|
Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni annotatsiya
|
bet | 1/2 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 18,15 Kb. | | #252685 |
Bog'liq IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI O`RNI
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O’RNI
Annotatsiya: Xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Investitsiya, xorijiy investitsiya, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya, portfel investitsiya, investor.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 20172021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi1. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri bu – investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat.
Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish; ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish; uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish; to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish; beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to’g’ridan-to’g’ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;
yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qo’llabquvvatlovchi jamg’armalar tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to’liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
|
| |