|
Ishlab chiqarish dasturi
|
bet | 1/2 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 31,77 Kb. | | #149145 |
Bog'liq 11-Amaliy mashg\'ulot(ICHJAR) (2)
11-Amaliy mashg’ulot
Tsex ishlab chiqarish dasturini hisoblash
Ishlab chiqarish dasturi -mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan oʻzaro uzviy bogʻliq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish chora-tadbirlari majmui. ishlab chiqarish dasturini tuzishda ishlab chiqarshi gra-figi, texnologik yoʻnalish, mahsulotning konstruktiv tarkibi (yaʼni unga kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlangʻich axborot boʻlib xizmat qiladi. Uni tuzishda ilmiy asoslanganlik, davlat, korxona, ishchilar manfaatlarini hisobga olish, dasturni optimallashtirish, uzluksizlikni taʼminlash, mahsulot ishlab chiqarishning kompleksligini hisobga olish kabi tamoyillarga amal qilinadi. Bozor iqtiso-diyoti sharoitida bunday chora-tadbirlar korxonaning biznes rejasiaa. aks etadi. Shunga muvofiq, korxonaning Ishlab chiqarish dasturi ham biznes rejadan boshlanadi. Ishlab chiqarish dasturida yalpi mahsulot hajmi, sotish uchun tayyorlangan mahsulot hajmi, mahsulot assortimenti (turlari), mahsulot sifati, navi, meʼyoriga yetmagan mahsulotlar miqdori, xom ashyo balan-si, Ishlab chiqarish quvvati, Ishlab chiqarish vositalaridan va xom ashyodan foydalanish, shuningdek, mahsulotni qachon, qayerga, qanday tartibda yetkazib berishi yoki tashish va b. aks etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda tizimli tahlil, grafiklar nazariyasi, operatsiyalarni tadqiq qilish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisoblash, mantiqiy-tarkibiy taxlil, iqtisodiy matematik modellash, iqtisodiy taxlil va b. usullar qoʻllanadi. Ishlab chiqarish dasturi muayyan Ishlab chiqarishning natural (dona, tonna, metr, litr va h. k.), qiymat (meʼyoriy toza mahsulot, tovar, sotilgan mahsulot hajmi, tugallanmagan mahsulot qiymati va b.) va sifat (meʼyoriy toza mahsulot, brak va b.) koʻrsatkichlarini qamraydi.
(Mexanika tsexini loyihalash)Mexanika sexlarini loyihalash uchun asos bo’lib chizmalar, detallar spetsifikatsiyasi, detallar va konstruksiyalar bayoni, mahsulotni tayyorlash uchun qo'yilgan texnik talablar ilova qilingan, korxonaning ishlab chiqarish dasturi asosida tuzilgan tsexning detalli ishlab chiqarish dasturi xizmat qiladi.
Tsexni detalli ishlab chiqarish dasturida ushbu tsexda ishlov beriladigan detallar nomi, ularning soni, materiali turi, dastlabki va toza og‘irliklari ko’rsatiladi. Agar detallarga bir nechta tsexlarda ishlov berilsa, u holda har bir tsex uchun qaydnoma ko’rinishidagi dastur va har bir tsexdan qanday detal qancha miqdorda ishlov berilishini ko‘r- satuvhi qaydnomaldt luziladi.
Tsexlar bo'yicha detalli ishlab chiqarish dasturini tuzishda detallarning umumiy soniga tayyorlanayotgan mashinaga qo'shib beriladigan va foydalanilayotgan ushbu mashinaning beto'xtov ishlashini ta’minlash uchun zarur bo'ladigan ehtiyot qismlari ham qo'shiladi. Mexanika tsexlarini loyihalash aniq, keltirilgan yoki shartli ishlab chiqarish dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Agar tayyorlanayotgan mashina va uning detallari soni aniq ko'rsatilgan va ishchi chizmalar, spetsifikatsiyalar va texnik shartlar bilan to'liq ta'minlangan bo’lsa, u holda aniq ishlab chiqarish dasturi deb ataladi. Aniq dastur asosida loyihalashda har bir detalga ishlov be-rish texnologik jarayoni mukammal loyihalanadi, har bir jarayon uchun texnologik kartalar tuziladi va ishlov berish vaqti me’yorlanadi.
Yuqoridagi ishlar katta mehnat hajmiga ega bo‘lib, loyihalash uzoq vaqt va ko‘p sonli ijrochilarni talab qiladi. Shuning uchun bu usul ommaviy, yirik seriyali va oqim bo’yicha ishlab chiqarishlar uchun qo'llaniladi. Ayrim hollarda yakka tartibli ishlab chiqarish aniq dastur asosida loyihalanadi, bunda tayyorlanadigan mahsulotning aniq sonini belgilash murakkabdir, chunki yakka nusxada tayyor lanadigan detallarga mukammal texnologik jarayon loyihalashni turli xil detallarning soni ko'pligi sababli iloji bo'lmaydi. Shuning uchun loyihalash an'anaviy mahsulotlar asosida keltirilgan dasturi bo'yicha olib boriladi.
Tayyorlanayotgan mahsulotlar bir nechta shartli mahsulotlarga keltirib olinsa, u holda keltirilgan ishlab chiqarish dasturi deb ataladi. Keltirilgan dastur asosida loyihalash turli nomenklaturali mashinalarni ko'plab tayyorlashda hamda barcha ma’lumotlar (chizmalar, spetsifikatsiyalar, konstruksiya bayoni, texnik shart lar) faqat asosiy an’anaviy mashinalar uchun qo'llaniladi. Tsexlarni keltirilgan dastur asosida loyihalashni quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
1. Har bir hisobiy mashinamng faqat asosiy tavsifli va murakkab detallari uchun texnologik jarayon tuziladi. Boshqa detallar uchun esa texnologik jarayonni umumiy bajarilishini ko'rsatuvchi jarayon qaydnomasi tuziladi xolos. Bunday mukammal ishlov berish ushbu guruhga kiruvchi mashinaning qolgan barcha detallariga ham tegishli bo’ladi.
2. Ishlab chiqarish dasturida ko'rsatilgan mashina nomenklaturasining turli xilligi va ko'pligi, mashinaning barcha detallarining konstruktiv va texnologik belgilari hamda texnologik o'xshashliklari (plita, rama, stanina, o‘qlar va vallar guruhi, shkivlar va maxoviklar guruhi) bo’yicha guruhlarga ajralib chiqiladi. Har bir guruhdagi bir, ikki yoki uchta detallar uchun texnologik jarayon ishlab chiqiladi va ushbu texnologik jarayonni barcha detallar uchun qo‘llaniladi. Shartli dastur asosida loyihalashda shartli vakil mashina tanlab olinadi va ushbu vakil mashina uchun texnologik jarayon va barcha hisoblar keltirish koeffitsiyenti e'tiborga olmay bajari- ladi va yillik ishlab chiqarish dasturiga kiritilgan barcha mashinalar uchun qo'llaniladi.
Zavodning ishlab chiqarish dasturi – bu ma'lum bir davr uchun qabul qilingan ishlab chiqarish va sotish bo'yicha mahsulotlarning umumiy hajmi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish dasturining quyidagi ko'rsatkichlari qo'llaniladi:
1) amaldagi ulgurji narxlarda sotiladigan mahsulotlarning umumiy hajmi;
2) mahsulotlarning eng muhim turlari;
3) tovar mahsulotlari;
4) tugallanmagan ish;
5) yalpi mahsulot.
Sotilgan mahsulotlar to'liq ishlab chiqarilgan, davlat standartlari, chizmalar, texnik shartlar, shartnomalar yoki boshqa hujjatlar talablariga javob beradigan va iste'molchilar tomonidan to'lanadigan mahsulotlarni o'z ichiga oladi (jo'natilgan, yo'lda bo'lgan, lekin to'lanmagan mahsulotlar, sotilayotgan mahsulotlarning bir qismi emas).
|
| |