|
Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar
|
bet | 4/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 229,39 Kb. | | #241482 |
Bog'liq 1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichl (1) (1)Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Kompyuter va tarmoq texnologiyalari hududlar bo‘yicha tarqoq taqsimlangan hisoblash vositalarini yagona tizimga birlashtirish zarurati tufayli kelib chiqqan ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda protokollar, tarmoq texnologiyalari foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlar to‘plamini taqdim etadi hamda vazifasi bo‘yicha turli xil bo‘lgan avtomatlashtirilgan ma‘lumotni taqsimlangan holda qayta ishlash tizimlarini yaratish imkonini beradi. Hozirda tarmoq texnologiyalari jadal sur‘atlarda rivojlanmoqda. Uzatiluvchi axborot hajmining ortib borishi, tarmoqlar ko‘lami hamda tarmoqlararo trafik hajmining ortib borayotgani ishlab chiqaruvchilarni yangi axborotlarni ajratish, uzatish usullarini, marshrutizatsiya va kommutatsiya hamda tarmoqlararo trafikni optimallash va samaradorlikni oshirish maqsadida ularni kombinatsiyalashning yangi usullaridan (yangi usul yaratish yoki borlarini kombinatsiyalash) foydalanuvchi yanada samarador va ―aqlli‖ qurilmalarni yaratishga undamoqda.
Bu jarayonda bir necha omillarga ahamiyat berish lozim: aloqa qoidalari, protokollar/standartlar va protokollar steki.
Aloqa qoidalari aloqa o'rnatilishini ta‘minlaydi. Bunda qoidani o’rnatishda:
Uzatuvchi va qabul qiluvchi aniqlab beriladi;
Aloqaning umumiy ‗tili‘ va ‗grammatika‘si belgilanadi;
Tezlik va yetkazib berish muddati aniqlanadi;
Tasdiqlash yoki kelishish talablari belgilanadi.
Xabarlarni kodlashda:
Ma'lumotni boshqa maqbul shaklga o'tkazish jarayoni kelishiladi.
Xabarni formatlash va inkapsulyasiyasi; Xabar hajmi;
Xabar vaqti:
Kirish usuli Oqimni boshqarish Javob vaqti tugashi
|
| |