12
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi
elektron shakldagi axborot,
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot
tizimlarining mulkdori - axborot
resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki
axborot tizimlarining egasi - qonun bilan
yoki axborot resurslarining,
axborot
tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot
resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi -
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar,
qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning
zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini
yaratishga qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga
doir konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini
ta’minlash; davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot
tizimlari, shuningdek yuridik
hamda
jismoniy
shaxslarning
axborot
tizimlari
asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona
axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin
foydalanish uchun sharoit yaratish; davlat axborot resurslarini shakllantirish,
axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va
o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash; axborot texnologiyalarining
zamonaviy
vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot
resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari
bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish
uchun qulay sharoit yaratish; kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini
oshirish, ilmiy tadqiqotlarni
rag’batlantirish.