• BAJARDI: _____________ ______________________ (imzo) TEKSHIRDI: _____________ ______________________
  • Toshkent-2022 yil Bulutli texnologiyalar Reja: Bulut texnologiyasi tushunchasi
  • Bulutli texnologiyalarda axborot xavfsizligini ta’minlash 1. Bulut texnologiyasi tushunchasi
  • 1/ ATning iqtisodiy samaradorligi.
  • 2/ AT infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati
  • 3/ AT xizmatlarining yuqori darajadagi hammabopligi.
  • Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari




    Download 0.79 Mb.
    bet1/6
    Sana19.09.2023
    Hajmi0.79 Mb.
    #82664
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Bulutli texnologiyalar IAKT fanidan
    IRSALIYEV SARDOR JALIL O‘G‘LI 78912703101778 (1), Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi Kal.reja, 1-lab 4 kurs, 4 clothes and fashion, jurnal, Шартли қисқартмалар, gWPCK1RIXjxvRgal4QC1KrJjRSzZtnHBj39ECkGj, milliy profilaktik emlash, 2 II 2 илова шакл иш хаки руйхат Паспорт ИНН, Таблица кравченка, 114 BIAS Kaxxarova Osiyo informatika 2, Amaliy topshiriq, 2 5273896656083878833, Amaliy (1), 1-mavzu amaliy mashg (1)

    TMC Instituti


    Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya Instituti
    Informatika Kafedrasi

    IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
    TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI” FANNIDAN
    MUSTAQIL ISHI №1

    Bulutli texnologiyalar”

    MAVZU:

    BAJARDI: _____________ ______________________
    (imzo)
    TEKSHIRDI: _____________ ______________________
    Informatika” kafedrasi _______________ ____________ _______________
    (imzo)
    2022-yil “_____”______________
    Informatika” yo`nalish rahbari ____________
    (imzo)
    2022-yil “_____”______________
    Toshkent-2022 yil

    Bulutli texnologiyalar
    Reja:

    1. Bulut texnologiyasi tushunchasi

    2. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari

    3. Bulutli texnologiyalarni turli faoliyat sohalariga joriy etish tamoyillari

    4. Bulutli texnologiyalarda axborot xavfsizligini ta’minlash


    1. Bulut texnologiyasi tushunchasi
    So‘nggi bir necha yil ichida mahalliy va xalqaro biznesda axborot texnologiyalarining ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Tashkilotlar boshqaruv tizimidagi harakatclianlik, moslashuvchanlik va samaradorlikni oshirishda axborot texnologiyalarini joriy qilish zaruriy shartga aylandi. Axborot yig‘ish va uni ichki taqsimlash jarayoni shakllantirilgan korxonalar bozor tendentsiyalari o‘zgarishini taxmin qilishlari va tezkor harakat qilishlari, ishonch bilan asosli qaror qabul qilishlari mumkin. Bugungi kunda o‘zbek bozoridagi vaziyat shundan iboratki, aksariyat korxonalar, biznesning katta yoki kichik ekanligidan qat’iy nazar, asosiy va yordamchi biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun axborot texnologiyalari rivojlanishi sohasidagi innovatsiyalar yolidan borishga tayyor.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etisli chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning kelgusidagi rivoji uchun qo‘shimcha vazifalardan yana biri aniqlab berildi: “ raqamli iqtisodiyotni jadal shakllantirish va 2023 yilga qadar uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga oshirish, jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy etish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatida hisobotlar uchun dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”.
    Ammo shuni ta’kidlash kerakki, axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanishning an’anaviy usullari katta harajatni talab qiladi. Odatda, dastur qobig‘ining asosiy modullarini yangilash, foydalanilgan uskunalar amortizatsiyasi va ta’mirlash ishlari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqi, axborot tizimi ishlamay qolgan holatdagi yo‘qotishlar ham shuning sirasiga kiradi. Aksariyat holatlarda, ma'lum bir faoliyat sohasini avtomatlashtirishda aniq harajatla axborot tizimini ishlab chiqish va uni amalga tatbiq qilish, - hisobga olinadi, navbatdagi, yashirin harajatlar (ekspluatatsiya chiqimlari) ga esa kamroq e’tibor qaratiladi. AT harajatlari umumiy qiymatning 70%ini tashkil qilishi mumkin, axborot tizimini yaratish va joriy qilish harajatlari o‘rtacha 30%ga teng bo‘ladi.
    Shu sababli biznes uchun asosini bulut texnologiyalari tashkil qiluvchi AT-infratuzilmasining arternativ virtual shakli taklif qilingan.
    Bulut texnologiyalari foydalanuvchiga ma'lumotlami saqlash va qayta ishlash uchun qulay, o‘zida apparat vositalari, dasturiy ta’minot, aloqa kanallari, shuningdek, texnik ko‘mak xizmatini birlashtirgan qulay virtual muhitni taqdim qiladi. Ma’lumotlarni “bulut”da saqlash Internet mavjud bo‘lgan holatda unga sayyoraning istalgan burchagidan va deyarli istalgan qurilmadan kirish imkonini beradi.
    Kichik kompaniyalar eng avvalo buxgalteriya va pochta xizmatlari, ma'lumotlarni almashish, qayta tiklash va fayllarni arxivlash ilovalari bilan qiziqishadi. Nisbatan kattaroq tashkilotlar uchun esa virtual serverlar va aloqa xizmatlari, shuningdek, turli xizmatlarning murakkab jamlanmalari qiziqroq.
    AT sohasidagi startaplar bulut texnologiyalaridan ularga qimmatbaho hisob-kitob uskunalari xaridi uchun sarmoya tikmay turib, ko‘p sonli mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkonini bergani uchun foydalanishadi.
    Biznes bulutli axborot texnologiyalarini qo‘llashni quyidagi asosiy effektlar nuqtai nazaridan ко‘rib chiqishi mumkin.
    1/ ATning iqtisodiy samaradorligi.
    Bulutlar xizmatidan foydalanganda ma'lumotlarga ishlov berish markazlarini qurish, tarmoqli va server qurilmalari, apparat qismlari va uzluksizlik hamda ish qobiliyatini ta’minlash uchun kerakli dasturiy yechimlarni o‘zida jamlagan AT-infratuzilmasiga kapital sarmoya kiritish zarurati bekor bo‘ladi.
    Bundan tashqari, yirik AT-infratuzilma obyektlarini qurish va ularni ishga tushirish uchun uzoq vaqt kerak bo'lishi, boshlang‘ich narxning qimmat ekanligi esa iste’molchilarning bozor talablariga tezlik bilan moslashish imkoniyatini cheklaydi, bulutli texnologiyalar esa hisoblash quvvatiga bo‘lgan talabning oshishiga darhol javob qaytarish imkoniyatini ta’minlaydi.
    Korxona, shuningdek, axborot tizimlarini yangilash uchun malakali AT-mutaxassislarini yollashga mablag‘ sarflashi ham shart emas.
    Ushbu xarajatlarning barchasi o‘rni bulut xizmatlari provayderi tomonidan to'ldiriladi, iste’molchi xarajatlari esa bulut provayderlarining operatsion xarajatlariga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, uning narxi nisbatan arzon ekanligini ta’kidlash kerak.
    Biroq, amaliyotda o‘zining shaxsiy AT-infratuzilmasiga ega bo'lgan yirik korxonalar ko‘pincha bulutli axborot texnologiyalariga o‘tishni rad etadi, chunki ular biznes ehtiyojlariga maksimal darajada moslashtirilgan, yetarlicha ishonchli, yuqori samaradorlikka ega va ko‘lamdor AT-platformaga ega bo'ladilar. Bunday korxonalar odatda AT-infratuzilmasini yaratishga katta tajriba orttirgan ko‘p sonli yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘ladi.
    O'rta biznesdagi korxonalarning barchasi ham korporativ darajadagi shaxsiy ATga ega bo'lish va unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli, iqtisodiy foyda jihatidan kichik va o'rta biznesning ko‘p sonli korxonalari tomonidan bulut texnologiyalariga o‘tilishi mutlaqo asoslidir. 2014 yilda Rackspace provayderi Manchester biznes maktabi bilan birgalikda kichik tadqiqot o‘tkazgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, kichik va o‘rta biznes kompaniyalarining 88%i bulut hisobiga o‘z xarajatlarini kamaytirgan, 56 %i esa yangi texnologiyaga o‘tish tufayli daromad oshgani haqida ma’lum qilgan.
    2/ AT infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati
    Xizmat ko‘rsatish sifatini baholash uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Infrastructure Optimization Model (IOM) modeli namunasida bulut xizmatini ко‘rib chihamiz. Ushbu model bir qator muhim ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi turli xizmatlar to‘plami, ma’muriy mahsulot va jarayonlar, rivojlanish mavjudligi va uning darajasiga ega AT-infratuzilmasini tavsiflaydi.
    Bulut xizmatlarini shiddatli yetuklik darajasida ko‘rish mumkin, bu biznes uchun yangi imkoniyatlar ochish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu darajada AT- infratuzilmasini boshqarish tashkilotning biznes talablari bilan belgilangan keng qamrovli xizmat ko‘rsatish va siyosati asosida amalga oshiriladi. Muammo va vazifalarni ishlatiladigan vositalar va jarayonlar yordamida hal qilish, shuningdek, infratuzilmada turli maqsadlar uchun kengaytirilgan xizmatlar mavjudligi nuqtai nazaridan AT-infratuzilmasi holati undagi muammolarni oqibatlar kompaniyaning biznes jarayonlariga ta’sir qila boshlaguniga qadar aniqlash va bunga yo'l qo‘ymaslikka imkon beradi.
    3/ AT xizmatlarining yuqori darajadagi hammabopligi.
    Bulut xizmatlaridan 99,5% vaqt davomida foydalanish mumkin, ayrim provayderlar esa 99,9% darajadagi foydalanishni kafolatlaydi. 99,9% ko‘rsatkichda tizimning rejadan tashqari ishlamay qolishi yiliga 1 soatu 35 daqiqadan oshmaydi. Bulutli axborot tizimida saqlanayotgan ma'lumotni interntet tarmog‘iga ulangan kompyuter, planshet, istalgan turdagi mobil qurilmaga ega har bir kimsa olishi mumkin. Foydalanuvchilarga bitta ish joyiga doimiy bog'lanib qolish majburiyati yo‘q.

    Download 0.79 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari

    Download 0.79 Mb.