9
2-mavzu. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari.
REJA:
1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi
2. Zamonaviy axborot texnologiyasi
3. Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
Qonunlar.
Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik,
malaka
ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material
mahsulotni
hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan
foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektning dastlabki,
boshlang’ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan
belgilangan talabga javob
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq,
tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar
boshlang’ich hom
ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish
natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya"
tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so‘zini qo‘shish
mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida
moddiy mahsulotni emas,
balki axborotnigina olish mumkinligini izohlaydi.
Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya - bu sun’iy
obyektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli
jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash
uchun yaratilgan shart-
sharoitlar qanchalik yahshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini
bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini
o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish
maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha
ta’riflash mumkin.