Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.01.2024
Hajmi0,66 Mb.
#146133
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiyotda Axborot Kommunikatsion Texnologiyalar fanidan topshiriq



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION 
TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR 
BAJARDI: M.KOMILOV SMMT64-23 
TEKSHIRDI: dots. Z.DAVLATOVA
 
 


1-MAVZU


 IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARINING O’RNI VA AHAMIYATI 
Kompyuter ixtiro qilingunga qadar axborotlar aksariyat hollarda faqat qayta ishlangan 
oxirgi mahsulot sifatida qog’oz tashuvchilarda saqlangan. Hozirda esa juda katta 
xajmdagi xom ashyo sifatida xizmat qiluvchi qayta ishlanmagan axborotlarni ham 
saqlash imkoniyati mavjud. Insonlarning turmush tarzi iqtisodiyot bilan, iqtisodiyot 
esa resurslarning mavjudligi va ulardan qanday foydalanishga bog’liq. Iqtisodiyotni 
boshqarish axborot tizimlarini yaratish va axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan 
chambarchas bog’liq. Axborot texnologiyalari – bu xalq xo’jaligining turli sohalarida 
axborot faoliyatini avtomatlashtirish shakllari, usullari va vositalari yig’indisidir. 
Iqtisodiyotni boshqaruv maqsadlarida ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va 
uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki butun dunyoda 
XXI asr – «axborot» asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma’lumotlar 
ombori va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelmoqda.
Bir necha yil avval axborot 
bilan bog’liq amallarni bajarishda (kerakli ma’lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, 
qayta ishlash usullarni amalga oshirish) kompyuterda ishlash uchun maxsus 
tayyorgarlik ko’rgan xodimlar yoki mutaxassislar jalb qilinar edi. Hozirda esa 
jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Istalgan sohani olsangiz, u 
erda axborot texnologiyalaridan, kompyuter texnikasining imkoniyatidan 
foydalanilayotganini ko’rishingiz mumkin. 
Axborot texnologiyalari va ushbu texnologiyalarning asosiy elementi 
kompyuterlardan foydalanishga bo’lgan talabning ortib borishi jamiyat oldiga 
aholining kompyuter savodxonligini oshirish, kompyuter texnologiyalaridan samarali 
foydalanish masalasini yuzaga keladi. Bu jarayonining ijobiy kechishi doimo 
hukumatimiz diqqat-e’tibori markazida bo’lib kelgan va bu borada bir qator chora-
tadbirlar ishlab chiqilgan.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy 
vositalarining majmui bo’lib, ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq 
bo’lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma’noda fan, texnika va 
ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va 
telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan 
bog’liq bo’lgan yagona sohadir. 
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so’zi lotincha "thexnos" - san’at, 
hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma’noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab 
chiqarishda "texnologiya" deganda ma’lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni 
hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon 
tushuniladi. Texnologiya ob’yektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, 
yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun 
undan turli texnologiyalar orqali non, bo’g’irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini 
olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga 
ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham 
"texnologiya" tushunchasining ma’nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so’zini 
qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni 
emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. 
Texnologiya - bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni 
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta’minlash uchun 


yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning 
samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi 
va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot 
hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari funktsiyalari uning tuzilishini belgilaydi, bu 
quyidagi tartibda bajariladigan vazifalarni o’z ichiga oladi: ma’lumotlarni yig’ish va 
ro’yxatga olish; axborot massivlarini tayyorlash; ma’lumotlarni qayta ishlash, 
to’plash va saqlash; natijalar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni 
yuzaga kelgan manbalardan ishlov berish joyiga va hisob-kitoblar natijalarini - 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot iste’molchilariga o’tkazish. Axborot 
texnologiyalari uchun majburiy elementlar axborot, lingvistik, texnik, dasturiy 
ta’minot, matematik, huquqiy, tashkiliy va ergonomik ta’minotdir. 
Axborot texnologiyasini bir qator belgilariga ko’ra tasniflash mumkin: amalga oshirish 
usuli; AT boshqaruvi vazifalarini qamrab olish darajasi; amalga oshirilgan texnologik 
operatsiyalar sinfi; foydalanuvchi interfeysi turi; kompyuter tarmog’ini qurish usuli; 
xizmat ko’rsatiladigan mavzular.


Download 0,66 Mb.
  1   2




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish