93
3.
xizmatdagi sinxronlashtiruvchi signallarni kiritish, anglash va bartaraf
yetish;
4.
uzatilayotgan
signallardagi
xatoliklarni (signallarning
shakli, amplitudasi va boshqa parametrlarining buzulishi) payqash.
•
Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari
yoki oddiygina
multipleksorlar — bu ko‘p kanalli tutashtirish qurilmasidir (guruhli
adapterlar). Ular adapterlar bajaradigan vazifalardan tashqari quyidagilarni
ham amalga oshiradi:
•
EHM ga turli guruhdagi terminal qurilmalarini va ular bilan
ishlashni galma-gal ulash;
•
EHM bilan uning ko‘rsatmalari bo‘yicha ma’lumotlar
almashish;
•
ma’lumotlarni oraliqda yig’ish va yeslab qolish (buferlash);
•
ma’lumotlar formatlarini va kodlarini o‘zgartirish;
•
xatoliklarni payqash,
ba’zida
yesa
avtomatik
to‘g’rilashni
ta’minlaydigan ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish;
•
tutashtirish apparaturasining ishga yaroqdigini nazorat qilish.
Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari, arifmetik
va yeslab qoluvchi
qurilmalar, interfeys bloklarini o‘z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy
moslashtirish
vazifalarini, ham apparatli (xususan, turli xil al oka kanallari bilan
tutashtirish uchun turli xil chiziqli adapterlarni ishlatish yo‘li bilan), ham dasturli
(dasturlashtiriladigan multipleksorlar) yo‘l bilan bajaradilar.
Axborot tizimini arxitekturasi bo ‘yicha quyidagicha tasniflash qabul
qilingan:
Lokal Axborot tizimi (tizimi tarkibi, masalan, ma’lumotlar bazasi,
dasturlar bitta kompyuterda joylashgan bo‘ladi);
Taqsimlangan Axborot tizimi (tizimi tarkibi, masalan, ma’lumotlar
bazasi, dasturlar bir necha kompyuterda joylashgan bo‘ladi);
Taqsimlangan Axborot tizimi o ‘z navbatida fayl-server va kliyentserverlarga
bo ‘linadi.