|
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarBog'liq 1-МаърузаAxborot-kutubxona
tizimi.
Yurtboshimiz
rahnamoligida
mustaqilligimizning ilk davrlaridan boshlab mamlakatimizda o‘sib kelayotgan
yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy-ma’rifiy
qadriyatlarni saqlashga qaratilgan mutlaqo yangi, zamonaviy ko‘rinishdagi
axborot-kutubxona tizimini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tegishli qonun hujjatlari asosida yagona axborot-kutubxona tizimini shakllantirish,
bu borada aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda, axborot- kutubxona va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik
bazasi mustahkamlanib, malakali kadrlar bilan ta’minlanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida 12 mingta axborot-kutubxona
muassasalari faoliyat olib bormoqda, sohada amalga oshirilgan islohotlar samarasi
o‘laroq, axborot-kutubxona muassasalaridagi kompyuterlar soni 3 marotaba, nusxa
ko‘chirish va skanerlash texnikalari 2,5 baravar ortdi. Shuningdek, kitobxonlarning
Milliy kutubxona veb-sayti orqali 500 mingdan ortiq bibliografik yozuv va elektron
ko‘rinishdagi axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega hodisalardan sanaladi.
Axborot-kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini integratsiyalash,
axborotni to‘plash, unga ishlov berish tizimiga ilg’or dasturiy mahsulotlarni joriy
qilish, elektron kutubxonalarni tashkil qilish, ta’lim muassasalarida va hududlarda
kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatishning tezligi va sifatini oshirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Meditsinada AKT. Kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini
oshirish, qog’oz sarfini kamaytirish va boshqaruv apparati faoliyatini
takomillashtirish hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv va sog’liqni saqlash tizimi muassasalari va korxonalari
xodimlariga kompyuter texnikasi va elektron hujjatlar aylanishi tizimi
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida rahbar va xodimlar
malakasi va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha, kompyuter va axborot
texnologiyalaridan va axborot havfsizligidan unumli foydalanish.
Uzoq masofadan turib bemorlarga tashxis qo‘yish, bemorlar sog’ligini
saqlashga doir turli maslahlar berish, meditsina sohasi mutahasislarining
malakalarini aniqlash uchun elektron testlardan foydalanish va h.k.z.
|
| |