94
Bu yerda quyidagi tasniflash keltirildi, umumiy ko‘rinishda
bu yerda axborot
tizimining kengaytirilishi inobatga olinadi (masshtablash)
Shaxsiy axborot
tizimi, bir kishiga mo‘ljallangan axborot tizimi
.
Guruhlangan
axborot
tizimi, korxona
bo
‘limi xodimlari axborotlardan birgalikda
foydalanishadi.
Tashkilot axborot tizimi, korxona doirasida axborot jarayonini to‘liq
qoplagan bo‘lib, ularni to‘liqliqini va ularni barchaga etkazib berish imkoniga ega
bo‘ladi.
Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sinflanishi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra
avtomatlashtirilgan, avtomatik va
avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy
apparat) uzining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish
va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga
ol-masa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnolo-giyalarni
boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan
tizimlar afzal
ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spesifikasidan
kelib chikib avtomatik bo‘lolmaydi. Odamlar bu
tizimlarda quyidagi asosiy
vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining
qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgar-tirib boriladi),
ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini
izlab
topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy
ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal
tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin,
bu tizimni boshlangach axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq
avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan,
kadrlarni
hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar).
Avtomatlashtirilmagan ATida axborotlar texnika vositasisiz xodimlar
tomonidan bajariladi.
Avtomatik ATida barcha axborot jarayonlari xodimlarsiz amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu ma’lumotlar jamlanmasi,
iqtisodiymatematik usullar va modellar, texnikaviy, dasturiy, texnologik vositalar
va mutaxassislar bo‘lib ma’lumotlarni qayta ishlash
va qaror qabul qilish uchun
mo‘ljallangan. AATning tasnifi quyidagicha qabul qilingan: