7
o„tishi kerak. Hujjatni tekshirishda quyidagilami e‟tiborga olish kerak bo„ladi.
Shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to„g „ri toMdirilganligi, hamma rekvizitlar
mavjudligi, to„liqligi).Mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon
qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga
ega ekanligi, alohida ko„rsatkichlar mantiqiy
bog„liqligi, arifmetik xatolar yo„qligi).Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof
jarayonlar aks ettirilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonning bajarilishiga
qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona
boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.Qayta ishlangan hujjatlarga
albatta
tegishli belgi qo„yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi
olinadi. Agar hujjat qo„lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati,agar
qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali am alga oshirilsa, ularni ishlashga
javobgar
nazoratchi tomonidan shtamp orqali belgi qo„yiladi.
Kassa jarayonlariga asos boiuvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to„lov
vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo„lda yoki shtampda «olindi»
yoki «tolandi» degan so„zlar muddatni (kun, oy, yil) ko„rsatib aks ettirilishi shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, ya‟ni tashkil etish yoki boshqa korxona,
tashkilot va muassasalardan hisobga, qayta
ishlashga, arxivga uzatish uchun
olinishi ro„yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro„yxatining tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat
aylanishi ro„yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ro„yxatni tuzishdan
maqsad hisob ishlarini osonlashtirish va hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan
iborat.
Hujjat aylanishining ro„yxati sxema ko„rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki
jadval ko„rinishida bo‟lib , quyidagi rekvizitlarga ega bo‟ladi:
-hujjatning nomi;
-hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi mas‟ul, bajarilishga mas‟ul,
bajarilish muddati);
-hujjatni tekshirish (tekshirishga m as‟ul, keltiruvchi shaxs, keltirish tartibi,
keltirish muddati);
-hujjatni qayta ishlash (bajaruvchi shaxs, qayta ishlash muddati);
8
-arxivga berish (arxivga beruvchi shaxs, berish muddati);
-ro„yxatni tasdiqlash buyrugining tartib raqami va muddati;
-korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro„yxatiga asosan, ular
faoliyatiga taalluqli
hujjatlarni tuzadi va taqdim etadi. Hujjatning o„z vaqtida to„g„ri toidirilishi,
belgilangan muddatda taqdim etilishi, ulardagi m a‟lumotlaming ishonchliligiga
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo„yicha hujjat aylanishining ro„yxati asosida ishlarning o„z vaqtida
bajarilishini bosh buxgalter nazorat qilib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari
arxivga topshirilishi majburiydir. Hujjatlar arxivga topshirilgunga
qadar
buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar
shaxs m as‟ulligida berkitiladigan shkaflarda saqlanadi. Qat‟iy hisobdagi blankalar
esa ularning saqlanishini ta‟minlaydigan seyflarda, metall shkaflarda, maxsus
binolarda saqlanadi. Aniq bir hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta
ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yigllib, arxivga ma‟lumotnoma
bilan topshiriladi.Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko„chirmalari ular
ilovalari bilan birga xronologik tartibda yigiladi va taxtlanadi. Ba‟zi bir hujjatlar
taxtlanmasligi mumkin, ammo ulami yo„qotish yoki suiste‟mollikning oldini olish
maqsadida tikib qo„yiladi. Korxona
arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va
hisobotlami saqlash tartibi 0„zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasining
materiallarni saqlash ko„rsatmasiga ko„ra o„matiladi.
Hujjatlaming buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xodimlariga berilishi
korxona bosh buxgalteriya ruxsati bilan amalga oshiriladi. Korxonadan hujjatlami
faqat ayrim hodisalami aniqlash maqsadida dastlabki tergov, prokuratura va sud
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi
qarorlariga asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan
rasmiylashtirilib, bir nusxasi korxonaning tegishli m as‟ul xodimiga
imzo bilan
beriladi. Hujjatni olgan tashkilotning ruxsati va vakili ishtirokida tegishli mas‟ul
9
xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin. Unda asos va olingan muddat
ko„rsatilishi kerak.