109
to‘lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda maʼlumot almashinishini ko‘rish
mumkin bo‘ladi. Bu tizim, kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida
bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon
uchun mablag’laringizni
tejash bilan birga, o‘rnatishni oddiyligi va murakkab
texnik jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishi bilan boshqa tarmoqlardan ustun turadi.
Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab, radio to‘lqinlar
bino yoki umuman ofislardagi devor va shunga o‘xshagan to‘siqlardan ham o‘tib
ketaveradi va umuman hech narsa unga to‘siq bo‘la olmaydi(masofadan tashqari
albatta!). Simsiz tarmoqlar o‘z-o‘zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq
hisoblanadi.
Ko‘pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni
tashkil qiladi, bu albatta uning yo‘lidagi to‘siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga
bog’liq bo‘ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashishi va
undan bir necha barobar yuqori ham bo‘lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan
foydalanishga bo‘gliq bo‘ladi.
Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham maʼlumotlarning
o‘tkazuvchanlik qobiliyati
uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish
nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo‘ladi. Ushbu tarmoqni
eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o‘rnatilishida bo‘lsa ikkinchisi esa Wi-
Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo‘qligi
yoki boshqacha
qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo‘lgan eng sodda tarmoq
hisoblanadi. Ushbu WLAN tarmo‘gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan
yondashib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o‘zigina kifoya qiladi.
Wi-Fi modem routerini sotib olayotgan foydalanuvchi o‘zini
bemalol
quyidagi imkoniyatlarga ega deb hisoblashi mumkin:
•
ko‘pfunksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo‘shimcha
qurilmalar bilan ishlovchi maxsus moslama;
•
yuqori
tezlikda
uzoq masofalarga
maʼlumot
almashinish
imkoniyatiga egaligi;
•
tarmoqni kengaytirish uchun deyarli
hech qanday ishni amalga
oshirishni keragi yo‘qligi; (yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa
ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi);
•
foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya
sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanishi.
110
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Wi-Fi tarmog’isiz bugungi kunni tasavvur qilish
juda qiyin. Shuning uchun Wi-Fi tarmog’i texnologiyasi shiddat bilan rivojlanib
bormoqda. Quyida biz ushbu tarmoqning afzalliklari
va kamchiliklarini yoritib
o‘tamiz.