|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati
|
bet | 3/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 6,67 Mb. | | #241711 |
Bog'liq kurs ishiga shablon (1)O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat arxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. O‘zR MDA dastlab tashkil etilganida quyidagi tuzilmalar mavjud edi.
1. Arxiv rahbari;
2. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar bo‘limi;
3. Maxfiy fondlar bo‘limi;
4. E’lon qilish bo‘limi;
5. Ma’lumot stoli;
6. O‘quvxona;
7. Ilmiy-ma’lumot kutubxonasi;
8. Xodimlarga xizmat ko‘rsatish:
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi buyrug‘i bilan 1962- yil 28-aprelda O‘zR MDA tuzilmalariga qo‘shimchalar qilindi.
1. Hisobga olish bo‘limi;
2. Jamlash;
3. Tekshirish;
4. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati:
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1963-yil 14-oktyabr 603-sonli qarori asosida O‘zR MDA quyidagi bo‘lim tashkil etildi.
1. Idoraviy arxivlar. O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi qoshidagi Arxiv boshqaruvi 1964- yildagi 33-son buyrug‘i asosida O‘zbekiston SSR MDA quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.
2. Rahbar lavozimi Direktor lavozimiga o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1-sentyabrdan O‘zbekiston SSR MDA O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb yuritildi. 1991-yilda bo‘limlar nomiga quyidagi o‘zgarishlar qilingan.
1. “Xodimlar apparati shtati” “Apparat boshqaruvi” deb yuritildi.
2. “Xodimlarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limi “Xo‘jalik xizmati” ga o‘zgartirildi. 1992-yil shtat jadvaliga asoslanib, O‘zR MDA quyidagi tuzilmalardan iboratbo‘lgan:
1. Apparat boshqaruvi;
2. Xujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;
3. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar arxiv saqlovxonasi;
4. Sovet davri fondlar arxiv saqlovxonasi;
5. Mikronusxalar arxiv saqlovxonasi;
6. Davlat hisobini olib borish va ilmiy-ma’lumot apparati bo‘limi;
7. Jamlash idoraviy arxivlar va ish olib borish bo‘limi;
8. Maxsus fondlar bo‘limi;
9. Rejalashtirish va tashkilish – uslubiy ishlar bo‘limi;
10. Hujjatlardan foydalanish va ularni e’lon qilish bo‘limi;
11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;
12. Xo‘jalik xizmati bo‘limi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi. Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi
hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;
tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;
radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;
ekskursiyalarni o‘tkazish;
ko‘rgazmalarni tashki etish;
fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;
jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;
ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlashva chop etish;
arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;
arxiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;
arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;
arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish;
arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish;
Bugungi kunda O‘zR MDA arxivshunoslik va hujjatshunosli sohasi bo‘yicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:
1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi;
2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya;
3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti – Germaniya;
4. «Xolokost» memorial muzeyi – AQSH;
5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi;
. 7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti ;
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan.
O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda mamlakatimizning barcha arxivlarini yagona tarmoqqa birlashtirish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar 86 o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan. Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga” ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013- yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan.
Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus “Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan, jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash.
|
| |