• 2.2. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi
  • -rasm. Hududlar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/181
    Sana27.04.2023
    Hajmi5.3 Mb.
    #54258
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
    Bog'liq
    2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya
     
    2.2-rasm. Hududlar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish 
    sur’atlari (2018 yil yanvar-dekabr oylari uchun) (o‘tgan yilning tegishli davriga 
    nisbatan, % da) 
    Bizga ma’lumki, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo‘shimcha qiymat 
    yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya 
    respublikaga yaxshi natijalar keltirmoqda. 
    O‘zbekiston o‘zining oltini, misi, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, 
    avtomobillari, shisha va qorametallar hamda ulardan tayyorlangan buyumlari, kimyo 
    mahsulotlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat mahsulotlari bilan 
    dunyoga mashhur. 
    O‘zbekiston Respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin 
    qazib oluvchi, avtomobilsozlik sanoatlari, elektrotexnika va elektronika, ko‘p 
    tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoatlari belgilab bermoqda. 
    2.2. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi 
    Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari 
    to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston hududida 
    «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam — mezolit davrida 
    boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan. 
    Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida 
    kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan qurol 
    yasash boshlangan. 
    Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, milloddan avvalgi 3 ming 
    yillikning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan qurol 
    yasashni bilgan. 


    21 
    Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida mehnat 
    qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning 
    takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq 
    kuchayishiga olib keldi. 
    Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin, 
    mis, temir, Ilokda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan. 
    IX asrda Samarqand sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan, 
    Shosh viloyati ko‘pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta 
    Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali 
    charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan. 
    X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi 
    nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y 
    bermagan. 
    XIV asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga kiritib
    markazlashgan 
    davlatga 
    asos 
    soldi 
    va 
    natijada 
    davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga katta yo‘l ochib berdi. 
    XV 
    asrning 
    oxiriga 
    kelib 
    Movaraunnahrda 
    yuzaga 
    kelgan 
    ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur yetadi va 
    rivojlanish to‘xtab qoldi. 
    XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi 
    iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
    ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall 
    o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash 
    rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib 
    sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi. 
    XX asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga 
    tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‘lib 
    Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga 
    tushirildi. 
    Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik 
    elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 30 
    ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari 
    qurishga imkoniyat yaratdi. 
    Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, 
    «Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo 
    kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari 
    qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati mahsulotlarini 
    tayyorlash rivoj topdi. 
    Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash 
    dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, 
    respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi. 
    2018 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 228,9 
    trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli 
    davriga nisbatan o'sish sur'ati 114,4 % ni tashkil etdi. 
    Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, ishlab 


    22 
    chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 13,2 % ga, tog’-kon 
    sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 25,4 % ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash 
    va havoni konditsiyalashning 4,1 % ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, 
    chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 22,6 % ga o’sishi hisoblanadi. 

    Download 5.3 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Hududlar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish

    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish