Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

“Тип данных” (Ma’lumotlar turi) –Yartilayotgan MBni MS Access 
dasturi ma’lumotlarni saralash uchun “Тип данных” (Ma’lumotlar turi)dan 
foydalanadi. Har bir nomga tegishli ma’lumotlar, ma’lumot turi bilan farqlanadi. 
“Тип данных” (Ma’lumotlar turi) o‘zida quyidagi “Текстовый” (Matnli), Поле


81 
МЕМО (Memo maydon), “Числовой” (Raqamli), “Дата/время” (Sana va 
vaqt), “Денежный” (Pul birliklari), “Счетчик” (Sanovchi), “Логический” 
(Mantiqiy), “Поле объекта OLE” (OLE maydoniga tegishli obyekt),
“Гиперссылка” (Giper murojaat), “Вложение” (Ilova), “Вычисляемый” 
(Hisoblovchi), “Мастер подстановок” (Qidirish ustasi) kabi obyektlardan tashkil 
topgan.
2.1. 
“Текстовый” (Matnli) –bu maydon o‘zida matnli ma’lumotlarni 
saqlaydi. Maydonning umumiy kengligi 255 belgidan oshmaydi. Foydalanuvchi bu 
maydon kengligini kamaytirishi mumkin.
2.2. 
“Поле МЕМО” (Memo maydon) –bu maydonham o‘zida matnli 
ma’lumotlarni saqlaydi. Maydonning umumiy kengligi 65 536 ta belgilardan iborat 
bo‘ladi. Kompyuter xotirasidan 1-2 GB gacha joy egallaydi.
2.3. 
“Числовой” (Raqamli) –bu maydon o‘zida faqat (butun yoki kasr) 
raqmlarini qabul qiladi va hisob-kitob ishlari uchun mo‘ljallangan. Bu maydonga 
kiritilgan raqamlarga qarab, kompyuter xotirasidan 1-16 baytgacha joy egallaydi.
2.4. 
“Дата/время” (Sana va vaqt) –bu maydon o‘zida faqat sanani qabul 
qiladi. Maydonga ma’lumot kiritish uchun sichqoncha bir marta bosilsa avtomat 
ravishda joriy sana chiqadi. Ushbu tur o‘zida matnli yoki boshqa obyektga tegishli 
bo‘lgan ma’lumotlarni qabul qilmaydi. Kompyuter xotirasidan 8 baytgacha joy 
egallaydi.
2.5. 
“Денежный” (Pul birliklari) – nomidan ham bilinib turibdiki, bu 
maydon o‘ziga faqat pul birliklarini qabul qiladi. Pul birliklarini, “Свойства поля” 
(Maydon xususiyatlari) → “Формат поля” (Maydon formatlari)dan 
o‘zgartirishigiz mumkin.
2.6. 
“Счетчик” (Sanovchi) –bu turdagi maydon, avtomatik o‘sib boruvchi 
hisoblanadi va o‘zida 4 baytgacha bo‘lgan raqamlarni saqlaydi. Uning asosiy 
faoliyati, kalit sifatida MBlarni bir-biriga bog’lashdir.
2.7. 
“Логический” (Mantiqiy) –bu turdagi maydon, o‘zida faqat mantiqiy 
(ha yoki yo‘q, 0 yoki 1, rost yoki yolg’on) qiymatlarni saqlaydi. Kompyuter 
xotirasidan 8 bitdan-1 baytgacha joy egallaydi.
2.8. 
“Поле объекта OLE” (OLE maydoniga tegishli obyekt) –bu turdagi 
maydon, o‘ziga, keyinchalik forma yoki hisobotlarni tayyorlash uchun xizmat 
qiladigan va MS Office dasturlari tarkibiga kiruvchi, rastirli kengaytmaga ega 
bo‘lgan obyekt (matn, diagramma, va h.k.z)larni qabul qiladi. Faqat, kompyuter 
xotirasidagi MB OLE-serverga ulangan bo‘lishi kerak, aks holda obyektlar boshqa 
bir belgilarga o‘xshab qoladi.
2.9. 
“Гиперссылка” (Giper murojaat) - bu turdagi maydon internetdagi 
yoki lokal tarmoqdagi MBga (giper murojaat) tezkor o‘tish uchun xizmat qiladi. 
Shuningdek, yaratilgan MB tarkibida mavjud boshqa obyektga o‘tishni ham 
ta’minlashi mumkin. Bu turdagi maydon kompyuter xotirasidan 1 GBaytgacha joy 
egallaydi.


82 
2.10. “Вложение” (Ilova) – bu turdagi maydonga, elektron hujjatlarni
elektron jadvallarni, rasmlarni, diagrammalarni va boshqa obyektlarni umuman bir 
nechta fayllarni ilova qilish mumkin. Ilova maydoni, kiritilgan ma’lumotlarni qayta 
ko‘rib chiqish va o‘zgartirish imkoniyatini yaratib beradi. Foydalanuvchilarga bu 
turdagi maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni zichlashtirish tavsiya qilinadi.
Chunki bu turdagi maydon, zichlanmagan holda ma’lumotlarni - 700 
Kbaytgacha, zichlangan holda esa – 2 Gbaytgacha ma’lumotlarni qabul qiladi.
2.11. “Вычисляемый” (Hisoblovchi) – bu turdagi maydon, boshqa tur 
maydonlari (raqamli, matnli, pul birliklari, sana va mantiqiy)ni hisoblash (qo‘shish, 
ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish) uchun mo‘ljallangan.
2.12. “Мастер подстановок” (Qidirish ustasi) –bu turdagi maydon, 
foydalanuvchiga kiritilgan ma’lumotlarni ro‘yhat bo‘yicha taqdim qiladi. Agar 
ro‘yhat, jadval yoki so‘rov bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, demakki ma’lumotlar jadval 
ko‘rinisha taqdim qilinadi, aks holda bir butun ma’no sifatida aks ettiradi. Bundan 
tashqari bu turdagi maydon, jadvallarni bir-biriga bog’lashda va ma’lumotlar 
butunligini ta’minlashda ham xizmat qiladi.

Download 3,06 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish