Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»




Download 414,79 Kb.
bet1/51
Sana24.03.2017
Hajmi414,79 Kb.
#1202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51

ADABIYOT - SO'Z SAN'ATI

uvchi! -

ildan boshlab «Adabiyot» darsini alohida o'qiy boshlayapsiz. Endi Ali'

Zahiriddin Muhammad Bobur kabi nomlari butun jahonga yoyilgan

Jarimizning hayot yo'llari bilan kengroq tanispasiz. Asarlaridan bahramand

va mustaqillik yo'lida jonlarini fido etgan Qodiriy, Hamza va Usmon g Vatan va millat haqidagi o'tli satrlari qalbingizga cho'g' tashlashiga I;lugungi kunning ardoqli shoirlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlar

'1Z shonli tarixidan hik6ya qilib, porloq kelajakdan bashorat etuvchi go'zal

p'ylaymizki, Sizning qalbingizga ham zavq va surur bag'ishlaydi.

izdagi «Adabiyot» kitobi shu bilan cheklanmaydi. Unda yurtimiz tarixi Iq olis afsona va ertaklar, bobolar hikmatidan, xalqimizning o'z shoiridek n Sa'diy Sheroziy, noyob asarlari bilan dunyo adabiyotida yangi sahifa )p, H. K. Andersen, S. Ekzyuperi kabi adiblar ijodi bilan ham tanishasiz. Liar zavq-u ilhomgina emas, nur va hikmat ham beradi. Go'zallik va :llik olamiga kirasiz.

da bosgan qadamingiz qutlug' bo'lsin!

Taqrizchilar:

rlOV A, Respublika Ta'lim markazi «Filologiya fanlari» bo'limining bosh metodisti; V A, Toshkent viloyat pedagog xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish

instituti «Til va adabiyot ta'limi» kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent;

OROYA, Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2-umumiy o'rta maktab

o'qituvchisi.



lika maqsadli kitob jamg' armasi hisobidan ijara uchun chop etildi.

t. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / S. Ahmedov, R. Qo'chqorov. Sh. Rizayev. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. 2007. - 352 b.

ov S. va boshq.

11

BBK 83.3(5U)ya72



43-00-160-2

@ «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007.

--,-,,"

r;

QimmatIi farzand, o'zingizning uch-to'rt yasharlik paytingizni eslay



sizmi? Yodingizda bo'lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko'rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko'ra ertak eshitishni ko'proq yaxshi ko'radi.

Shunday ham bo'ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o'nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog'i bilan eshitaveradi. Ularga ertak

voqealari yod bo'lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko'zlarini kattakatta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi. .

Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she'rlar

odamni bu qadar o'ziga tortadi, deb o'ylab ko'rganmisiz?

Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik.

To'rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi

boshqa mavjudotlardan o'zining ftkrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat

o'ylaydi, ftkrlaydi, balki bu ftkr-o'ylarini so'zlar orqali boshqalarga

ham bildira oladi.

Odamlar ftkrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda

ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki narsalar onlsidagi 0 'xshash, bir - birini takrorlovchi jihatlarni ilg' aydi. Mana

shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) ftkrlash hodisasi yuzaga

keladi.


«Obrazli fIkrlash» degan ibora Sizga sal og'irlik qilayotgan bo'lsa,

buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz. . .

Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e'tibor bering. Ular

osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh

ulkan odam qiyofasini ko'rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida

sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog'ining chekkasidan o'tadigan



poyezdga o'xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg'aldoq bilan qoplangan

'i
dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o'sha narsalaming surati timsolini keltiradi. Qo'lidagini xayolidagiga o'xshatib yasash,ga urinadi.

Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko'rinisWari aks etadi. Ertak qahramonlari so'z va obrazli ifodalar yordamida ko'z oldingizdajonlanadi, turli sarguzashtlami boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qjlinadiki, o'zingizni xuddi ulaming ishtirokchisidek his qilasiz.

Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so'z yordamida jonlantirishga moyillik, so'z san'atiga - adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo'ladimi? Albatta, bo'ladi!

Ana endi ertak, she'r, hikoya ko'rinishida namoyon bo'ladigan adabiyot - so'z san'atining o'zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo bo'ladi, degan savolga javob izlab ko'raylik.

Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o'zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari

juda ko'p xususiyatlar ham xosdir.

Tarix to'g'risidagi hikoyalardan bir narsani bilib oldingiz. Ya'ni ibtidoiy odamlar o'zini o'rab turgan tabiat hodisalari qarshisida ancha ojiz edilar. Boshqa mavjudotlarning tabiiy imkoniyatlari odamlaming havasini keltirardi. Inson baliqdek suv ostida suzishni, qusWardek osmonda uchishni orzu qilmasdi, deb o'ylaysizmi? Albatta, orzu qilardi.

Yoki bo'lmasa, yo'lsizlikdan qiynalgan odamlar ko'z ochib yumguncha o'zlari intilgan manzillarga borib qolishni juda-juda istardi. Sovuq o'lkalarda yashaydigan odamlar quyoshning tansiq nurlariga qancha talpinishsa, sahroda hayot kechiradiganlar bag'rida sharqirab suvlar oqib yotadigan yashil vodiylami ko'rgilari kelardi.

Biroq, orzu-xayol bor edi-yu, uni ro'yobga chiqarish oson emas edi. Odamlar bu orzulariga hayotda yetisha olmasa ham xayolda yetishishga, ular to'g'risida turli hikoyalar to'qib, o'zlarini yupatishga kucWi ehtiyoj

sezardi. Bu orzu-istaklarga to'la hikoyalar keyinchalik ertak, afsona, rivoyat degan nomlar oldi.

Tabiati va tarixi turli xiI o'lkalar xalqlarining ertak va afsonalari ham bir-biridan yaqqol farq qilishini sezasiz. Masalan, ko'p bora ocharchilikni


boshidan hirgan o'lkalarda tarqalgan ertak va afsonalarda nonga yetishish eng. katta baxt sanalsa, turli bosqinchilar zulmidan bezgan xalqlar dovylir,a'k, yengilmas, mardona farzandlami qo'msab dostonlar yaratgan.

Demak, adabiyot insonning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to'g'risidagi tushunchalarini badiiy so'z yordamida ifoda etishi ekan. Adabiyotning asosiy ifoda vositasi esa badiiy so' z hisoblanarkan.

Adabiy asarlar bilan Siz ham albatta do'st tutinishingizga ishonamiz. Chunki adabiyot Sizning didingizni o'stiradi, fikrlash qobiliyatingizni kuchaytiradi, odob-axloqingizni yanada chiroyliroq bo'lishiga ko'maklashadi.

Adabiy asarlarni o'qigach, har kungi ko'rayotganingiz olamning

naqadar rang-barang ekaniga e'tibor bera boshlaysiz. Jonsiz narsalarga jon kirgandek, bir joyda qimirlamay turgan narsalar «oyoq chiqarib yurayotgandek» bo'ladi. Demak, Siz dunyo nafosat bilan yaratilganiga, undagi har bir narsaga go'zallik qidirib boqish lozimligiga iqror bo'lasiz.

Estetik (nafosatli) didingiz rivojlanadi. .

Shu o'rinda Q'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qo'shiqqa aylanib ketgan «Vatanim» nomli she'ridagi quyidagi misralami eslash kifoyadir:

ShodQn kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

N olon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga. .

Singlim deymi,

Qnam deymi,

Hamdard-u hamxonam deymi,

Qftobdan ham o'zing mehri

Ilig'imsan, Vatanim.

Vatanni onaga qiyoslashlarini, uni «ona Vatan» deb atashlarini ko'p eshitgansiz. Shoir o'z she'rida mana shu tushunchaga go'yo jon baxsh etadi, Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizadi.

Kimdir ko'nglingizni og'ritganida, ko'zlaringizga yosh to'lib ko'chadan kirganingizda onangiz Sizni qanday yupatishini eslang. Shoir uchun Vatan ham xuddi shunday - dunyo tashvishlari uni «nolon»


".e.' '" .."'"., ,.",.,-.,.,.-." "', -.ec., "',.,,''''''- ,r-".- ". -..-......

i

olga solgjiilida.- qalbini tirnaganida Vatan yuzlarini uning yuziga bosadi,



Vupanch beradl. Bu yupanch: ?

qudratli xalq bag'ridan oladigan iliqlik;

yurt quchog'ida emin-erkin yashash quvonchi;

shoir farzandini ardoqlashga tayyor el ishonchi bo'lib, unga tasalli

eradi.

Bunday misralar bag'riga jo bo'lga badiiy go'zallik Sizning ham o'nglingizga ko'chishi tabiiydir. Go'zallikdan bahra olarkansiz, Vatanga o'lgan mehringiz yanada ortadi, unga munosib farzand bo'lish istagingiz at'iylashadi.



Adabiyot o'zining nafisligi bilan Sizni dag'allik, befarqlik, yovuzlik

ingari yomon odatlarga o'rganib qolishdan asraydi. U ruhingiz va yuragigizning pok bo'lishiga, ezgu niyatlarga osOOo bo'lishingizga ko'maklashadi.

Adabiy asarlar faqat badiiy didingizni o'stiribgina qolmay, bilim

t

aringiZni kengayishiga, boyishiga ham beminnat xizmat qiladi.



Masalan, tarixiy mavzuda yozilgan asarlami o'qib, avvalo o'zbek

alqi, qolaversa, boshqa millatlar o'tmishini ham yaqqol ko'z oldingizga J<.eltirasiz. Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning turishturmushi, orzu-o'ylari, hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz.

\ Yoki ilmiy-fantastik yo'nalishdagi asarlarni olaylik. Ularda insoniyat o'z hayotini osonlashtirish, yashash uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo'lish uchun qanday izlanisWar olib borgani, bu yo'lda ne-ne to'siqlarga duch kelgani tasvirlanadi. Bulaming bari bilimingizni ko 'paytiradi, Sizni narsalar, voqealar, eng muhimi, odamlar to'g'risida chuqurroq o'ylashga, hamma narsaning.mohiyatini anglab olishga chorlaydi.

Bir narsani yoddan chiqarmangki, odamzod yaralganidan buyon adabiyot unga hamroWik qiladi. Ijodkor adabiy asar bag'riga o'zining rIkr-o'ylari, orzu-armonlarini to'kilrsolsa, boshqa bir odam ularni eshitib yoki o'qib behad" ta'sirlanadi. U ham ijodkor dardiga oshno bo'ladi, o'zgalar tuyg'ularini his etishni o'rganadi.

Badiiy asarlar insonning ma'naviy kamol topishida beqiyos ahamiyatga egadir. Odam onadan tug'iliboq ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lib qolmasligini yaxshi tushunasiz. Kishi bu fazilatlarga tinimsiz o'qib-o'rganish, ustozlar ta'limini olish, hayotni chuqur kuzatib, ibratli tajribalar to'plash orqaligina ega bo'ladi. Mana shu jarayonda adabiyotga murojaat qilish nihoyatda katta samara berishi shubhasizdir.

,,-Poytaxtimiz T oshkentning markazida joylashgan 0' zbekiston Milliy bog'iga ulug' mutafakkir Alisher Navoiy haykali o'matilgan. Uni o'rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari bitilgan:

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig', Yor o'lung bir-biringizgaki, emr yorlig' ish.

Shoir tomonidan bu misralar yozilganiga besh yuz yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bugun televizorni qo'ysangiz, dunyoning hali u, hali bu chekkasida bombalar portlayotganiga, yuzlab, minglab kishilar bir-birlarini ayovsiz o'ldirayotganiga guvoh bo'lasiz. O'shajanglar oqibatida qurbon bo'layotgan begunoh odamlar ham xuddi Sizdek tirikjon ekanini o'ylarkansiz, Navoiy bobomiz naqadar haq ekanini ich-ichdan his qilasiz. Toki dunyoda kishilarning bir-birlariga dushmanlik qilisWari to'xtamas ekan, shoirning bu o'tli da'vati o'z ahamiyatini saqlab qolishiga amin bo'lasiz.

Adabiy asarga bir qiziqib qolgan kishini undan ayirib olish nihoyatda qiyin. Shaharlik bolalar avtobus yoki metroda o'qishga ketayotganida, qisWoqlik o'quvchilar esa anhor bo'ylari yoki dala-dashtlarda boshini kitobdan ko'tarmay o'tirgan aka-opalarini ko'p uchratgan bo'lsalar kerak. Qiziqib ko'ring-a, ular qanday kitob o'qishayotgan ekan. Ishonavering, ulaming aksariyati badiiy kitoblar bo'ladi!

Xo'sh, nega badiiy asarlar kishilami bunchalik qiziqtiradi?

Gap shundaki, bu kitoblarda xuddi Sizdek, aka-ukalaringiz, opa

singillaringiz, ota-onangizdek odamlarning taqdiri hikoya qilinadi. Dunyoda esa insonning taqdiridan qiziqroq narsaning o'zi yo'q.

E'tibor bering: o'zingiz yo ukangiz eshitayotgan ertakdagi qusWar-u hayvonlar ham xuddi odamdek gapirgani, bir-birlari bilan muomala qilgani, nimalamidir talashib-tortishgani-yu nimadandir ayrilib jazo

langani uchungina Sizga qiziqarlidir. '

Masalan, tabiatdagi tulki aslida ayyor bo'lmasligi mumkin, biroq u ertakda o'ta ayyor-hiylakor kishilarning timsoliga aylanadi. Xuddi shunday gapni yalqov, tepsa-tebranmas ayiq to'g'risida ham, dovyurak, chapdast yo'lbars haqida ham aytsa bo'ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, go'yo hayvonlar to'g'risidagidek bo'lib ko'ringan ertaklar, masallar ham aslida odamlar haqida ekan. Shu tufayli ham o'quvchilarni o'ziga jalb qilar ekan.

Adabiy asarlar turli-tuman shaklda, uslubda yaratiladi.


) Katta-kichik she'rlar, she'riy masallar, ballada va dostonlar bir bo'lib adabiyotning she'riyat degan turini hosil qiladi. Ularning barchasi ohangdor she'riy usulda, shoirlar tomonidan yaratiladi.



Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib, so'z san'atining nasr deb atalgan turini tashkil etadi. Nasriyasarlarni nosirlar, ya'ni yozuvchilar ijod qiladi. Nasriy asarlar she'riy yo'l bilan emas, balld oddiy hikoya usulida yoziladi.

Adabiyotning yana bir turi - dramaturgiya deb nomlanadi. Bu turga kichik sahna asarlari bo'lmish intermediyalardan tortib yirik drama,

komediya, tragediya singari sahna tomoshalari kiradi. Muallif dramaturgning ixtiyoriga ko'ra bu asarlar she'riy yo'l bilan ham, nasriy yo'l bilan ham yozilishi mumldn.

Haqiqiy adabiyot vaqtda ham, hududda ham chegara bilmaydi. Ya'ni qachon va qaysi tilda yaratilgan bo'lmasin, ezgulikni, so'lmas go'zalliklami tarannum etgan asarlar barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo'lib qolaveradi. Deylik, «Alpomish» yoki «Odissey» (qadimgi yunon adibi Homer asari) dostonlari yaratilganidan beri orad an ming yillar o'tgan bo'lsa-da, hali hamon o'quvchilami hayajonga solaveradi. Nemis shoiri Gyote asarlarini o'zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Bobur Mirzoning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o'qib-o'rganadilar.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, adabiy asarda faqat go'zal tashbehlar o'rin olibgina qolmay, balki juda boy ma'naviy-ma'rifiy, hatto ilmiy ma'lumotlar ham istagancha topiladi. Shu ma'noda har qanday xalq to'g'risidagi eng to'g'ri va ta'sirchan ma'lumotni o'sha xalqning badiiy

adabiyotidan olsa bo'ladi. Demak, adabiyotni, hech ikkilanmasdan, millatning tarjimayi hli deb e'zozlasak ham arzir ekan.

