• Google asbob-uskunalari va xizmatlari
  • OneDrive-ning yana bir ajoyib xususiyati




    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/91
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #155201
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
    Bog'liq
    1-Маъруза

    OneDrive-ning yana bir ajoyib xususiyati - bu oilangiz, do‘stlaringiz yoki 
    hamkasblaringiz bilan fayllarni almashishning oson usuli. USB-stik bilan nusxa 
    ko‘chirish yoki ularni yuborish o‘rniga elektron pochta boshqa odamlarga 
    Windows 10-dagi xizmat sizning kontentingizga kirish uchun boshqalar 
    foydalanishi mumkin bo‘lgan xavfsiz havolani yaratish orqali ularni tezda baham 
    ko‘rishga imkon beradi.
    Qanday qilib ko‘proq joy saqlashim mumkin? Obuna bo‘lganingizda bepul 
    versiya, siz atigi 5 Gigabayt bo‘sh joy olasiz. Siz ozgina pul evaziga oylik obuna 
    tanlash orqali har doim 50 Gbaytgacha pul olishingiz mumkin. Bundan tashqari, 
    agar sizga ko‘proq bo‘sh joy kerak bo‘lsa, qo‘shimcha Office 365 obunasini sotib 
    olishingiz mumkin. bu lahza, piktogramma sozlamalarida, uning joriy ishlatilishini 
    ko‘rish uchun "Hisob" yorlig'iga o‘ting.
    Bugungi kunda turli xil kompaniyalar tomonidan bulutli saqlash 
    imkoniyatlari ko‘p bo‘lsa-da, kompyuter, mobil qurilmalar va Office 365 bilan 
    integratsiyalashganligi tufayli OneDrive qoladi yaxshi variant foydalanuvchilar 
    uchun.
    Google asbob-uskunalari va xizmatlari - Google apps - Web
    2.0 texnologiyalariga misol bo‘ladi. Google asbob-uskunalari va servislaridan 
    foydalanish o‘quv jaraѐnini va axborot ta’lim maydonini loyihalashtirish 
    imkoniyatini beradi. Veb muhitida Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron 
    jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari), Google taqvim (kalendar), Google 
    formalari
    (so‘rovnomalar yaratish), Google Hangouts (Messenger) Google+, Google 
    Blogger (saytlar yaratish) orqali o‘quv jaraѐnini tashkillashtirish, boshqarish o‘quv 
    jaraѐni sifatini oshirishga sabab bo‘ladi. Google Docs - Google xujjatlar (Google 
    jadval, Google Forma, Google hujjat, Google taqdimot, Google rasm) deb umumiy 
    nomlanib, uning ichiga matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari 
    kiritish mumkin. Bir vaqtda bir hujjat ustida bir necha foydalanuvchi ishlashi 
    mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchilar dunѐning ixtiѐriy nuqtasidan internet tarmog‘i 
    orqali ularga taqdim etilgan hujjat ustida ishlashlari mumkin bo‘ladi. Google 
    taqvim (kalendar) vaqtingizni rejalashtirishda, o‘quv dars jadvalini tuzishda va 
    talabalar bilan qayta topshirish vaqtlari, majlis va konferensiyalar, tug‘ilgan 
    kunlarni eslatib turish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Google taqvim sizning 
    mobil telefoniz bilan ham integratsiyalashi mumkin. Google taqvimni bir o‘zingiz 
    ѐki guruh bo‘lib shaklantirishingiz mumkin bo‘ladi. Google blogger ѐrdamida 


