• Tarmoqning dasturiy ta’minoti.
  • Tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi




    Download 229,39 Kb.
    bet2/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi229,39 Kb.
    #241482
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichl (1) (1)

    Tarmoqlar tasnifi


    Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta‘minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
    Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi.
    Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
    Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.

    Tarmoqning dasturiy ta’minoti.


    Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta‘minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta‘minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
    Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta‘minoti ko‘pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‘lgan bo‘sh kompyuter resurslarini taqdim etishga muljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Kompyuterning asosiy resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma‘lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
    Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‘lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o‘tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‘pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta‘minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi.
    Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo‘ljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo‘yicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo‘lganda foydalanuvchi kompyuteriga ya‘ni ishchi stantsiyasiga o‘tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma‘lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo‘lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo‘lsa xam) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz buning uchun ma‘lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko‘chirilishi kerak.

    Download 229,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 229,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi

    Download 229,39 Kb.