Si, muhtaram o'quvchi, bugundan boshlab mana shunday muhim

va mo'tabar san'at turining mo'jizakor olamiga sayohatga chiqasiz. Y ozuvchi -shoirlar hayoti hamda ularning asarlari bilan tanishish orqali o'zbek va boshqa qator xalqlarning taqdiri, ko'hna va yaqin tarixi, madaniyati, urf-odatlarini yaqindan bilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Hozirgacha Sizga tanish bo'lmagan yuzlab qahramonlar juda yaqin kishingizga, do'stingizga aylanishi mumkin. Ishonamizki, Siz bunday noyob imkoniyatdan albatta foydalanasiz va adabiyot atalmish so'z san'atini o'zingizga doimiy hamroh qilib olasiz.


MAQOLLAR

Maqol deb eshitgansiz, albatta. Kishilar uni ko'pincha, o'zaro suhbatda, bir-birlari bilan gaplashganlarida ishlatadilar. O'zingiz ham uni necha martalab ishlatgansiz, faqat e'tibor qilmagansiz.

Maqol ibratli so'zdir. Shunday so'zki, so'zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta'sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo'ladi. Kimki uni ko'p ishlatsa, o'shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. Shu sababli, maqollar badiiy adabiyotda, ya'ni she'r va dostonlarimizda, hikoya va romanlarimizda ham ko'p ishlatiladi. Hatto, boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bm. Masalan, Gulxaniy degan shoir butun bir asarini «Zarbulmasab deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Boyo'g'lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo'lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Ko'ryapsizki, maqolda gap ko'p.

«Maqob, aslida arabcha, «so'z» degan ma'noni bildiradi. Uni «otalar so'zi» ham deydilar. Bunday nomlash maqolni tushunishni osonlashtiradi. Haqiqatan ham, u ota-bobolarimizning qadim-qadimlardan ishlatib kelgan so'zlari. Shu paytgacha eskirmay kelgan, unutilmagan so'zlar.

Zamon o'tishi bilan ko'p so'zlar eskiradi.- O'rniga yangisi keladi.

Vaqti kelib, o'sha yangisi1lam o'zgaradi, o'rniga boshqasi keladi. Masalan,

...

«qo'bni bir vaqt1ar «al» deyishgan. Hozir buni yoshlar emas, kattalar



ham tushunmaydilar. Til-adabiyot bilan shug'ullanuvchilargina biladilar. «Dunyo»ni «ochun», «kitob»ni «bitik» der edilar. Ko'ryapsizki, hamma narsa o'zgarishda ekan. Maqollar ham o'zgaradi, lekinjuda sekin o'zgaradi.

So'zlari o'zgarganda ham maqsadi, mazmun-mohiyati o'zgarmaydi.

Xo'sh, shunday qilib, maqol degani nima ekan?

Maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko'rgan

kechirganlari, tajribalari asosida kelgan xulosa so'zlaridir. Masalan,

--


- 10 h

, '


-
«Ona yurting omon bo'lsa, rangi ro'ying somon bo'lmas», deymiz. Bu so'zlar amirida vatanidan ayrilib, musofirlikning achchiq alamlarini tortgan, 'kishining, begona yurtlarda, notanish odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro'yi somon bo'lgan kishining achchiq iztiroblari yotibdi. Yo bo'lmasa, «O'zgalar yurtida suit on bo'lguncha, o'z elingda cho'pon bo'!» degan maqolni oling. Bu so'zlar tagida ham achchiq tajribalar, boshdan kechirishlar yotibdi. Beixtiyor shoh va shoir bobomiz Bobur yodga tushadi. Hindistonday katta mamlakatga podshohlik qilgan kishi yurtdoshlari Andijondan qovun olib borganlarida yig'lagan edi. Haqiqatan ham, Vatan mehridan kuchli narsa dunyoda yo'q.

Maqol yana qanday belgi-xususiyatlarga ega bo'ladi?

Maqolda fIkr aniq, xulosa tugal, ifoda lo'nda bo'lishi lozim. Va, albatta,

ibratli fikr aytilishi talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo'lishi kerak. Bularning hammasini yuqoridagi misollarda ko'rish mumkin.

Ko'plab maqollarda ichki qofiya bo'ladi. Masalan, yuqoridagi ikki misolning birinchisida «omon» bilan «somon», ikkinchisida «sulton»

bilan «cho'pon» o'zaro ohangdosh, ya'ni qofiyadoshdir. Shu jilratdan ular topishmoqlarga o'xshab ketadilar. Masalan, «Pak-pakana bo'yi bor, yetti qavat to'ni bor», desak, bu yerda ham «bo'yi» va «to'ni» so'zlari qofiyadosh. Shunga qaramay, u maqol emas. Chunki unda xulosa yo'q. Hukm yo'q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so'zlar bir narsani bekitishga qaratilgan. U narsaning belgilari berilyapti, xolos. Maqolda esa, aksincha, xulosa beriladi.

Maqol she'riy shaklda ham bo'lishi mumkin. Masalan:

Oltovlon ola bo'lsa, Og'zidagini oldirar.

To'rtovlon tugal bo'lsa, Tepadagini endirar.

Maqol birlik, o'zaro ittifoqlik haqida. Bir kishining olti o'g'li bo'lsayu, ular bir-birlari bilan ahil bo'lmasalar, og'zilaridagmi oldiradilar. Ulami istagan odam xafa qilaverishi mumkin. To'rt aka-uka bo'lsa-yu, ahil bo'lsalar, ular ko'p ish qila oladilar. Ya'ni: ahillik bo'lsa, oz od am bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo'lmasa, ko'p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan. Bu - ma'nosi.

_.'" 1] .r.
'

Ifodaga kelsak, «oltovlon» ko'pchilikni, «to'rtovlon» ozchilikni

anglatyapti. «Ola bo'lmoq» noahillikni, «tugal bo'lmoq» ahillikni bildirmoqda. «Og'zidagini oldirmoq» bor narsalarini boy berib qo'ymoq, «tepadagini endirmoq» qiyin, murakkab ishlarni ham osongina hal qilmoq ma'nolarini anglatyapti.

Maqolda o'sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe'l-atvon, ruhiyati, qo'yingki, butun borlig'i aks etadi. Shunga ko'ra, maqollar xilma-xil mavzularda bo'lishi mumkin. Masalan, do'stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.

Maqollarda ko'pincha so'zlar ko'chma ma'noda ishlatilgan bo'ladi. Ularni o'z ma'nosida tushunsak, kutilgan ma'no chiqmaydi. Masalan, «Dehqon bo'lsang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqolidagi so'zlar o'z ma'nosida qo'llangan. Lekin «Qazisan, qartasan - axir aslingga tortasan», «Olma olmadan uzoq tushmaydi», «Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi» kabi ma'no jihatidan bir-birigajuda yaqin bo'lgan maqollarda so'zlar o'z asl ma'nosida emas. Ularda gap aslida «qaziqarta», «olma», «qarg'a» haqida emas, odam va uning fe'l-atvori haqida. Shuning uchun ham ular ko'chma ma'nQda ishlatilmoqda deymiz.

Aziz farzand, xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning siz bilan bizga qoldirgan xazinalaridan. Ularni izlab toping, sevib o'rganing. Kerak o'rinlarda foydalanishni odat qiling. Shunda ular butun umringiz davomida hamrohingiz bo'ladi. Har bir gapirgan gapingizning salmog'i oshadi. Sermazmun, ta'sirchan, keskir bo'ladi. El orasida obro'yingiz yuksaladi.

MAQOLLARDAN NAMUNALAR

Bilim baxt keltirar.

Ilmsiz" - bir yashar, Ilmli - ming yashar.

Ona yurting - oltin beshiging.

Izzat tilasang, ko'p dema, Sihat tilasang, ko'p yema.

Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.

Duo bilan el ko'karar,

Yomg'ir bilan yer ko'karar.

Kishi yurtida shoh bo'lguncha, O'z yurtingda gado bo'l.

Yeridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Elidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.

Tilni bilish - dilni bilishga yo'l ochar.

12

... '"



Quut.bilan o'rgan hunar, Hunardan rizqing unar.

Aql - ydshdan, odob - boshdan.

Bulbul chamanni sevar, Odam - Vatanni.

Daraxtni yer ko'kartiradi, Odamni el ko'kartiradi.

Ona yurting omon bo'lsa, Rangi ro'ying somon bo'lmas.

Xalqqa xizmat - oliy himmat.

El qo'risang, o'zarsan,

Qo'rimasang, to'zarsan.

Vataning tinch - sen tinch!

Er yigit - elda aziz.

Bimi sochsang yerga, Mingni berar elga.

Bugungi ishni ertaga qo 'yma!

Vaqting ketdi - baxting ketdi. Yer - to'ydirar, o't - kuydirar. Mehnat, mehnatning tagi rohat.

Oltin o'tda bilinar,

Odam - mehnatda.

Eksang, o'rasan.

Yurgan - daryo, o'tirgan 

bo 'yra.


Qimirlagan qir oshar.

Qolgan ishga qor yog'ar. Ko'kka boqma, ko'pga boq! Ko'pdan ayrilganni bo'ri yer.

Ko'pdan quyon qochib qutulmas. Aybsiz do'st axtargan do'stsiz qolar. Arg'amchiga qil quvvat.

Birlashgan o'zar,

Birlashmagan to'zar.

Bo'linganni bo'ri yer, Ayrilganni ayiq yer.

Do'st achitib gapirar, Dushman - kuldirib.

Do'st do'stni kulfatda sinar, Odam odamni mehnatda sinaI.

Y olg'iz otning changi chiqmas, Changi chiqsa ham, dong'i chiqmas.

Oltovlon ola bo'lsa, . Og'zidagin oldirar.

To'rtovlon tugal bo'lsa, Tepadagini endirar.

Bilagi zo'r bimi yiqar, Bilirni zo'r mingni yiqar.

Kitob - bilim manbayi.

Olim bo'lsang, olam seniki!

Tikansiz gul bo'lmas,

Mashaqqatsiz - hunar:

Chumchuq so'ysa ham, qassob so 'ysin.

Hunarli kishi och qolmas.

Avval o'yla, keyin so'yla! Aql bozorda sotilmas.

Otalar so'zi - aqlning ko'zi.

13
O'ylamay qilingan ish,

Boshga keltirar tashvish.

.

Aytilgan so'z - otilgan o'q.



Arslon izidan qaytmas,

Yigit - so'zidan.

Ko'ngli ochiqning qo'li ochiq, Qo'li ochiqning yo'li ochiq.

Er yigitni nomus o'ldiradi.

Do'sting ming bo'lsa ham - oz,

Dushmaning bir bo'lsa ham - ko'p.

Ko'za kunda sinmaydi,

Kunida sinadi.

Sinamagan otning sirtidan o'tma!

To'qayga o't tushsa,

Ho'l-u quruq baravar yonadi.

O'zingga ehtiyot bo'l, Qo'shningni o'g'ri tutma!

Bir kun urush bo'lgan uydan Qirq kun baraka ketar.

