Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Korxonalarda AKT.  



Axborot texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi 
vazifalarni hal etish mumkin:
1) 
korxona amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni
qayta ishlash;
2) 
korxonadagi ishlarning ahvoli haqidagi davriy nazorat hisobotlarini 
tuzish;
3) 
istalgan joriy so‘rovlarga javob olish va ularni qog’oz hujjatlari yoki 
hisoblari ko‘rinishida rasmiylashtirish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bir necha o‘ziga xosliklar mavjud, 
ular quyidagi jixatlar bilan boshqa texnologilardan ajralib turadi:
• ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan vazifalarni 
bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi va saqlashga 
qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab- quvvatlash vositasi 
sifatida foydalanishi mumkin. Shu bois istalgan firmada ma’lumotlarni qayta 
ishlash axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab 
chiqilishi lozim;
• faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal etish, uning algoritmini ishlab 
chiqish mumkin:
• qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar 
ma’lumotlarni qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga 
barcha turdagi tashkilotlar rioya qilinishini ko‘zda tutadi;
• odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish ish hajmini 
bajarish;
• detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish. Taftish o‘tkazishga yo‘l 
qo‘yuvchi, firma faoliyati haqida tahlil hususiyatiga ega yozuvlarni amalga 
oshirish. Taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan 
boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;
• voqealar ketma-ketligida (xronologiyasiga) urg’u beriladi;
• boshqa darajadagi mutahasislar tomonidan muammolarni hal etishda kam 
yordam talab qilish va boshqalar.

Download 3,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish