2.
Mеnyu qatori (gorizontal mеnyu). Microsoft Office dasturlar paketi
tartkibida joylashgan boshqa amaliy dasturlardan ko‘ra MS Access dasturining
menyular qatori kam bo‘limlarga egaligi bilan ajralib turadi. Unda quyidagi
bo‘limlar mavjud: [Файл] (Fayl), [Главная] (Asosiy), [Создание] (Yaratish,
hosil qilish), [Внешние данные] (Tashqi ma’lumotlar), [Работа с базами
данных] (Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash).
Har bir menyu ustiga sichqoncha bilan kelib bosilsa, shu menyuga tegishli
bo‘lgan lenta aks etadi. Quyida biz har bir menyuning vazifasi va lentalarning
ko‘rinishini havola etamiz.
1.[Файл] (Fayl) –ushbu menyu yordamida foydalanuvchilar, elektron hujjat
haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, yangi ma’lumotlar bazasini hosil qilishlari,
kompyuter xotirasida mavjud hujjatlarni ochishlari, hujjatlarni o‘z hohishlariga
binoan kompyuterning ixtiyoriy diskida saqlashlari, bosmaga chiqarishlari,
umumiy foydalanishni cheklashlari, parol qo‘yishlari, boshqa fayl kengaytmalariga
eksport qilish va elektron hujjatdan chiqib ketishlari mumkin.
77
28-rasm. [Файл] (Fayl) menyusining ko‘rinishi.
Yangi ma’lumotlar bazasini yaratishdan avval, [Файл] (Fayl) menyusida
joylashgan
[Создать]
(Yaratish)
buyrug’ini
bosamiz.
Bu
yerdan
foydalanuvchining talabiga ko‘ra bir qancha obyektlar joylashtirilgan. Ushbu
obyektlardan “Пустая база данных рабочего стола” obyekti tanlanadi va unga
xoxishga ko‘ra yangi nom beriladi (masalan: Axborot texnologiyalari) va
“Создать” tugmasi bosiladi.
29-rasm. Yangi yaratilinayotgan ma’lumotlar bazasi oynasining
ko‘rinishi
2.2.
[Главная] (Asosiy) –ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar,
kompyuter xotirasidagi obyektlarni joylashtirishlari, biror-bir obyektni
qirqib olishlari, shrift kata –kichikligini o‘rnatishlari, belgilangan matn
bo‘laklarini qalinlashtirish, qiya qilib yozish va tagiga chizishlari, kiritilgan
matnga rang berish, yozuv turuni o‘zgartirish, biror bir obyektni tez qidirib
topish, ma’lumotlarni filtirlash, kiritilgan yozuvlarni orfografik
tekshirishlari, jadval kengligi, balandligini o‘zgartirish va boshqa
amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
|