|
Kirish. Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni boshqarish axborot tizimining nazariy asoslari
|
bet | 1/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,67 Mb. | | #241711 |
Bog'liq kurs ishiga shablon (1)
Kirish.
1. Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni boshqarish axborot tizimining nazariy asoslari.
1.1. Elektron arxivlar va hujjatlar axborot tizimini xozirgi kundagi ahamiyati.
1.2. Elektron arxivlar va hujjatlar bilan ishlashda mavjud tizimlarning imkoniyatlari.
1.3. Masalani qo’yilishi.
2. Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni boshqarish axborot tizimini loyihalash.
2.1. Axborot tizimini loyihalashga mo’ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlari.
2.2. Elektron arxivlar va hujjatlarni axborot tizimini boshqarish tizimining UML diagrammalarini ishlab chiqish.
2.3. Elektron arxivlar va hujjatlarni ma’lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish.
3.Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni ro‘yxatga olish axborot tizimini loyihalash va boshqarishni dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.
3.1. Elektron arxivlar va hujjatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish uchun dasturiy vosita.
3.2. Elektron arxivlar va hujjatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish texnologiyasi.
3.3.Dasturdan foydalanish yo’riqnomasi.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.
Ilovalar.
Kirish
Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba sifatida xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi.
Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari va boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar, vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan. Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi
|
| |