Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana14.05.2024
Hajmi1,46 Mb.
#233383
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Kitob 5084 uzsmart.uz

NAZARIY QISM. 
Yig`ish ishi ishlab chiqarish jarayonida oxirgi bosqich xisoblanadi. Bunda 
aloxida detal va qismlardan tayyor maxsulot yig`iladi. Yig`ish ishining sifati 
mashinalarning ishlash davridagi ishonchliligiga va chidamliligiga sezilarli ta’sir 
etadi. 
Yig`ilgan maxsulot-mashina-aloxida detallarini bir-biriga yetarli aniqlikda 
biriktirilmasa bu detallar berilgan aniqlikda tayyorlangan bo`lsa xam ishlash 
davrida sifatli va ishonchli ishlamaydi. Shuning uchun mashinasozlikda yig`ish 
jarayoniga katta axamiyat beriladi. Bunga yana shuni qo`shish mumkinki, yig`ish 
ishining xajmi juda katta.
Avtomatlashtirilgan yig‘ish qurilmalar detallarni avtomatlashtirilgan sistema 
orqali uzatish va ularni yig‘ishni bajaruvchi mexanizmdan tashkil topadi, masalan, 
vintlarni uzatishni va burab maxkamlashni avtomatlashtiruvchi qurilma. 
Avtomatlashtirilgan yig‘ish liniyasi avtomatik ravishda qator yig‘ish 
ishlarini bajaruvchi operatsiyalar va stendrlardan tashkil topgan bo‘lib,ularda 
chilangar-yig‘uvchilar ishlaydi. Odatda, ular ancha murakkab va ma’suliyatli 
bo‘lgan, lekin xar xil sabablarga ko‘ra ularni avtomatlashtirish mumkin bo‘lmagan, 
yig‘uv operatsiyalarni bajaradi. 
Avtomatik liniyalarda yig‘ish, bunda boshidan oxirga qadar yig‘ish 
operatsiyalarda inson ishtirokisiz, mag‘sulotlarni yig‘ish ishlari bajariladi, masalan, 
tebranuvchi podshipniklarni yig‘uvchi avtomatlashtirilgan liniya;keramik 
rezistorlarni yig‘ish uchun rotorli stend va boshqalar. 
Yig`ish ishlariga sarf bo`ladigan vaqtga detalni tayyorlash uchun sarf 
bo`ladigan vaqtning nisbati, xamda yig`ish jarayonining aloxida bosqichlariga sarf 
bo`ladigan vaqt ishlab chiqarishning turiga va yig`ish usullariga bog`liq. Yig`ish 


ishlari vaqti mexanik ishlov berish vaqtining taxminan quyidagi foizini tashkil 
etadi:
yakka tartibda va mayda mayda seriyali ishlab chiqarishda 40-50%;
o`rta seriyali ishlab chiqarishda 30-35%; 
yirik seriyali ishlab chiqarishda 20-25%; 
ommaviy ishlab chiqarishda 20% dan oz. 

Download 1,46 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish