|
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari
|
bet | 98/99 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 345,85 Kb. | | #99940 |
Bog'liq Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org15.HTMLda matnni formatlash.
HTML hujjatining kodida biz hamisha biror bir bezak ob'ektlarining o’lchamlarini yoki ularning ranglari xususiyatlarini ko’rsatishimizga to’g’ri keladi.HTML tilida rang va o’lchov birliklarini qo’llashning standart qoidasi mavjud.Rang berishning ikkita usuli mavjud. Ko’p qo’llaniladigan usul kerak rangning RGB kodini ko’rsatishdir. Ma'lumki har qanday rangni uchta asosiy: qizil, yashil va ko’k ranglarning qorishmasidan hosil qilish mumkin. Brauzerlar bizga un olti milliondan ortiq rangnitasvirlash imkonyatini beradi, chunki asosiy 3 ta rangdan har birining qiymati 0 dan 255 gacha qiymat qabul qiladi. Ixtiyoriy rang har biri asosiy ranglarning ulushini ifodalovchi 3 ta son majmuasidan iborat bo’ladi.HTML tilida rang qulaylik uchun 16 lik sistemadagi 6 ta raqamlardan tashkil topadi va ularning oldiga “reshotka” “#” belgisi quyiladi.Masalan:Color = “#FF0000” Qizil rang ekanligini bildiradiRang ulushlarini ko’rsatibturuvchi raqamlar tartibiga e'tibor berish kerak. Chunki birinchi qizil, ikkinchi yashil va uchinchi ko’k rang ulushlari joylashadi. Biz yuqoridagi misolda qizil rangni tasvirladik.Uzunlik o’lchov birliklariEndi uzunlik o’lchov birliklarini qo’llashni ko’ramiz. Biz Web sahifadagi ob'ek o’lchamlarini ikki xil usulda berishimiz mumkin. Birinchi usul o’lchamlar piksellarda beriladi, ikkinchi usul “o’zak” ob'ektga nisbatan protsentlarda beriladi. Agar biz Web sahifaga jadval joylashtirib uning enini 50% deb ko’rsatsak u holda bu 50% brauzer oynasi enining 50% ini tashkil etadi. Jadval yacheykasining o’lchami esa shu yacheyka joylashgan butun jadval o’lchamiga nisbatan % da hisobida olinadi. Foydalanuvchi tomonidan brauzer oyna o’lchamlari o’zgartirilsa o’nga mos ravishda Web sahifa parametrlari ham o’zgaradi. Web sahifa yaratayotganda brauzer oynasi o’lchami o’zgarganda Web sahifa parametrlari o’zgarmaydigan usulda yaratish kerak.Agar biz biror bir ob'ektning enini 30 piksel o’lchamida o’rnatmoqchi bo’lsak, uningyozilishi quyidagicha bo’ladi:Width =“30”Agar ob'ekt eni “o’zak” ob'ektning 30% ini tashkil qilishi kerak bo’lsa yozuv quyidagicha bo’ladi:Width =“30%”Parametr qiymatlari qo’shtirnoq ichiga olinishini e'tiborga olish zarur. Yuqorida ko’rilgan ikki xil usuldan tashqari ob'ekt o’lchamini berishning uchunchi bir usuli ham mavjud. Bu usulni yuqoridagi ikki usulning o’rtachasi deb hisoblasak ham bo’ladi. Bunda biz o’lchamlarni bir necha piksel soniga karrali qilib ko’rsatishimiz mumkin. Masalan bizga 3 ta satrdan iborat jadval berilgan bo’lsin. Agar har bir satr balandligi 30 pikselga karrali bo’lishini xohlasak har bir satrni hosil qiluvchi tegga quyidagi yozuvni yozishimiz lozim:Height=“3*”Karrali o’lcham berish belgisi sifatida yulduzcha (*) belgisi ishlatiladi. Karrali son koeffitsenti hisoblanganda (*) belgisining chap tomonidagi son 10 ga ko’paytiriladi. Brauzer bunday ob'ektlarni maksimal o’lchamda tasvirlashga harakat qiladi. Agar jadval 180 piksel balandlikka ega bo’lsa, u holda har bir satr balandligi 60 pikselga teng bo’ladi. Agar balandligi 200 piksellik jadval qo’ysak 20 piksellik joyo’z-o’zidan yo’qoladi. Agar satrlarimiz bir xil balandlikda bo’lishini hoxlasak u holda parametrning quyidagi ko’rinishini qo’llagan ma'qul:Height=“*”Jimlik bo’yicha yuqoridagi o’lchov berish usuli qo’llaniladi. Agar ob'ektlar guruqida o’lchamlari ko’rsatilmagan bo’lsa ular berilgan kenglikda maksimal o’lchamda teng joylashadilar.
|
| |