagi inventarizasiya dalolatnomalari
ro„yxatlari o„rniga buxgalteriya jumal-order vedomostlari shaklida qoilanilishi
mumkin.Asosiy vositalaming tugallanmagan ta‟mirlash ishlari inventari- zatsiya
dalolatnomasi bino, inshoot, texnik-ta‟minot vositalari,asbob-uskunalar va boshqa
asosiy vositalaming obyektlarini tugallanmagan kapital ta‟mirlash ishlari
inventarizatsiyani o „tkazishda qo„llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi
asosida bir nusxada to‟ldirilib, komissiya a ‟zolari, moddiy javobgar shaxslar
tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Kelgusi davr xarajatlarining inventarizatsiya dalolatnomasi korxonalar kelgusi davr
xarajatlari hisobi yuritiladigan schyot ma‟lumotlarini tekshirish asosida tuzilib,
imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
Pul mablagiari inventarizatsiya dalolatnomasi kassadagi naqd pullar haqiqiy
miqdorini aniqlash maqsadida o„tkazilayotgan inventarizatsiya m a‟lumotlarini aks
ettirishda qoilaniladi.
Komissiya a‟zolari qimmatbaho qog„ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari,
naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada
toidiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a‟zolari va moddiy javobgar shaxs
imzo chekadi hamda bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa
17
moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Moddiy javobgar shaxs o„zgarayotganda o „tkaziladigan inventarizatsiya shakli
uch nusxada toidiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy
javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi. Ushbu
hujjat qimmatbaho qog„ozlar va qat‟iy hisobdagi hujjatlar haqiqiy miqdorini
aniqlash maqsadida o„tkaziladigan inventarizatsiya malumotlarini
rasmiylashtirishda qoilaniladi. Q at‟iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin
talonlari, yo‟l chiptalari va boshqalar misol bo‟ladi.
Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada toidirilib, birini saqlash uchun
buxgalteriyada, ikkinchisi esa qimmatbaho qog„ozlami qat‟iy hisobdagi blankalari
moddiy javobgar boigan shaxsda qoladi.
Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar, mol
yetkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish
inventarizatsiya m a‟lumotlarini rasmiylashtirishda qo„llaniladi. Dalolatnoma bir
nusxada, tegishli schyot m a‟lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari
aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a ‟zolari tomonidan imzo bilan
tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshiriladi.Ma‟lumotnoma buxgalteriya hisobi tegishli
sintetik schyotlar bo„yicha alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu m a‟lumotnoma
korxonadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo‟lgan
turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi.
Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirishda qollanib, bir nusxada to„ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan
muddatgacha saqlanadi. Solishtinna qaydnoma hisob ma‟lumotlaridan
chetlashishlar aniqlangan Tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirish uchun qo„llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada
rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Korxona xo„jalik mulklari inventarizatsiya ma‟lumotlari va aniqlangan natijalari
yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach. korxona rahbari tasdig„idan so„ng,
buxgalteriya schyotlarida tegishliyozuvlar amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida quyidagilar aniqlanadi.
18
-hisob va inventarizatsiya maTumotlari teng;
-hisob m a‟lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma‟lumotlar
yuqoriligi (ortiqcha xo„jalik mablaglari aniqlanishi);
-hisob m a‟lumotlari ko„rsatkichlari yuqoriligi (xo„jalik mulklari
yetishmovchiligining aniqlanishi).
Buxgalteriya hisobida sodir bo„layotgan jarayonlar o„sha vaqtning o „zidayoq
maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari
deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo„jalik
jarayonlarining hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan
har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi
ma‟lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Shu sababli buxgalteriya hisobida
hujjatsiz ma‟lumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatiari
bo„lib o„tgan voqea-hodisalar to„g„risidagi yozma guvohdir, ya‟ni hujjatlar o „tgan
davr to„g„risida ma‟lumot beradi.
Hujjatlar bir necha xususiyatlarga ko„ra turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga
sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular
aylanishini, saqlashini osonlashtirishdir. Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga,
xo„jalik jarayonini aks ettirishiga, qayerda tuzilishi xususiyatlariga ko„ra
turkumlarga ajratiladi.
Hujjat aylanishi - birlamchi hujjatlami tuzilib, ulami qayta ishlab va
umumlashtirib, guruhlashdan so„ng, arxivga topshirilguncha bo„lgan harakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o„tishi kerak.
Korxona bo„yicha hujjat aylanishining o„z vaqtida bajarilishi bosh buxgalter
tomonida nazorat qilib boriladi. Korxonada mavjud bo„lgan mulklar saqlanishini
ta‟minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob
ma‟lumotlari nechog„lik haqiqiyligi, to„g„riligini tekshirish maqsadida
inventarizatsiya o„tkaziladi.
|