• Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)
  • MBBT asosiy xususiyatlari
  • Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/91
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #155201
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
    Bog'liq
    1-Маъруза

    Ma’lumotlar bazasi - biror sohaga oid o‘zaro bog’langan ma’lumotlar 
    yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib 
    aytganda, ma’lumotlar bazasi - bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir 
    strukturali, o‘zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror 
    bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o‘rtasidagi munosabatni 
    ma’lum ma’noda tavsiflaydi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat 
    vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi 
    ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi 
    mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli 
    dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access, 
    Workbench, Navicat, PHP My Admin, dbForge Studio for MySQL, HeidiSQL, 
    SQL Maestro, EMS SQL Manager, SQLyog, DBTools Manager, MyDB Studio va 
    boshqalarni misol keltirish mumkin.
    MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda 
    ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham 
    tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl 
    oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila 
    boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
     fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
     ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
     har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;bir necha 
    foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.
    Ma’lumotlarning relyatsion modali konsepsiyasi 1970-yilda A.F.Kodd 
    tomonidan taklif qilingan. U ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy 
    dasturlaridan bog’liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat 
    qilishini o‘z tajribalarida ko‘rsatib o‘tgan.
    Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u 
    inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda 
    munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har 
    qanday odamga tushunarli va qulaydir.


    75 

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Download 3,06 Mb.
    Pdf ko'rish