Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni axborot tizimini nazariy asoslari




Download 6,67 Mb.
bet2/16
Sana18.05.2024
Hajmi6,67 Mb.
#241711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs ishiga shablon (1)

1. Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni axborot tizimini nazariy asoslari.
1.1. Elektron arxivlar va hujjatlarni axborot tizimini xozirgi kundagi ahamiyati.
Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xolislik qoidasi – tarixiy voqe’a, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda bugungi kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan.
Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy. Xorijlik arxivshunos olim asarning birinchi paragrafi arxiv haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi”. Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan. Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan. “Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi”. Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak. Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun nima qilish kerak.
Bu haqida Charlin Stidman shunday deydi: - berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi; - bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi; - ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina taqdim etilgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi.
Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi. Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib 8 topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi. Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi.

Download 6,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 6,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bob. Elektron arxivlar va hujjatlarni axborot tizimini nazariy asoslari

Download 6,67 Mb.