Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi
1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar.
2) Axborot xizmatlari.
3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish.
Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalarga — xizmatlarni aniqlash — 
qo‘ng‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan 
trafikdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni 
baholash — iste’mol haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar 
uchun to‘lovlarni shakllantirish, tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, 
yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, 
abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini boshqarish kabi vazifalar kiradi.
Axborot xizmatlari esa — abonentlar haqidagi operativ ma’lumotlarni qo‘llab-
quvvatlash, shaxsiy hisob-kitob haqidagi ma’lumotlarni abonentlarga taqdim etish, 
abonentlarga xabar berish, abonentlar holati va xizmatlarini boshqarishdan 
iboratdir. Moliyaviy xizmat ko‘rsatish — bu to‘lovlarni qayta ishlash, 


100 
abonentlarning debitorlik qarzlarini undirish va jarayonlarni boshqarishdan iborat. 
«TBilling» telefoniya yagona billing tizimining asosiy funksiyalariga quyidagilar 
kiradi:
• 
«O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalari abonentlarining yagona 
ma’lumotlar bazasini yuritish;
• 
Yagona me’yoriy-ma’lumotlar bazasini yuritish;
• 
Kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar 
bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, ya’ni mahalliy, 
shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha abonentlarning talablariga binoan 
so‘ralgan hisob-kitob davri uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish va ularni 
abonentlarga taqdim etish;
• 
Markazlashtirilgan holda abonentlarga barcha xizmatlar (abonent 
to‘lovi, davriy to‘lov, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, 
axborot-ma’lumotnomalarini va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish) bo‘yicha 
to‘lov hujjatlarini shakllantirish va taqdim etish;
• 
Barcha hisob va to‘lovlar bo‘yicha abonentlarga ma’lumot berish;
• 
Tahliliy, statistik va moliyaviy hisobotlarni tezkor shakllantirish 
hamda filial va korxonalarga yetkazish;
• 
Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish, ma’lumotlar 
bazasini himoyalashning yuqori darajali uslublaridan foydalanish;
• 
«O‘zbektelekom» AK tarmog‘iga kirish imkoniyati bo‘lgan 
respublikamizning
istalgan
hududidagi telekomunikatsiya 
xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish.
«TBilling» tizimidan foydalanish uchun quyidagi URL-manziliga murojaat 
qilinadi:
http://uzonline.uzbilling.uz:88/billing
Tizim uch tillik bo‘lib o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi
«TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modelini ko‘rib chiqaylik:


101 
«TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modeli
1) 
Boshqaruv samaradorligini oshirish va hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli 
olishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan mazkur tizimdan korporativ tarmoq 
orqali barcha filiallar foydalanadi. Tizim «O‘zbektelekom» AK filiallari va 
korxonalarining sotuv ofislarida, abonentlar bilan ishlash bo‘limlarida, hisob-kitob 
bo‘limlarida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, tizimdan kassirlar, texnik hisob 
olib boruvchi guruhlar, texnologlar va boshqalar foydalanishlari mumkin.
2) 
Abonentlar — operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki «Call-sentr» 
xizmati orqali bog‘lanadi.
3) 
Har bir filiallarda faoliyat ko‘rsatayotgan operatorlar o‘sha hududda 
istiqomad qiluvchi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni 
bevosita «TBilling» tizimi orqali bajariladi.
4) 
Barcha filiallar korporativ tarmoq orqali «TBilling» tizimidan 
foydalanishi esa yagona axborot fazosini tashkil qilishini ta’minlaydi.
5) 
Natijada, yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, mazkur 
ma’lumotlar bazasidan olingan hisobotlar «O‘zbektelekom» AKga taqdim etiladi.
Xulosa qilib, ta’kidlash lozimki, abonentlarga xizmat ko‘rsatishning yagona 
korporativ tizimini yuritish, ma’lumotlarni jamlash va uzatish bugungi kunning 
eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, bunda aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya 
xizmatlari uchun to‘lovlarni ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, 
«O‘zbektelekom» AK «TBilling» tizimidagi hisobotlar yordamida telefoniya 
xizmatlari to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlarni olishi, filiallar va 
korxonalarining sotuv ofislari, abonentlar bilan ishlash bo‘limlari, hisob-kitob 
bo‘limlari bilan masofaviy ishlash, ma’lumotlar almashish, boshqarish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Download 3,06 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish