Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Axborot muhiti.
Axborot muhiti o‘zaro bog‘langan uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. 
Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot texnologiyasi, boshqaruvning 
ishtirok etuvchi ob’ektlari.
Axborot infratuzilmasi axborotdan o‘z maqsadlariga erishish uchun 
foydalanadi. Axborot texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiya-lar 
bilan ta’minlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida axborot texnologiyalari foydalanuv-chilari 
ham o‘zaro harakatlanuvchi o‘ziga xos muhit sifatida ko‘rib chiqiladi.
Foydalanuvchi kerakli axborotni olish uchun rasmiy (formal) va norasmiy 
axborot tizimlari yordamida uning manbaiga murojaat qilishi lozim. Tashqi 
manbaga rasmiy tizim orqali kirib boriladi. Bu tizim axborotni raqam va matnli 
ma’lumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hokazo) ko‘rinishida taqdim 
etadi. Ichki manbaga murojaat qilish axborot texnologiyalari komponentlari – 
kompyuterlar, tizimli va amaliy dasturiy ta’minot hamda zarur hollarda 
kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ichki manbalar norasmiy 
tizim vositasida ma’lumotlar bazasidan so‘rovga javob tariqasida foydalanuvchini 
axborot bilan ta’minlaydi. Foydalanuvchi rasmiy va norasmiy tizimga suyanib 
ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotni oladi.
An’anaviy axborot texnologiyasi rivojlanishi ikki an’anaviy segment 
ma’lumot va matndan tashqari, yana qo‘shimcha ikkita segment-tasvir va nutqni 
qayta ishlashni ta’minlaydi.
Axborot muhiti axborotni qayta ishlash, qabul qilish, o‘tkazish va qidirish 
qobiliyatiga ko‘ra qismlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, qayta ishlash qobiliyati 
insonning axborotni qabul qilish imkoniyatiga ko‘ra aniqlanadi. Ayrim hollarda 
axborot shakl, hajm va hokazo belgilar bo‘yicha tarkiblashtirishni talab qiladi. 


90 
Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo‘ladi. Chunki u 
axborotni uyg‘unlashtirishga qancha ko‘p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham 
shuncha kam bo‘ladi. Foydalanuvchining faoliyat samaradorligini oshirish uchun 
axborotni integrallash jarayonini turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin. 
Integrallash jarayonining darajasini belgilashni yangi axborot texnologiyalari SHK, 
MBBTlar ta’minlaydi. Asosiy urg’u turli xildagi axborot-ni qayta ishlash imkonini 
beradigan va o‘z ichiga integrallashgan ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari, 
ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vosita-lari va matnli protsessorlarni 
oluvchi amaliy dasturiy ta’minotga qaratiladi.
Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 
quyidagilar kiradi: odam-(xodim), texnik vositalar va dasturiy ta’minot.
Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma’lumotlarni qayta ishlaydi.

Download 3,06 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish