|
Tarmog‘ining tuzilishi qanday ekanligi haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi
|
bet | 6/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 229,39 Kb. | | #241482 |
Bog'liq 1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichl (1) (1) Vosita (ulanish usuli):
mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar; koaksial;
Optik kabel:
bir modali – magistralda ishlatiladi;
ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda.
Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
|
| |