Ota rozi - Xudo rozi.

Sulton suyagini xo'rlamas.

O'g'li boming o'mi bor?,-

Qizi boming qadri bor.

Qatorda noring bo'lsa, Yuking yerda qolmaydi.

Qush uyasida ko'rganini qiladi.

Bir kun tuz ichgan joyingga Qirq kun salom qil!

Kattaga hurmatda bo'l,

Kichikka izzatda bo'l!

O'ynab gapirsang ham,

0 'ylab gapir!

Zar qadrini zargar biladi.

Vying tor bo'lsa ham, Ko'ngling keng bo'lsin!

Bilgan topib gapirar, Bilmagan - qopib.

Tilga ixtiyorsiz EIga e'tiborsiz.

Chin so'z - mo'tabar, Yaxshi so'z - muxtasar.

Yaxshi bilan yursang, Yetarsan murodga.

Y omon bilan yursang, Qolarsan uyatga.

Yaxshi odam oshini yer, Y omon odam boshini yer.

Betga aytganning zahri yo'q.

Boshingga qilich kelsa ham

to'g'ri so'zla!

Yetti o'lchab, bir kes. Qalovini topsang, qor yonar.

Qoqilsang, toshdan o'pkalama! Har ishning o'z vaqti bor.

Y otib yeyishga tog' ham chidamaydi.

Non ham non, uvog'i ham non.

Toma-toq),a ko'l bo'lur, Hech tommasa cho'l bo'lur.



-""J

Bir azobningOfbir rohati bar.

Oyning o'n beshi qorong'i bo'lsa, O'n beshi yorug' bo'ladi.

Maqtanma g'oz, hunaring oz!

N onni katta tishlasang ham, Gapni katta gapirma!

Bekordan xudo bezor.

Bemaza qovunning urug'i ko'p.

O'roqda yo'q, mashoqda yo'q,

Xirmonda hozir.

Baxilning bog'i ko'karmas. Nafsi yomon hayitda o'lar.

Ailing qiyshiq bo'lsa, Oynadan o'pkalama!

Burgaga achchiq qilib, Ko'rpangni kuydirma!

Asal aynimas, sariyog' sasimas.

Bimi ko'rib, fIkr qil, Bimi ko'rib, shukur qil.

Birovga choh qazigan, o'zi yiqilar.

Nimani qilsang xor, Shunga bo'lasan zor.

O'zingga ravo ko'rmaganni O'zgaga ham ravo ko'rma!

O'zingni er bilsang, O'zgani sher bil!



Nazariy ma '[umol

XALQ OG'ZAKI IJODI TUSHUNCHASI

Xalq og'zaki ijodi - mehnatkash omma ijodi, xalq san'atining boshqa, ya'ni musiqa, teatr, raqs, o'yin, tasviriy va amaliy san' at kabi turlaridan o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og'zaki so'z san'atidir.

Xalq og'zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san'at. Har bir xalqning og'zaki ijodi o'sha xalqning fe'l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an'analari, orzu-intilishlari, geografIk sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o'ziga xos ko'zgudir. Biz ana shu ko'zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg'ularini ko'ramiz.

Og'zaki so'z san'ati «folklor» yoki «xalq og'zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yilda qo'llangan bo'lib, «folk» - xalq va <<1or» - bilim, donolik, donishmandlik, ya'ni «xalq bilimi», «xalq

donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og'zaki ijodini o'rganuvchi fan folklorshunoslik deb ;ataladi.



Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og' zaki usulda amalga oshadi. Ya'ni bunday asarlar og'zaki ravishda ijro etilishi sababli ulaming mazmuni va shakli o'zgarishi, unga yangi qismlar qo'shilishi yoki bironbir qismi tushib qolishi mumkin.

O'zbek xalq og'zaki ijodi eng qadimiy san'atlardan biri bo'lib, u

jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o'rin egallaydi. O'zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan.


Download 414,79 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 414,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»

Download 414,79 Kb.