• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ALPHA PROFESSIONAL TA’LIM O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIM DARAJA
  • Toshkent - 2024
  • Ishchi dasturlari




    Download 330.29 Kb.
    bet1/3
    Sana26.03.2024
    Hajmi330.29 Kb.
    #177694
      1   2   3
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim
    axborot tizimlari, Zayliddinov Ismoiljon (3), 32269 1.Ishchi Hisoblash usullari, Aktyorlik mahorati, Ichki perevot qishgi, Chetlashtirish 14.03.2024



















    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ALPHA PROFESSIONAL TA’LIM

    ISHCHI DASTURLARI

    i

    Kasb kodi va nomi:

    40110102
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti
    tarbiyachisi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    ALPHA PROFESSIONAL TA’LIM

    O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIM DARAJA

    ISHCHI DASTURLARI

    Kasb kodi va nomi:
    40110102- Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
    Kvalifikatsiya(lar) nomi:
    1. Tarbiyachi

    Toshkent - 2024

    MUNDARIJA



    1. Qo‘llanilish sohasi 4

    2. Atamalar va qisqartmalar 4

    3. Ta’lim dasturini ishlab chiqishning normativ-huquqiy hujjatlari 5

    4. Kasbiy ta’lim xususiyati 6

    Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi va umumiy va kasbiy ' kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

    1. Kvalifikatsiya bo‘yicha professional modullarni shakllantirish 17

    2. O‘quv reja 22

    3. Modullar dasturlari 26

    Ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarga qo‘yilgan talablarni . baholash.



    1. Qo‘llanilish sohasi

    Mazkur ta’lim dasturi professional ta’lim muassasalarida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda umumiy va kasbiy kompetensiyalari, o‘qitish natijalari, o‘quv reja va modullariga qo‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmini hamda bitiruvchilarni belgilangan talablarga javob berishini nazoratini belgilaydi.
    Ta’lim dasturi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
    Ta’lim dasturi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati subyektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tatbiq etilishi majburiydir.
    Ushbu ta’lim dasturi Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (P.014.102.1789/B-22) kasbining tasdiqlangan kasbiy standard talablari asosida ishlab chiqildi.
    Ta’lim dasturi quyidagilarga mo‘ljallangan:

    • mehnat bozori va professional ta’lim sohasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga

    solish;

    • kasb yoki mutaxassislikka qo‘yiladigan talablarni belgilash;

    • o‘quv reja va uning tarkibiy qismiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

    • fan (modul)lar va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

    • o‘qitish natijalarini baholash;

    Ta’lim dasturining asosiy foydalanuvchilari:

    • professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari;

    • korxona (tashkilot)lar rahbarlari va tegishli mutaxassislari;

    • kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash sohasidagi mutaxassislar.

    1. Atamalar va qisqartmalar boshlang‘ich professional ta’lim — YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;

    o‘rta professional ta’lim — Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
    o‘rta maxsus professional ta’lim — Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5- darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
    professional ta’lim — ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;
    o‘qitishning dual tizimi — ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi;
    kasb-hunar maktabi — Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari
    kollej — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari;
    texnikum — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;
    kasb — maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir;



    mutaxassislik — biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;
    kvalifikatsiya — kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi;
    kasbiy standart — xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari;
    davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
    ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;
    kompetensiya — bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui; kasbiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;
    umumiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;
    ko‘nikma — muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat; o‘quv rejasi — professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
    o‘quv dasturi — professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
    o‘quv jarayonining grafigi — ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.
    Qisqartmalar:
    PT - professional ta’lim;
    PTM - professional ta’lim muassasasi;
    TD - ta’lim dasturi;
    UK - umumiy kompetensiya;
    KK - kasbiy kompetensiya;
    O‘N - o‘qitish natijasi;
    N - nazariy;
    A - amaliy;
    L - laboratoriya;
    MT - mustaqil ta’lim;
    PM - prafessional modul.

    1. Ta’lim dasturini ishlab chiqishning normativ-huquqiy hujjatlari

    1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 29-martdagi 163-son qarori.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-iyuldagi 411-son qarori.



    1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 10-martdagi 89-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori. Kasbiy standartlar asosida modul ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik yo‘riqnoma.

    1. Kasbiy ta’lim xususiyati

    4.1. 40110102 - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi kasbi doirasida beriladigan kvalifikatsiya

    1. Tarbiyachi.

    Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

    1. Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik.

    2. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:

    • kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;

    • kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

    V. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi, umumiy va kasbiy kompetensiyalariga
    qo‘yiladigan talablar

    1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:

    40110102 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi mutaxassisligiga doir hujjatlarni amaliyotda qo‘llaydi.
    MTT guruhlarida ta’lim-tarbiyaviy jarayonni davlat hujjatlari asosida rejalashtiradi va tashkil etadi.
    Bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qiladi, sog‘lomlashtirish ishlarinin olib boradi
    Tarbiyalanuvchilar ota-onalari (qonuniy vasiylari) bilan hamkorlik ishlarini olib boradi.

    1. Kasbiy faoliyati tavsifi

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan me'yoriy huquqiy hujjatlar asosida yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim- tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda ta’lim- tarbiyaning zamonaviy usul va shakllarini qo‘llay olish, intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bolalarning hayotini muhofaza qilish, sanitariya qoidalari va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya etish va saqlash, bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhida kun tartibi va Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida bolani to‘laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga quyilgan davlat talablar asosida jismoniy va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi-ijtimoiy hissiy rivojlanishi, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalariga tayyorgarlik, bilish jarayoning rivojlanishi va ijodiy rivojlanish sohalari doirasida ta’lim faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish, rivojlanish xaritasiga muvofiq barcha ma’lumotlarni aks ettirgan holda har bir bolaning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, bolaning rivojlanish jarayonining natijasiga ko‘ra



    kuzatuv xaritasini yuritish, zarur holatlarda boshqa mutaxassislar bilan birgalikda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritish.
    Bitiruvchilar yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat turlari bilan Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti va “Mehribonlik uyi” “Bolalar shaharchalari”, “Go‘daklar uyi”da, olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanadi

    1. PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:

    UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish;
    UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
    UK-3. O‘zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish;
    UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala hamda samarali muloqot qilish;
    UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
    UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
    UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni qidirish;
    UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
    UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
    UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
    UK-11. Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko‘rish va utilizatsiya qilish;
    UK-12. Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib borish.



    Reestr
    bo‘yicha
    kodi

    Mehnat funktsiyalari

    Mehnat harakatlari

    Kasbiy kompetentsiyalar nomi

    A/01.4

    Bolalarni intellektual, ma’naviy, axloqiy etik va estetik jihatdan tarbiyalash

    Bolalarni intellektual, ma’naviy, ahloqiy etik va estetik rivojlantirish, tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlash.

    KK-1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish, rivojlantirish, sog’lom, yetuk shaxs qilib tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash ishlarini amalga oshirish.

    Bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish

    O‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarni tarbiyalash

    Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘yindan keng foydalanish

    A/02.4

    Bolalarni kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o‘rnatishga o‘rgatish va ularni hissiy rivojlantirish

    Bolalarning jamiyatda moslashuvi va uning ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.

    KK-1.2 Bolalarning erkin rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, o‘zini namoyon etishi, kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda ahloq qoidalari hamda me’yorlariga rioya qilish

    Bolalarning turli yosh guruhlarida erkin rivojlanishi va o‘z-o‘zini namoyon etishini ta’minlovchi o‘zaro hurmat muhitini yaratish

    A/03.4

    Ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish

    Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarni tatbiq qiladi.

    KK-1.3. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy interfaol metodlarni amalda qo‘llash va axborot texnologiyalarini tadbiq etish.

    Interfaol ta’lim turlari va shakllarini ta’lim jarayonida qo‘llaydi.

    Ilg‘or pedagogik ish uslublari asosida faoliyat olib boradi.

    V/01.4

    Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash

    Bolalarni o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi.

    KK-1.4.Bolalarni jismoniy rivojlanishini ta’minlash, shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish,

    Guruhda bolalar bilan sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi.

    Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalash metodikasini qo‘llaydi

    Ertalabki badan tarbiya, jismoniy mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, sport tadbirlarini tashkil etadi.

    V/02.4

    Turli yosh guruhlarda tibbiy - biologik ijtimoiy sog‘lomlashtirish ishlarini

    Guruhda bolalarning sog‘lig‘ini asrash.
    Yuqumli kasalliklar va ularning oldini olish ishlarini olib boradi.

    KK-1.5. Bolarni sog‘lig‘ini asrash, ularda uchraydigan kasalliklarni oldini olish, birinchi yordam ko‘rsatish, madaniy







    olib borish

    Baxtsiz xodisalarda bolalarga birinchi yordamni beradi.

    gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish

    Bolalarning madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish

    S/01.4

    Bolalar nutqini rivojlantirish

    Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantiradi

    KK-1.6. Bolalarni nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish va savodga tayyorlash

    Ularni atrofdagilar bilan muloqotga o‘rgatadi

    O‘qish va yozish malakalarini rivojlantiradi

    Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi

    D/01.4

    Bolalarning yosh guruhlariga ko‘ra: asosiy matematik tushunchalar, son-sanoq, kattalik, shakl, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash haqida tasavvurga ega bo‘lishiga o‘rgatish

    Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish

    KK-1.7. Bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, rejalashtirish, o‘yin, mashg‘ulotlarni tashkil etish

    Asosiy matematik tushunchalar asosida mashg’ulotlarni rejalashtirish va tashkil etish

    Asosiy matematik tushunchalar asosida rivojlantiruvchi o‘yinlarni tashkil etish

    D/02.4

    Atrof olamni o‘rganish va uni anglash.

    Atrof muhitdagi voqea va hodisalar haqida bolalarni tanishtiradi.

    KK-1.8. Bolalarga Vatanga muhabbat tuyg’usini, oila, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadiryatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ekologik tarbiya berish, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatlarini shakllantish

    Atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni shakllantiradi

    YE/01.4

    Maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqiy faoliyatda ishtirok etishga qiziqtirish

    Bolalarning musiqiy bilimini rivojlantiradi va milliy qadriyatlarni singdiradi

    KK-1.9. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-ijodiy, qobiliyatlarini qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish ishlarini olib borish.

    Bolalarga musiqaga oid ma’lumotlarni beradi va musiqa tinglashni o‘rgatadi

    Bolalarga musiqiy ritmik harakatlarni, raqsni va bolalar cholg‘u asboblarida ijro etishni o‘rgatadi

    YE/02.4

    Bolalarni tasviriy faoliyat va rasm, buyumlar yasashga o‘rgatish

    Davlat talablari va davlat o‘quv dasturi va variativ dasturlar mazmunini amaliyotga tadbiq etadi

    An’anaviy va noan’anaviy usullar yordamida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etadi

    F/01.4

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonini meyoriy

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan meyoriy xujjatlar asosida tashkil etadi

    KK-1.10. Ta’lim va tarbiya jarayonini







    hujjatlar asosida tashkil etish

    Davlat talabi va davlat o‘quv dasturi va variativ dasturlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etish

    maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida belgilangan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar asosida yuritish.

    Yillik mavzuli va haftalik reja asosida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish

    F/02.4

    Guruxda xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash

    Guruxning kun tartibi asosida ta’lim -tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish va olib borish.

    KK-1.11. Bolalarni kun davomida hayoti, sog’ligi va havfsizligini ta’minlash

    Bolalarning xayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishini ta’minlash

    G/01.4

    Rivojlanishida jismoniy va psixik nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish. Bolalarni parvarishlash va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish

    Moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida yakka tartibdagi ta’lim rejalarini qo‘llab, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarni rivojlanishida ta’lim-tarbiya ishlarni olib boradi

    KK-1.12. Rivojlanishida jismoniy va psixik nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarni ollib borish

    Maktabgacha inklyuziv ta’limni tashkil qiladi




    Kasbiy kompetensiya

    Bilim

    Ko‘nikma

    O‘qitish natijasi

    KK-1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish, rivojlantirish, sog’lom, yetuk shaxs qilib tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash ishlarini amalga oshirish.

    • maktabgacha pedagogikani;

    • bolalarni har tomonlama kamol toptirish va maktab ta’limiga tayyorlashni;

    • bolalar huquqlarini himoya qilishni;

    • bolalar uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishni;

    • ota-onalar bilan xamkorlikda ishlashni;

    • o‘yinlar va ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarni rivojlantirishni;

    • shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuv tamoyillarini.

    • bola shaxsini har tomonlama shakllantirish

    • uning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish

    • bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish

    • bola tarbiyasida o‘yindan keng foydalanish

    1.Maktabgacha pedagogika- ning umumiy masalalari bo‘yicha bilimlari shakllanadi, bola tarbiyasining tarkibiy qismlarini, xamkorlik ishlarini bajara oladi.

    KK-1.2 Bolalarning erkin rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi, o‘zini namoyon etishi, kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda ahloq qoidalari hamda me’yorlariga rioya qilish

    • maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini. ularni ijtimoiy va hissiy rivojlantirishni. ota-onalar bilan xamkorlik ishlarini;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning individual, psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlarini;

    • bolalarda atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish va o‘z hissiyotlarini ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishni

    • bolalarni ijtimoiy munosabatlarga kirisha olishi va o‘z his-tuyg‘usini ifodalay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish

    • psixologning tavsiyalarini o‘rganish asosida bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni rejalashtirish va olib borish

    1.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasiga xos individual psixologik xususiyatlari va o‘z hissiyotlarini ifodalash ko‘nikmalarini shakllantira oladi.

    KK-1.3. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy interfaol metodlarni amalda qo‘llash va axborot texnologiyalarini tadbiq etish.

    • maktabgacha ta’lim va tarbiya metodikasini;

    • pedagogik va axborot texnologiyalarini;

    • o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari

    • interfaol ta’lim turlari va shakllarini

    • ta’lim-tarbiya jarayonida sohaga oid ilg‘or tajribalarni, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llay olish

    • pedagogik va axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni ta’lim jarayonida qo‘llay olish

    l.Ta’lim-tarbiya faoliyatini innovatsion va axborot texnologiyalar asosida tashkil qila olishi.




    KK-1.4. Bolalarni jismoniy rivojlanishini ta’minlash, shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish,

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalash metodikasini;

    • ertalabki badan tarbiya, jismoniy mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, sport tadbirlarini tashkil etish bolalarni sog‘lomlashtirishni;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalash metodikasi ish shakllari asosida sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini olib borish

    • davlat o‘quv dasturiga muvofiq bolalarni jismoniy rivojlantirish;

    • bolalarni ta’lim jarayonida hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlaydi.

    1.Turli yosh guruhlarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ta’lim- tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish va tadbirlarni tashkil eta oladi.

    KK-1.5. Bolarni sog‘lig‘ini asrash, ularda uchraydigan kasalliklarni oldini olish, birinchi yordam ko‘rsatish , madaniy gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish

    • yoshga oid anatomiya ,fiziologiya va bolalar gigiyenasini;

    • baxtsiz xodislarda birinchi yordam ko‘rsatishni;

    • bolalar salomatligini asrash va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazshni

    • yuqumli kasalliklar va ularni oldini olishni

    • bolalar kasalliklari oldini olish, guruhda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash ishlarini tashkil etish

    • tibbiyot mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni salomatligini asrash va mustahkamlashni ta’minlaydi, ularning psixofizik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tadbirlar o‘tkazadi hamda ularning hayoti va salomatligi uchun qayg‘uradi

    1. 1.Bolada sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiyenik talablarni muntazam shakllantirib boradi, turli xil yuqumli kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi va ularni oldini olishi va birinchi yordam ko‘rsata oladi.

    KK-1.6. Bolalarni nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish va savodga tayyorlash

    • davlat talablari va davlat o‘quv dasturi mazmunini va amaliyotga tadbiq etish

    • yo‘llarini bilish

    • bolalarning individual va yosh xususiyatlarini;

    • bolalarda nutq, muloqat

    • bolalarda o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni;

    • bolalarni rivojlanishi darajasini aniqlash yo‘llari, usullari va shakllarini;

    • bolalar og‘zaki nutqini rivojlantirish va muloqatga o‘rgatish

    • bolalarda o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish

    • bolani maktab ta’limiga tayyorlab borish

    • bolalarni rivojlanishi darajasini aniqlash yo‘llari, usullari va shakllarini qo‘llash

    1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga oladi, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etadi o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish ishlarini olib boradi;







    - bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni

    • mashg‘ulotlarni yillik va xaftalik mavzuli reja asosida o‘tkazish

    • mashg‘ulotlar va faoliyatlar uchun ko‘rgazmali va didaktik materiallarnini tayyorlash

    • bolalar bilan yakka holda ishlash

    2.Badiiy asarni g‘oyaviy badiiy jihatidan baholash, o‘qib tahlil qilishi.

    KK-1.7.Bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, rejalashtirish, o‘yin, mashg‘ulotlarni tashkil etish

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tassavurlarni shakllantirishni.

    • davlat talablari va davlat o‘quv dasturi va variativ dasturlarni mazmunini amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini;

    • bolalar bilan tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlarni;

    • turli yosh guruhlarda bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishni;

    • matematik tasavvurlar bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va tashkil etishni;

    • guruhlar bo‘yicha asosiy matematik tushunchalar, son-sanoq, kattalik, shakl, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash haqida tasavvurga ega bo‘lish, qurish-yasash bo‘yicha metod va usullarni bilishni

    • ilk matematik tasavvurlarini shakillantirish asosida bolalarni maktabga tayyorlashni

    • asosiy matematik tushunchalar asosida mashg‘ulot va rivojlantiruvchi o‘yinlarni tashkil etish

    • bolalarning mantiqiy fikrlash, tassavur va tafakkurini rivojlantirish. bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish

    • ilk matematik tasavvurlarini shakillantirish asosida bolalarni maktabga tayyorlash

    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtiradi va tashkil eta oladi;

    2. Guruhlar bo‘yicha asosiy matematik tushunchalar va qurish-yasash bo‘yicha faoliyatlarni tashkil etishni bila oladi;

    3.Ilk matematik tasavvurlarini shakillantirish asosida bolalarni maktabga tayyorlay olishi.

    KK-1.8.Bolalarga Vatanga muhabbat tuyg’usini, oila, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadiryatlariga hurmat bilan munosabatda

    • jonli va jonsiz tabiat. bolalarda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘rlik munosabatini tarbiyalashni;

    • davlat talablari va davlat o‘quv dasturi va variativ dasturlar mazmunini amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini;

    • mashg‘ulotlarini sayr, o‘yin hamda

    • -faoliyat va mashg‘ulotlar davomida bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish;

    • ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etish

    • bolalar bilan eksperimental- tadqiqotchilik mashg‘ulotlarini

    1.Bolalarda jonli va jonsiz tabiat, atrof-muhitga nisbatan extiyotkorona va g‘amxo‘rlik munosabatini tarbiyalash ishlarini tashkil eta olishi











    bolalarda musiqaviy
    kompetensiyalarini
    rivojlantirishda
    musiqani his qilish, to‘g‘ri kuylashga o‘rgatishda musiqaga mos ritmik harakat va mos raqs elementlarini bajarishda
    bolalar cholg‘u asboblarida jamoa bo‘lib ijro etish malakalarini rivojlantirishda ishtirok etadi;
    bolalar ijodkorligini
    rivojlantirishda sahnalashtirish, bayram ertaliklarini tashkil etish, ifodali o‘qish usullarini qodlaydi.
    davlat talablari va davlat o‘quv dasturi asosida faoliyatni rejalashtirish
    rasm chizish, bezakli rasm, plastik materiallar bilan ishlash, applikatsiya va
    konstruksiyalashga oid
    ko‘nikmalami rivojlantirish badiiy ij odiy layoqatlarni o‘stirish, rangni his qilish, fikriy operatsiyalarni tahlil qilish kabilarni rivojlantirish

    bo‘lish, ekologik tarbiya berish, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantish.

    ekskursiyalar orqali tashkil etish va o‘tkazish;

    o‘tkazadi






    KK-1.9. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy- ijodiy, qobiliyatlarini qoMlab quvvatlash va rivojlantirish ishlarini olib borish.

    • boshlang‘ich musiqa savodini;

    • bolalar qo‘shiqlarini kuylash, musiqaga mos ritmik harakatlarni bajarishni;

    • bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bodishni;

    • musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etishda ko‘maklashishni;

    • bolalar ijodkorligini rivojlantirish ishlarini tashkil etishni sahnalashtirish turlarini;

    • tasviriy faoliyat metodikasini;

    • davlat talablari va davlat o‘quv dasturi mazmunini amaliyotga tadbiq etishni;

    • rasm, qo‘l ishlari. plastilin (loy), applikatsiyani;

    • bolalarga tasviriy faoliyatga o‘rgatishda qog‘oz, tabiiy qurilish materiallaridan foydalanishni;


    • Bolalarda musiqani his qilib jamoa bo‘lib kuylata olish, musiqaga mos ritmik harakatlarni bajartirish, bolalar cholg‘u asboblarida ijro ettira olish malakalarini shakllantira olishi.

    • Maktabgacha ta’lim

    tashkilotlarida tasviriy
    faoliyat bo‘yicha ishlami rejalashtiradi va tashkil eta oladi;

    • Guruhlar bo‘yicha rasm, qo‘l ishlari. Plastilin (loy), applikatsiya bo‘yicha faoliyati arni tashkil eta olishi.




    KK-1.10. Ta’lim va tarbiya jarayonini maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida belgilangan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar asosida yuritish.

    • maktabgacha ta’limga oid meyoriy xujjatlar, davlat talablari, davlat o‘quv dasturi va variativ dasturlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tashkil etishni;

    • yillik mavzuli va haftalik reja asosida ta’lim- tarbiya jarayonini rej alashtirishni

    • maktabgacha ta’limga oid meyoriy xujjatlar, davlat talablari va davlat o‘quv dasturini amaliyotga tadbiq etish;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarning yosh guruhlarida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish;

    • yillik mavzuli va haftalik reja asosida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish

    • o‘quv tarbiyaviy faoliyatni guruhning kundalik ish tartibi asosida tashkil etish.

    1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisining meyoriy huquqiy hujjatlarini bilan ishlay olishi.

    KK-1.11. Bolalarni kun davomida hayoti, sog’ligi va havfsizligini ta’minlash

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv tarbiyaviy faoliyatni guruxning kun tartibi asosida tashkil etishni;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarni xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashni;

    • mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va bolalar xayoti va sog‘lig‘iga qo‘yiladigan talablarni bilish

    • kun tartibi va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarning hayot faoliyati hafsizligining o‘ziga xos talablari, texnik meyorlariga amal qilish;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya qilish;

    1.O‘quv tarbiyaviy faoliyatni guruhning kun tartibi asosida tashkil etishda bolalarning hayot faoliyati hafsizligining o‘ziga xos talablari, texnik meyorlariga amal qila olishi.



    KK-1.12. Rivojlanishida jismoniy va psixik nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish



    defektologiya asoslarini
    davlat talabi va ular asosida ishlab chiqilgan
    ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarini tashkil
    etishni;
    dasturlariga muvofiq ta’lim-tarbiya berishni; maktabgacha inklyuziv ta’lim-tarbiya berishni;
    rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boMgan bolalarning ijtimoiy tajribasi, tasavvuri va ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart- sharoitlarini bilishni;
    bolalarning ota onalari (ulaming o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan olib boriladigan ishlarni


    - moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida yakka tartibdagi ta’lim rejalarini qodlab, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarni rivojlanishida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish


    1 Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni bodgan bolalar xususiyatlami inobatga oladi, korrektsion pedagogika ishlarda ishtirok etaishini.





    O‘qitish natijasi

    O‘quv fan mazmuni

    Professional modul nomi

    KK-1.1
    l.Maktabgacha pedagogikaning umumiy masalalari bo‘yicha bilimlari shakllanadi, bola tarbiyasining tarkibiy qismlarini, xamkorlik ishlarini bajara oladi.

    • maktabgacha pedagogikaning maqsad va vazifalari;

    • pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi ;

    • bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama: jismoniy, aqliy, sensor, ahloqiy, estetik mexnat, fuqarolik, ekologik va iqtisodiy tarbiyalash;

    • o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati ekanligi ;

    • mttning hamkorlik ishlari:oila va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik;

    • bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.

    PM-1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tayanch bilimlari

    KK-1.2
    1.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasiga xos individual psixologik xususiyatlari va o‘z hissiyotlarini ifodalash ko‘nikmalarini shakllantira oladi.

    • psixologiya, bolalar psixologiyasining fanining predmeti, tarmoqlari, metodlari mazmuni;

    • shaxs psixologiyasi va shaxslararo munosabatlar, mttda ziddiyatli holatlar, faoliyat turlari;

    • shaxsning psixik jarayonlari, holatlari, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari;

    • ilk va maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi va faoliyat turlari jarayonida bola psixikasining rivojlanishi;

    • maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlari, holatlari va xususiyatlari;

    • maktabgacha yoshda bola bola shaxsining shakllanishi;

    • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”, mtt davlat o‘quv dasturi;

    • bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jixatdan tayyorlashni.

    PM-1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tayanch bilimlari

    KK-1.3
    l.Ta’lim-tarbiya faoliyatini innovatsion va axborot texnologiyalar asosida tashkil qila olishi.

    • innovatsion ta’lim texnologiyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi;

    • horijiy davlatlarning ilg‘or pedagogik tajribalari;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish;

    • ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish;

    • kompyuterda innovatsion didaktik o‘yinlar va didaktik materiallar yaratish;

    PM-1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tayanch bilimlari




    KK-1.4
    l.Turli yosh guruhlarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ta’lim- tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish va tadbirlarni tashkil eta oladi.

    • jismoniy tarbiya metodikasining umumiy tushunchalari;

    • ilk yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida asosiy harakat mashqlari.

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umurivojlantiruvchi mashqlar.

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida harakatli o‘yinlar.

    • jismoniy tarbiya ish shakllari

    • MTTda sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar.

    • maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi.

    PM-2 Bolalar jismoniy tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzi

    KK-1.5
    1.Bolada sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiyenik talablarni muntazam shakllantirib boradi, turli xil yuqumli kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi va ularni oldini olishi va birinchi yordam ko‘rsata oladi;

    • salomatlik va sog‘lom atrof muhit. maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya gigiyenik meyorlar.

    • bolalar kasalliklari va ularning profilaktikasi

    • profilaktik emlash kalendari va uning ahamiyatini;

    • bolalar yuqumli kasalliklari va ularni oldini olish.

    • bolalar jarohatlanishi va ularni oldini olish.

    PM-4 Tibbiy-biologik va ijtimoiy sog'lomlashtirish asoslari

    KK-1.6
    1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga oladi, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etadi o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish ishlarini olib boradi;
    2.Badiiy asarni g‘oyaviy badiiy jihatidan baholash, o‘qib tahlil qilishi.

    • bolalar nutqini o‘stirishning nazariy asoslari

    • ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi

    • MTTda bolalarning lug‘at ustida ishlash metodikasi

    • nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish metodikasi.

    • bolalar nutqini tovush madaniyatini tarbiyalash metodikasi

    • bolalarni bog‘lanishli nutqqa o‘rgatish metodikasi

    • MTTda bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

    • MTTda bolalarni o‘qish va savodga tayyorlash

    • MTTda bolalar nutqini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish

    • bolalar bilan olib boriladigan bolalar adabiyoti bo‘yicha ta’limtarbiya

    • jarayonini tashkil etish;

    • bolalarni xalq og‘zaki ijodi janrlari, bolalar shoirlari, asarlari, ularning mazmuni bilan tanishtirish;

    • bolalarga mo‘ljallangan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari,

    • g‘oyaviy-estetik tarbiyaviy maqsadi bilan tanishtirish

    PM-3 Metodik fanlar




    KK-1.7
    1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtiradi va tashkil eta oladi;
    2.Guruhlar bo‘yicha asosiy matematik tushunchalar va qurish-yasash bo‘yicha faoliyatlarni tashkil etishni bila oladi;
    3.Ilk matematik tasavvurlarini shakillantirish asosida bolalarni maktabga tayyorlay olishi.

    • maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasining nazariy asoslari

    • matematika mashg‘ulotlari va uni o‘tishga qo‘yilgan talablar

    • ilk yosh bolalarining matematik tasavvurlarni shakllantirish

    • MTTda kichik guruh bolalarining matematik tasavvurlarini shakllantirish

    • MTTda o‘rta guruh yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish

    • bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan

    • zamonaviy didaktik vositalar

    • MTTda katta guruh yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish

    • MTTda maktabga tayyorlov guruhi bolalarini matematik tasavvurlarni shakllantirish

    • o‘zbekiston respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning

    • rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari, “ilk qadam” davlat o‘quv daturi asosida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish.

    • MTTlarda bola shaxsini rivojlantirishda “qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika” markazini tashkil etish.

    • ilm yo‘li” variativ dastur 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash.

    • maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarini

    • shakllantirish mtt va oilaning aloqasi

    PM-3 Metodik fanlar

    KK-1.8
    1.Bolalarda jonli va jonsiz tabiat, atrof- muhitga nisbatan extiyotkorona va g‘amxo‘rlik munosabatini tarbiyalash ishlarini tashkil eta olishi

    • MTTyoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish va ekologik

    • tarbiyaning maqsadi, vazifalari.

    • MTTda tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya metodlari

    • MTTda tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya shakllari

    • bolalarni tabiat bilan tanishtirish shart-sharoitlari

    • bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish

    • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talabi” va “ilk qadam” davlat o‘quv dasturini bilish jarayoni rivojlanishi sohasini o‘rganish

    PM-3 Metodik fanlar




    KK-1.9.

    1. Bolalarda musiqani his qilib jamoa bo‘lib kuylata olish, musiqaga mos

    ritmik harakatlarni bajartirish, bolalar cholg‘u asboblarida ijro ettira olish malakalarini shakllantira olishi.

    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat bo‘yicha ishlarni rejalashtiradi va tashkil eta oladi;

    2. Guruhlar bo‘yicha rasm, qo‘l ishlari va plastilin (loy), applikatsiya

    bo‘yicha faoliyatlarni tashkil eta olishi.

    • MTT va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari.

    • o‘zbek xalq musiqa ijodiyoti va milliy kuylari.

    • maqom san’ati.

    • o‘zbek bolalar kompozitorlari

    • o‘zbek xalq musiqa cholg‘u asboblari

    • xorij musiqa madaniyati

    • musiqa faoliyat turlari

    • mttda bayram ertaliklarini tashkil etish.

    • tasviriy faoliyatga o‘rgatishning metod va usullari

    • maktabgacha ta'lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni bosqichmabosqich

    • chizishga o‘rgatish

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarinida plastelin va loydan buyum yasashga o‘rgatish

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida applikatsiya qilishga o‘rgatish

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish - yasashaga o‘rgatish

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatga o‘rgatish va rejalashtirish

    • qog‘oz, karton turlari bilan ish’lash va qog‘oz, kartondan trafaret,

    • shablon, muhr tayyorlash texnikasi;

    • qog‘ozni bo‘yash turlarini bajarish texnikasini va xavfsizlik qoidalari

    • pape-mashe va applikatsiya usullari;

    • ijodiy o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, qiziqarli kitobchalar tayyorlash

    • MTTda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazishga ko‘rgazmali vositalar

    • tayyorlash

    • rivojlantiruvchi markazlar uchun ko‘rgazmalar tayyorlash

    • tabiiy, taslandiq materiallar va turli hom ashyolar bilan ishlash

    • munchoqlar bilan ishlash;

    • ip va gazlamalar bilan ishlash

    • loy va plastilin bilan ishlash;

    PM-3 Metodik fanlar

    KK-1.10.
    1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisining meyoriy huquqiy hujjatlarini bilan ishlay olishi;

    • maktabgacha ta’limga doir meyoriy hujjatlar fanining maqsad va vazifasi

    • o‘zbekiston respublikasining “ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni.

    • maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida o‘zbekiston respublikasining qonuni

    PM-1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining







    • maktabgacha ta’lim tizimiga oid qarorlar

    • maktabgacha ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi.

    • O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

    • O‘bekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tizimi hodimlarining odob-ahloq' qoidalari

    • maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti

    • davlat o‘quv dasturlari

    • tarbiyachining metodik ish hujjatlarini

    tayanch bilimlari

    KK-1.11
    1.O‘quv tarbiyaviy faoliyatni guruhning kun tartibi asosida tashkil etishda bolalarning hayot faoliyati hafsizligining o‘ziga xos talablari, texnik meyorlariga amal qila olishi.

    • MTTda bola hayotiga ta’sir etuvchi xavflar va ularning turlari

    • MTTda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash zarurati

    • MTTda hayot faoliyati xavfsizligiga oid muammolar va vazifalarning yechimlari

    • tarbiyachining bolaga zilzilada birinchi tibbiy yordam berish tartibi

    • MTTda bolalarni yo‘l harakati havfsizligi qoidalari bilan tanishtish

    • MTTda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

    PM-4 Tibbiy-biologik va ijtimoiy sog'lomlashtirish asoslari

    KK-1.12
    1.Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni bo‘lgan bolalar xususiyatlarni inobatga oladi, korrektsion pedagogika ishlarda ishtirok etaishini.

    • defektologiya fani, uning predmeti, maqsadi va vazifalari.

    • jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ;

    • maktabgach yoshdagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lganb olalar;

    • maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar;

    • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar;

    • maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar;

    • harakat - tayancha'zolarida nuqsoni bo‘lgan bolalar;

    • autizm va daun sindromiga chalingan bolalar;

    • psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar haqida umumiy tushunchalar;

    • rivojlanishida murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalar haqida umumiy tushunchalar

    PM-5 Inklyuziv ta’lim







    1. O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari Namunaviy o‘quv reja

    Professional ta’limning kasb kodi va nomi

    Kvalifikatsiya(lar) nomi

    O‘qish
    muddati

    O‘qish shakli, ishlab chiqilgan yili

    QR kod

    dual

    40110102- Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi

    1. Tarbiyachi

    1,5 yil

    2023 yil
    T/R

    Blok nomi

    Jami

    Ta’lim muassasidagi nazariy ta’lim

    Tashkilotdagi amaliy ta’lim

    Foizda

    1

    Umumkasbiy va professional modullar

    720

    720




    33

    2

    Kvalifikatsion amaliyot

    1404




    1404

    65

    3

    Davlat attestatsiyasi

    36




    36

    2




    Jami:

    2160

    720

    1440

    100



    Modul va bloklar nomi

    Dastlabki talab

    O‘qish
    davri

    O‘quvchining umumiy yuklamasi, soatlarda

    Umumiy
    yuklama

    Auditoriyadagi o‘quv yuklamasi


    Download 330.29 Kb.
      1   2   3




    Download 330.29 Kb.