-mavzu:   Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi komponentlari




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.01.2024
Hajmi0,66 Mb.
#146133
1   2
Bog'liq
Iqtisodiyotda Axborot Kommunikatsion Texnologiyalar fanidan topshiriq

2-mavzu: 

Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi komponentlari 
Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari (AKT) inson jamiyatining barcha 
sohalariga kirib bormoqda. Boshqaruv masalalarini еchishda zamonaviy axborot 
tеxnologiyalarining o`rni nihoyatda axamiyatga ega. Ushbu fan talabalarga AKT 
sohasidan fundamеntal nazariy bilimlarni bеrishga qaratilgan bo`lib, asosiy 
qo`llaniladigan tеxnik va dasturiy vositalarini qamrab olgan. SHu bilan birga, fanni 
o`qitish maqsadi talabalarda komp’yutеr tеxnikasi va axborot tеxnologiyalarini 
qo`llash bo`yicha amaliy ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. 
1
«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion tеxnologiyalar va tizimlar» fani 
talabalarda zamonaviy tеxnik vositalar, opеratsion tizimlar va instrumеntal 
vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va 
uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirish, matnli va jadvalli 
axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funktsional imkoniyatlari bilan ishlash, 
boshqaruv jarayonlarida shaxsiy komp’yutеrlardan foydalanishning nazariy asoslari va 
ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini 
o`rgatish, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va obyеktga mo`ljallangan 
dasturlash tillarini o`qitish, Intеrnеt tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash 
uchun amaliy ko`nikmalarni bеrish bilan qurollantiradi.
Mamlakatimizda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mazkur 
sohada xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda, 
dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini 
boshqarish bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 
sohaga kerakli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliyta’lim muassasalarining hissasi 


kattadir. Aytish joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi butun dunyoda 
tez sur’atlarda rivojlanib boryapti. Innovatsion texnologiyalar, ishlanmalar, dasturlar 
yaratish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar kim o‘zarga poygaga kirishgan. Sohada ixtiro 
qilingan bugungi biror yangilik ertaga o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berishga majbur 
bo‘lmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda rivojlanish axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq holatda olib borilmoqda. Buning uchun 
mamlakatimizda barcha imkoniyatlar – hukumat e’tibori, moddiy-texnik baza, 
intellektual salohiyat yetarlidir. Faqat axborot texnologiyalari sohasidagi 
mutaxassislarimizdan, yoshlardan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda 
doimiy izlanish, o‘qib-o‘rganish talab qilinadi, xolos.Toshkent axborot texnologiyalari 
universitetida bo‘lib o‘tgan "AKT sohasita’lim tizimi muassasalari vaishlab chiqarish 
korxonalarining hamkorligi” mavzuidagi seminarda aynan yuqoridagi masalalar 
o‘rtaga tashlandi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, xususiy IT-
kompaniyalar vakillari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, TATU,
Toshkent shahridagi INHA universiteti rahbariyati yurtimizda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonlari, bu boradagi qonun va 
qarorlar mazmun-mohiyati, axborot texnologiyalari mutaxassislari tayyorlashdagi oliy 
ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, sohaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar va 
mutaxassislarga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida so‘z yuritdilar. Ushbu seminar 
doirasida TATU va INHA universiteti rektorlari ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro 
hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumni imzolashdi. Ikki universitetning 
ham maqsadi mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan har tomonlama 
barkamol mutaxassislarni tayyorlashdir.Bu borada imkoniyatlarni, kuchlarni 
birlashtirish ko‘proq samara berishi aniq. Universitetlar respublikada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini 
shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, 
dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar,sanoat va infratuzilma tarmoqlari va boshqa 
zamonaviy axborot texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam 
hamkorlik o‘rnatish borasida yakdil harakatlarni belgiladi. 
2
Seminarda respublikamizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida faoliyat 
yuritayotgan ACE CRAFT ENGINE, ALM SOFT, BARSAJDAR TECHNOLOGIES, 
OOO”STANDART IT-SEKTOR”,"CERTLibrary” maxsus axborot kutubxonasi, OOO 
SYNERGY GROUP, OOO "START SOFT”, OOO”FIDO-BINES”, OOO "NIHOL-
KOMTEX”, OOO "BAIK TECHNOLOGIES”, UP "SSP MAROQAND”, OOO 
"Intelligent Solutions” kabi IT kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Seminar 
doirasida ta’lim muassasasi xodimlari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan 
o‘tkazilgan munozalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirib hozirgi zamon 
talabalari darajasida aktuallashtirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida 
mutaxassislarning raqobat bardoshligini ta’minlash bo‘yicha talabalarning 
kompaniyalarda bajarilayotgan loyihalarda ishtirokini ta’minlash, talabalarning 
innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari ilgari surildi.Seminar 
davomida IT kompaniyalari vakillari tomonidan respublikamiz ichki dasturiy bozorini 
rivojlantirish uchun o‘quv jarayonlarida nimalarga e’tibor berish zarurligi, zamonaviy 
dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirish, 
talabalarning avtomatlashtirish bo‘yicha masalalarni tahlil etish, yechimini ishlab 


chiqish va loyihalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berish 
zarurligi, universitetlar marketing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi 
va takliflar o‘rtaga tashlandi. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot bir vaqtning 
o‘zida keng sohalarda rivojlanmoqda va cheklangan miqdordagi kompaniyalar 
tomonidan, ularga maxsus vakolatlar va resurslar berilgan bo‘lsa ham, odatda 
qurilmaydi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni kuchli tadbirkorlik va 
innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan xususiy biznes egallashi, davlat esa xususiy 
tashabbus uchun infratuzilma va sharoit yaratishi bilan shug‘ullanish kerak. 
Eng muhimi, mamlakatda AKTni, shu jumladan, arzon narxda yuqori tezlikdagi 
Internetni rivojlantirish, xususiy biznesning mehnat unumdorligini oshirish, 
xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarish va daromadni oshirish uchun 
turli ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qiziqishi 
bilan hamnafas bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat o‘z rolini muvaffaqiyatli 
uddalamoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ulkan 
maqsadlardan dalolat beradi. 

3-mavzu:

Tarmoq texnologiyalari va internet 
xizmatlari
(Google Doc)
Shunga kirib olamiz


Shunga kirib olamiz. 
Shu
ko’rinishdagi
ishlarni amalga 
oshirsa bo’ladi 


4-mavzu:
Iqtisodiy masalalarni yechishda electron jadval 
protsessorlaridan foydalanish.(Exel) 
Exelda Если va Сумм 
formulasidan foydalanib 
Electron jadval tuzdim 
5-mavzu: 
Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
(Acses) 
Acsesga qanday malumot
Kiritish haqida aytib oldik. 


Mana malumotlar bazasi ham tuzildi. 
Xulosa.Men bu topshiriqni juda maroq bilan 
bajardim.Menga topshiriqlar juda yoqdi.Chunki men anchagina 
ko’p narsani o’rgandim.Bundan juda xursandman. 

Download 0,66 Mb.
1   2




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu:   Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi komponentlari

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish