• Axborot texnologiyalari
  • Tashqi omillar
  • Videotexnologiya
  • Neyrokompyuterli texnologiyalar
  • Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalar
  • Bilimlarni boshqarish texnologiyasi
  • Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari
  • Boshqarishning axborot texnologiyalari
  • Ofis (idora) ning axborot texnologiyasi
  • 2-Mavzu: Axborot texnologiyalarining turlari




    Download 15,98 Kb.
    Sana04.02.2024
    Hajmi15,98 Kb.
    #151376
    Bog'liq
    2-Mavzu

    2-Mavzu: Axborot texnologiyalarining turlari


    Texnologiya so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so‘zini qo‘shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
    Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya - bu sun’iy obyektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin. Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
    Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuyidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
    Ichki omillar bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
    Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
    Аxbоrоt tеxnоlоgiyasi o‘zi uchun аsоsiy muhit bo‘lgаn аxbоrоt tizimlаri bilаn bеvоsitа bоg‘liqdir. Chunki аxbоrоt tеxnоlоgiyasi аxbоrоt tizimlаridа mаvjud bo‘lgаn mа’lumоtlаr ustidа bаjаrilаdigаn turli xil murаkkаblikdаgi оpеrаsiyalаr, аmаllаr vа аlgоritmlаrni bаjаrishdаn ibоrаt bo‘lgаn tаrtiblаshtirilgаn jаrаyondir.
    Hozirda zamonaviy elektron hisoblash qurilmalar va uni dasturiy ta’minotini rivojlanishi bilan bo‘g‘liq holda axborot texnologiyalari quyidagi turlarga ajratiladi:
    Videotexnologiya - ma’lumotlarni turli tasvirlash ko‘rinishida ifodalaydi.
    Multimedia texnologiya - ixtiyoriy ma’lumotlarni kompleks ko‘rinishda tasvirlashga asoslangan. Bu texnologiya matnlar, grafiklar, chizmalar, tasvirlar, tovushlar va harakatlarni yagona bir tizimga birlashtirib namoish etadi.
    Neyrokompyuterli texnologiyalar - mikroprosessorlar bazasida bir-biriga o‘zaro bog‘langan maxsus neyrokomponentalardan foydalanadi. Bu texnologiya asab katakchalarining hatti-harakatlarini modellashtirishga asoslangan. Neyrotexnologiyalar murakkab masalalarni yechishda sun’iy intellekt metodlarini qo‘llashga tayanadi: kredit tavakkalchiliklarini boshqarish, bilimlarni aniqlash, fondlar holatini bashoratlash va boshqalar.
    Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalar - bir nechta obyektlarning hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va loyihalash va dasturlash jarayonlarida kompyuter tizimlarini tuzishda qo‘llaniladi. Bu yerda obyektlar sifatida foydalanuvchilar, dasturlar, mijozlar, hujjatlar, fayllar, jadvallar va ma’lumotlar bazalarini kiritilish mumkin. Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish natijasida boshqaruv tizimida o‘ta tezkor samarali qarorlarni qabul qilishga olib keladi.
    Bilimlarni boshqarish texnologiyasi - ekspert tizimlarini misol qilib keltirish mumkin.
    Internet texnologiyasi - barcha axborot tizimlarini global axborot strukturasiga birlashtirish texnologiyasi.
    Bundan tashqari vazifalariga qarab ham axborot texnologiyalarini bir nechta turlarga ajratish mumkin:
    Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Masalan, har bir firmada o‘zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo‘lishi kerak.
    Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan insonlarning axborotga bo‘lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o‘tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o‘z ichiga oladi.
    Ofis (idora) ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning yangi zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikasion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa yangi zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power Point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
    Download 15,98 Kb.




    Download 15,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Axborot texnologiyalarining turlari

    Download 15,98 Kb.