91
Har kanday axborot tizimining asosida texnik vositalar turadi. Ularning
ishlash tezligi va ishonchligi bevosita axborot tizimining samaradorligini
ta’minlaydi.
Birmashinali birprotsessorli Axborot tizimi. Eng keng tarkalgan axborot tizimi
bu yagona hisoblash mashinasi negizida bulib, u ham uz navbatida bitta
protsessordan iborat buladi. Bu borada juda katta tajriba tuplangan, shu bois bunday
axborot tizimlarini yaratish va ular uchun dasturiy ta’minotni tuzish muammo
tugdirmaydi. Ammo bunday axborot tizimlari samaradorligi xozirgi kunda
hammani ham koniktirmayapti.
Hisoblash majmuisiga asoslangan Axborot tizimi. Hisoblash majmuisi bir
necha protsessordan
iborat
bulib,
u
yagona
tashki
kurilmalardan
va umumlashtirilgan yoki taksimlangan tezkor xotiradan iborat
buladi.
Shuni takidlash lozimki, xozirli zamonaviy tizimlar orasida klasterli tizimlar
tez rivojlanib ketdi.
Agar taksimlangan xotira bevosita alohida kompyuter va operatsion tizim
bilan ta’minlangan bulsa, bu klasterli (clusters) tizim hisoblanadi.
Klasterlarda har bir blok boshqalari bilan aloka kanallari orkali boglanadi,
undagi tezlik kamida 10 Gbit/sek bo‘ladi.