103
Mavzuning o‘zlashtirilgan darajasini aniqlash - 10 minut.
Uyga
vazifa - 3 minut.
Kompyuter tarmog’i deb kommunikatsiya vositalari orqali o‘zaro
birlashtirilgan kompyuter va periferiya qurilmalarining (printerlar,
skanerlar,
diskovodlar va boshqa qurilmalar), hamda foydalanuvchilarga tarmoqning barcha
(texnik, dasturiy, axborot) vositalaridan jamoa ko‘rinishida foydalanish
imkoniyatlarini yaratib beruvchi tizimiga aytiladi.
Tarmoqlarning asosiy vazifasi — foydalanuvchining tarmoqdagi
imkoniyatlardan sodda, qulay va ishonchli
ravishda foydalana olishini,
beruxsat kiruvchi chaqirilmagan mehmonlardan himoyalanish, tarmoq
abonentlari
orasida qulay, unumli va ishonchli axborot almashinishni
ta’minlashdir. Tarmoq tarkibiga kiradigan asosiy komponentlarni sanab o‘tamiz:
•
Serverlar — Foydalanuvchilarga taklif etiladigan kuchaytirilgan kompyuter
imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi bosh
kompyuter;
•
Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari (ish stantsiyalari) — Tarmoqqa
ulangan abonent kompyuteri;
•
Ma’lumotlarni uzatish kanallari — kompyuterlarni o‘zaro bog’lab
turuvchi
kommunikatsiya vositalari.
Kichik EHM, mikroEHMlar va nihoyat shaxsny kompyuterlar,
serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining
rivojlanishi
axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi - "Tarmoqlangan qayta ishlash"
texnologiyasini yaratishga asos bo‘ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi axborot tizimining shunday
bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin
o‘zaro axborot kanallari bilan bog’liq bo‘lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p
mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari
yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishlarida
amalga oshirilishi
mumkin.
Kompyuter tarmog’i- aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar to‘plami
bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog’i "
Tarmoq abonenti", "stantsiya" va "fizik uzatish
muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Tarmoq abonenti- Tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni
iste’mol qiluvchi ob’ektdir (tarmoqning har bir abonenti stantsiyaga ulanadi).
Stantsiya- axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq: vazifalarni
bajaruvchi ob’ekt. (Abonent va stantsiya birgalikda "Abonent tizimi" deb ataladi.
Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud
bo‘lishi kerak).