2
“Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanidan ma’ruzalar
matni 60410400- Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410600-Sug’urta ishi va barcha
Iqtisodiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchi:
G.B.Jamalova “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Dots.
X.X.Nekboyev
QarMII
“Axborot
texnologiyalari” kafedrasi mudiri.
M.F.Turayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari servisi”
kafedrasi dotsenti.
Ma’ruzalar matni «Axborot texnologiyalari » kafedrasining 20___ yil “___”_______dagi
___ -sonli, “Iqtisodiyot” fakulteti o‘quv-uslubiy komissiyasining 20___ yil “___”_______dagi
___ -sonli, institut o‘quv-uslubiy Kengashining 20___yil “___”_______dagi____–sonli
yig’ilishlarida ko‘rib chiqilib, chop etishga tavsiya etildi.
© Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 2023
3
SO‘Z BOSHI
Ushbu ma‘ruza matnlari barcha Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari
talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiy masalalarni qo‘yish va ularni
kompyuter yordamida yechish, “Iqtisodiyotda
axborot kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar” tisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va
tizimlar”ning ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot va boshqaruvdagi roli ,
AKTni
rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar, axborot tizimlari, axborot tizimlarining
rivojlanish bosqichlari, kompyuter tizimlari va ularning arxitekturasi, shu jumladan
zamonaviy kompyuter tizimlarining hozirgi holati, axborot jarayonlarining
dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minotning turkumlanishi, elektron hujjatlar, elektron
hujjatlarni yaratishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar kabi asosiy masalalar ko‘rib
chiqiladi. Talabalar bu kursni tugallagandan so‘ng, ishlab
chiqarish sohalardagi
dasturiy-texnik vositalar, Windows, Word, Excel, Access, Power Point va shunga
o‘xshash dasturlarda ishlay olish ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Talabalarning
olgan bilim va ko‘nikmalari keyingi, yuqori kurslarda o‘tiladigan boshqa fanlarni
o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalar ushbu kursdan to‘laqonli saboq olishlari va bu fanni yaxshi
o‘zlashtirishlari uchun ular maktab dasturi miqiyosida
kompyuter haqidagi
bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Ya‘ni, dasturlarni kompyuterga kiritish va ularni
sozlash, kompyuterning qo‘shimcha qurilmalarining ishini tushunish kabi
bilimlarni o‘zlashtirib olishlari lozim.
Ushbu fanni o‘qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va uning xilma-xil
usullari keng miqyosda qo‘llaniladi. Talabalar ma‘ruza darslarida olgan bilim va
ko`nikmalarini amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya darslarida qo`llashni
o‘rganadilar.