87
Nazorat savollari:
1.
Ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
2.
MBBT asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
4.
MS Access dasturi qanday menyulardan tashkil topgan?
5.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash deganda nimani tushunasiz?
6.
Ma’lumotlar bazasida so‘rovlarni
amalga oshirish nimaga
kerak?
7.
Konstruktor lentasida qanday boshqaruv tugmalari joylashgan?
8.
Hisobotlarni tayyorlashning necha hil samarali usulu mavjud?
11-Mavzu: Аxborot komplekslari o‘rtasida o‘zaro integratsiyasi.
Reja:
1.
Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha.
2.
Integratsiyalashgan axborot tizimlari.
3.
Axborotdan umumiy foydalanish tizimi.
4.
Global axborot tizimlari.
5.
Geoaxborot tizimlar haqida tushuncha va ularning ishlash
texnologiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: Аxborot komplekslari, integratsiya, Axborotdan
umumiy foydalanish, Global axborot tizimlari, Geoaxborot tizimlar.
Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha.
Mazkur
tizim birgalikda harakat
qiluvchi
kompyuterlar
va
telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va
qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv
jarayoni insonning eshitish,
ko‘rish, anglash a’zolari
orqali qabul qiladigan nutq
, ma’lumot yoki tasvirlar bilan
boshlanadi va tugaydi. Keladigan – chiqadigan bu elementlar o‘rtasida
kompyuterlashgan axborot tizimida turli darajadagi elektron mahsulotlar bo‘ladi.
Bular –
operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini bio‘qarish tizimi, amaliy
dasturiy ta’minot va axborotning o‘zidir. Ushbu axborot
va dasturiy vositalar
88
hamda komponentlardan ko‘-pincha aynan bir paytda va o‘sha vaqtda foydalanib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o‘ziga xos tomoni
shundaki, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib ketadi.
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning
talabiga
muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayd etish, uzatish, saqlash, tuplash, qayta ishlash,
tayyorlash va taqdim etishga mo‘ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan
qaraganda, axborot tizimi – bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim
o‘rtasidagi vositachi sanaladi.
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot
tizimi tizimdagi ma’lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amal-ga oshiradi.
Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo‘lib qarorlar
qabul qilish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo‘lgan vazifaga muvofiq va ushbu
vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.
Axborot tizimining funksional modeli. Axborot tizimining funksional
modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
Mazkur
modeldan kurinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot
obektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot
makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va
joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot ob’ektlarini o‘zida saqlaydi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga
kelishini quyidagi asosiy
protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va
chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi to‘rtinchi va beshinchilari esa
maz-kur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o‘rtasidagi
aloqani
ta’minlaydi.
89
1 – axborotni tashkil etish, saqlash va taqdim etish tizimi;
2 – axborotni kiritish, yangilash va tuzatish tizimi;
3– axborotni iste’mol qilish tizimi.