MA’RUZA. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari, kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari, kompyuterlarda qo‘llanilgan protokollar, ilovalar va texnologiyalar.
Kompyuter tarmoqlari fanini o‘qitishdan asosiy maqsad - kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, kompyuter tarmoqlarining topologiyalari va texnologiyalari
haqidagi bilimlarni, hamda kompyuter tarmoqlarida axborot almashinish jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - zamonaviy kompyuter tarmoqlari tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, ularda qo‘llanilayotgan qurilmalarning tuzilishlari va ko‘rsatkichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat. Fanni o‘rganish natijasida kompyuter tarmoqlarida axborot almashinish jarayonlarini
qanday amalga oshirilishini, ularda qo‘llaniladigan asosiy protokollar, hamda Internet tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi.
Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.
Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta‘riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol ko‘rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog‘langan
kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni ta‘minlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar
katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan
birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma‘lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko‘rsatishning eng keng tarqalgan tarmog‘i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan
umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o‘rtasida ma‘lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta‘minlash. Katta xajmdagi axborotlar lokal va global
kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchi ishlashi uchun ma‘lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Ma‘lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda:
ma‘lumotlarni markazlashtirishda,
ma‘lumotlarni ma‘lum masofaga uzatish.
Ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin:
bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»);
ijtimoiy ta‘minot tizimi;
soliq;