Agarda bu qurilma tekshirish natijalariga ko‘ra kesuvchi asbobning
vaziyatini o‘zgartirsa va ishlov berilayotgan navbatdagi detalning o‘lchamlariga
tuzatish kiritsa, u xolda bu avtomatik nazorat qilish qurilmasi qo‘shimcha
sozlovchi qurilma hisoblanadi. Bunday avtomatik qurilmalar, himoya –
blokirovkalash qurilmalaridek, kesish asbobi sinib qolgan hollarda tizimning ishini
to‘xtatib qo`yishi ko‘zda tutiladi.
Ko‘plab va yirik seriyali ishlab chiqarishlar sharoitida qo‘llaniladigan
avtomatik liniyalar detallarga ishlov berish jarayonida ularni birma – bir tekshirib
borishi va texnologik jarayonni boshqarib turishi zarur. Bunday vazifani nazorat
qilish avtomatlari bajaradilar. Ular texnologik jarayonni qo‘shimcha sozlaydilar,
natijada «yaroqsiz» mahsulot chiqishini oldini oladilar.