    33 
    o‘zingizning shaxsiy saytingizni (blogingizni) yaratishingiz mumkin. Masalan tarix 
    o‘qituvchisining shaxsiy sayti. Bu yaratilgan saytga o‘zingizning ilmiy-uslubiy 
    ishlaringizni joylashtirishingiz, talabalarga o‘zingizning faningiz bo‘yicha o‘quv 
    majmualarni maxsus bo‘lim ochib yuklab qo‘yishingiz mumkin. Fan bo‘yicha 
    bo‘laѐtgan ilmiy yangiliklarni berib borishingiz, so‘rovnomalar o‘tkazishingiz 
    mumkin bo‘ladi. Google Hangouts –kommunikatsiya elementi bo‘lib, video, audio 
    va kichik xabarlar yuborish imkoniyatini beruvchi servis hisoblanadi. Google 
    Hangouts orqali siz vebinarlar tashkillashtirishingiz mumkin. Google apps ilovalari 
    bepul bo‘lib hech qanday litsenziya talab qilmaydi. Hujjatlar ustida hamkorlikda 
    ishlash texnologyasi Google Docs tizimida hujjatlar yaratish va ular ustida ishlash 
    uchun gmail.com pochtasidan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishkerak. Google Docsda 
    yaratilgan hujjatlar bilan tanishishingiz uchun pochtangiz aynan gmail.com bo‘lishi 
    shart emas. Google Docs bilan ishlashni boshlash uchun gmail.com pochtasiga 
    kirish kerak. Google Disk – bu shaxsiy hujjatlaringizni saqlash imkoniyatini 
    beruvchi virtual disk hisoblanadi. Unga kirish bu rasmda ko‘rsatilgan Diskni bosish 
    orqali amalga oshiriladi. 1.Google Diskni ishga tushirish. Virtual diskda joylashgan 
    hujjatlarga Siz o‘zingiz ko‘rish (tahrirlash, sharhlar berish) huquqlaridan kelib 
    chiqqan holda boshqa foydalanuvchilar bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin. 
    Shuningdek Sizga boshqa foydalanuvchi tomonidan berilgan hujjatlarni 
    ko‘rishingiz (tahrirlashingiz, sharhlar berishingiz) mumkin bo‘ladi. 1.2 rasm. 
    Google Diskni ko‘rinishi Google
    Diskda biror bir hujjatni yaratish uchun «Sozdat» tugmasini bosish kerak.
    GoogleDocs
    orqali
    siz:
    • Matnlar bilan
    ishlaydigan hujjatni;
    • Taqdimotlar yaratish imkoniyatini beruvchi hujjatni; • Elektron jadvallar 
    yaratish imkoniyatini beruvchi hujjatni; • So‘rovnomalar o‘tkazish imkoniyatini 
    beruvchi hujjatni; • Rasmlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi hujjatlarni yaratish 
    imkoniyatini beradi. ―Google Dokumenti‖ tugmasini bosganigizdan keyin MS 
    Word hujjatining interfeysiga o‘xshagan hujjat paydo bo‘ladi. Bu hujjat ustida siz 
    matnlarni tahrirlashingiz va saqlashingiz mumkin bo‘ladi. Bu muharrirda 
    ishlashingiz uchun sizdan faqat internet va brauzer bo‘lishi talab qilinadi. 
    GoogleDocs – eng asosiy imkoniyatlaridan biri bu bir hujjat ustida bir nechta 
    foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida sinxron ѐki asinxron ko‘rinishda ishlashi 
    mumkin. Bir nechta foydalanuvchilar yaratilgan bir hujjat ustida ishlashlarini 
    tashkillashtirishingiz uchun hujjatning yuqori o‘ng tomonida «NASTROYKI 
    DOSTUPA» tugmasini bosishingiz kerak bo‘ladi. Googledocs hujjati yaratilganda 
    avtomatik ravishda hujjat yaratuvchisigagina hujjat ustida ishlash huquqi beriladi. 
    Lekin hujjat ustida ishlash huquqini o‘zgartirish mumkin. Googledocs yaratilgan 
    hujjatlar ustida ishlashning 3 pog‘onali dostupi mavjud. 1.3-rasm. Google docs 
    bilan hamkorlikdaishlash 1. Internetda hamma uchun yaratilgan hujjatga dostup 
    ochiq bo‘ladi. Bunda foydalanuvchi yaratilgan hujjat ustida ishlay oladi. Ishlay 
    olish huquqlari tahrirlovchi, izoh qoldiruvchi (izoh qoldiruvchi faqat izoh qoldiradi 


    34 
    o‘zgartirishlar kirita olmaydi) va faqat o‘qish. 2. Bu usul orqali faqat kimda 
    hujjatning havolasi (ssilkasi) mavjud bo‘lsagina qo‘yida keltirilgan huquqlarda 
    ishlashi mumkin: • ―tahrirlovchi‖ • Faqat kommentariya (izoh) koldiruvchi • Faqat 
    o‘qish imkoniyati bilan hujjatdan foydalanish 3. Hammaga, faqat lokal holda 
    tanlangan foydalanuvchiga taklif junatilgan holdagina hujjatni tahrirlashi, faqat 
    izoh qoldirishi ѐki faqat o‘qishi mumkin bo‘ladi. Ikkinchi turdan farqi shundaki bu 
    yerda aynan gmail da pochtasi bor bo‘lgan foydalanuvchining elektron pochtasi 
    kiritilgan holda unga tahrirlovchi rolini berish mumkin bo‘ladi. Hujjat ustida 
    ishlash vaqtida bir hujjat ustida ishlaѐtgan foydalanuvchilarni qo‘yida ko‘rsatilgan 
    rasmdagi ko‘rib turishingiz bo‘ladi. 1.4-rasm. Google docs bilan hamkorlikda 
    ishlashni ko‘rish YA’ni bir vaqtning o‘zida kim nima ustida ishlaѐtganini ko‘rib 
    turish mumkin bo‘ladi. Hujjat ustida ishlash vaqtida siz izohlar qoldirishingiz 
    mumkin. Kiritilgan o‘zgarishlar tarixini ko‘rishingiz ham mumkin. Agar sizning 
    kompyuteringizda
    Word muharirida oldin yaratgan fayl mavjud bo‘lsa, uni ham shu DISK ga 
    yuklashingiz mumkin va undan keyin bu hujjat ustida bir necha foydalanuvchilarni 
    birgalikda ishlashga jalbetishingiz mumkin bo‘aldi.   

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OneDrive-ning yana bir ajoyib xususiyati

    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish