5) detalni yuklovchi qurilma va detallarni to`plash uchun va liniyaning
navbatdagi uchastkalarini ta’minlovchi qurilmalar (magazinlar, bunkerlar);
6) qirindini olib ketuvchi uskuna;
7) detallarni nazoratdan o`tkazish va saralash uchun qurilma va
apparaturalar;
8) boshqarish apparaturasi.
Dastgox tipini tanlashda va sonini aniqlashda ko`p asbobli va ko`p
pozitsiyali dastgoxlarni, ko`p keskichli yarim avtomat va avtomatlarni qo`llash
yo`li bilan imkoni boricha kam sondagi jixozlardan foydalanishga xarakat qilish
kerak.
Avtomatik liniyalarda bitta, ikkita va undan xam ko`p bir xil detallarga bir
vaqtda ikki va uch tomonlama ishlov berish uchun kuchli ko`p shpindelli kallakli
agregatli dastgoxlarni qo`llash zarur.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishlaridan biri
detallarga
avtomat
liniyalarda
ishlov
berish
xisoblanadi.
Detallarga avtomatik liniyalarda ishlov berish texnologiyalarini tuzishda shu
liniyada
ishlatiladigan
asosiy
dastgoxlar
(avtomatlar,
yarim
avtomatlar)
zagotovkalarni
yuklash-tashish
qurilmalalari, qirindilarni yig‘ishtirib olish
mexanizmlari va boshqalarni to‘g‘ri tanlash muxim axamiyatga ega. Bundan
tashqari detallarni o‘lchamlari va boshqa parametrlarni nazorat qilish tizimlarini
tashkil
etish
muxim
axamiyatga
ega.
Demak,
ishlab
chiqarilayotgan
texnologiyalarda detalga to‘liq avtomat ravishda ishlov berish va nazorat qilinishni
ta’minlash zarur. Shuningdek detalga ishlov berishda operatsiya va o‘tishlarni
diferensiyalash va konsentratsiyalash usullaridan foydalanish darkor.