Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Billing tizimi
 
Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridayoq O‘zbekiston Respublkasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Biz yaqin yillar davomida aloqa va 
telekommunikatsiya rivoji bo‘yicha jahon standartlari darajasiga ko‘tarilishimiz 
lozim. Rivojlangan kommunikatsiya tizimi bo‘lmasa, O‘zbekistonning kelajagi 
bo‘lmaydi. Biz buni aniq his qilishimiz lozim”, — deya ta’kidlagan edi.


99 
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari
telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini 
rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni jahon standartlari darajasiga yetkazish 
maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi, 
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-
iyundagi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi (AK) faoliyatini tashkil etish 
masalalari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» 
aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki 
uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil 
aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ- 
2126-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash 
maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali 
foydalangan holda «O‘zbektelekom» AK filiallari uchun korporativ dasturiy 
ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi.
«O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan 
«TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi 
zamonaviy ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot 
resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘linmalarida axborot 
almashishning elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, xizmat 
ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan 
telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov 
uchun hisob-varaqalarini chiqarishdan iborat.

Download 3,06 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish